Boshlang’ich ta’lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida muayyan shartsharoitlarni yaratish


Download 2.35 Mb.
bet2/3
Sana08.09.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1674129
1   2   3
Bog'liq
....6

"O‘RTOG‘INGNI TEKSHIR" O'YINI

Sinf o'quvchilari o'tirgan qatorlariga qarab 3-guruhga bolinadilar. Har bir qator o'quvchilari bilimlari darajasiga qarab 1,2,3,..... 10 bo'lib raqamlanadilar. Bunda o‘quvchilarning o‘rinlari har bir musobaqadan so‘ng, musobaqa natijalariga ko‘ra o‘zgarishi mumkin, yani ikkita musobaqadan so‘ng ko‘p ball olgan o‘quvchi o‘zidan oldingi o‘rinda turgan lekin kam ball olgan o‘quvchi o‘rniga siljishi mumkin. Musobaqa tartibi quyidagicha: har bir qatordagi birinchi raqamli o'quvchilar o'zaro, ikkinchi raqamlilar o'zaro va hokazo, barchalari bittadan yangi mavzuga oid misol tuzadilar va uni ikki nusxada yozib, qolgan ikki qatordagi o'z nomeridagi o'quvchilar bilan almashinadilar.
Masalan 1-qator 1-raqamli o'quvchi 2-qator va 3-qatordagi o'quvchilardan jami 2 ta misol qabul qiladi va 3 daqiqa mobaynida uni yechib egalariga qaytarib berishi kerak va o'zi esa ularga o'zi bergan misollarini qabul qilib olib, tekshirib berishi kerak.

O'ylab top IZLA TOP” o'yini


Didaktik topshiriq: O'quvchilarning fazoviy tasawurlarini shakllantirish.
O'yin topshirig'i: Doiraviy misollar yechish orqali o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o'stirish.
O'yin bayoni: Bu o'yinni o'ynash uchun magnitli doska yoki paxmoq doska, sayyoraning rasmi, kartochkalarga yozilgan misollar tayyorlab qo'yiladi. Bu o'yin shunday o'ynaladi. Magnit doskaga misollar yozilgan kartochka orqa tomoniga magnit plastinkasi yelimlab qo'yiladi. Kartochkadagi misollarni o'quvchilarning o'zlari o'sib borish tartibida joylashtirishi lozim.
Masalan:

O'qituvchi bu o'yinda samolyot yerdan, asta-sekin yuqoriga ko'tarilib borar ekan, misollarni yechganda javobi ham o'sib borish tartibi haqida o'quvchilarga tushuncha beradi. Samolyot osmonga ko'tarilib, asta-sekin yerga kelib qo'nadi. O'quvchilar misollarning javobini to'g'ri topdilarmi, yo'qmi, buni o'qituvchi nazorat qilib borishi kerak. O'quvchilar misollarning javobini to'g'ri topsalar, samolyot to'g'ri uchayotgan bo'ladi. O'quvchilarni yanada qiziqtirish maqsadida, bu o'yinni «Doiraviy misollar» o'yini deb ham o'tkazish mumkin.


REBUS

Maktab o’quvchilarining qiziqib bajaradigan mashg’ulotlaridan biri rebuslar hisoblanadi. O’quvchi rebuslarni bajarish, o’qish uchun fikrlashi, izlanishi va ijodiy faoliyat ko’rsatishi zarur. Rebuslarda aytilayotgan fikr to’g’ridan-to’g’ri harflar orqali bayon qilinmay, narsalar va turli xil belgilar vositasida beriladi. O’quvchi ularni kuzatib, belgilarni so’zga aylantiradi. Matnda berilgani kabi ayrim so’zlarni bir butunligicha olsa, ba’zilaridagi harflarni almashtirishi, yoki harf qo’shish orqali rebusni o’qiydi. Bu mashg’ulotlarda tovushlar va harflar ustida uch xil ish bajaradi: tovush almashtiriladi, tovush qo’yiladi, tovush tushiriladi. Ularning har birini bajarishda muallif tomonidan matnda berilgan ishoralarga amal qilinadi. Bunday mashg’ulotni bajarish o’quvchining fikrlashini o’stiradi, bir qator so’zlarning yozilishini bilib olishga yordam beradi. O’z navbatida maqollar, hikmatli so’zlar, oforizmlarni mustahkam, esda saqlab qolish imkonini beradi. bularning barchasi bola tasavvurining kengayishi va mavhum tafakkurining o’sishiga olib keladi. Rebuslar bugungi kunda paydo bo’lgan mashg’ulot emas. Uni birov o’ylab chiqqani ham yo’q.


Rebuslar tarixini uzoq o’tmishdan izlash mumkin, chunki rasm jumboqlar qatoriga tosh yozuvlari va ierogliflarni ham qo’ysa bo’ladi. Adabiy rebuslarning boshlanishi esa XI asr Pikardiya (Fransiya)dagi voqealar bilan bog’liq. Bu yerda har yili so’zamollar “de rebus dual geruntum” (bo’layotgan ishlar haqida rasmli qiziq sharhlar) tuzishardi. Davrlar o’tishi bilan “rebus” (ya’ni “narsalar yordamida”) nomigina saqlanib qoldi. 1582-yili Eg’en Taburo (1548-1590) rebuslarning dastlabki to’plamini tayyorladi.
Rebusda qandaydir jumboq ifodalanadi. O’quvchi uni mavhum fikrlash orqali o’qib oladi. Hozirgi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilarining darsliklarida ham bir qator rebuslar berilgan. Ular o’quvchilarning yoshini, fikrlash faoliyatini hisobga olib, sodda shaklda tuzilgan. Bir qaraganda ularni tushunish ko’p qiyinchilik tug’dirmaydi. Biroq uni to’g’ri bajarish, o’qituvchi faoliyatiga bog’liq. 1-sinf o’qish kitobining 38- betida quyidagicha rebus berilgan.

Uni bajarish uchun dastlab rasmlar diqqat bilan kuzatiladi. Har bir predmet rasmi aniq belgilab olinadi. Shundan keyin rebusda ifodalangan so’zlar aniqlanadi. Birinchi rasmda tish so’zi ifodalangan. Sh o’rniga l harfini qo’yamiz, til so’zi paydo bo’ladi. Keyingi belgi qilich so’zini o’z o’rnida qoldiramiz. Navbatdagi so’z chana, ch va a harflarini olib tashlaymiz va ch o’rniga d qo’yib o’qisak, -dan qo’shimchasi hosil bo’ladi. O’t so’zini to’liq olamizda bir so’zidagi b o’rniga k tovushini qo’yib o’qiymiz, o’tkir so’zi hosil bo’ladi. Demak, rebusning javobi Til qilichdan o’tkir.
O’quvchilar bilan har xil rebuslarni yechish va ularni rebuslar tuzishga o’rgatish orqali qiziqarli o’yinlar uyushtirish mumkin. Bu mashg’ulot o’quvchining so’z boyligini oshiradi..Lug’atidagi so’zlardan ijodiy foydalanish ko’nikmasini shakllantiradi, o’quvchilarning tafakkurini rivojlantiradi. Eng muhimi har bir narsaning xususiyatlarini diqqat bilan kuzatishga odatlantiriladi. Bu o’yin o’quvchilarning eng sevimli mashg’ulotiga aylanib qoladi. Ular har bir so’zni yozma nutqida avaylab ishlatishga o’rganadilar.
Dastlab o’quvchilar rebuslarni tushunishga o’rgatiladi. Keyinchalik o’quvchilarning o’zlarini ham har xil rebuslar tuziashga yo’naltiriladi. Chunki har qanday bilim o’quvchining ijodiy fikrlashi, mashg’ulotlarga faol qatnashishi orqali o’zlashtirib olinadi. Zero, xalqimiz yuz marta eshitgandan ko’ra bir marta bajarib ko’rgan afzal ekanligini alohida ta’kidlaydi.
O’quvchilarning rebuslarni o’qishi va o’zlari ham ularni tuzib ko’rishlarini eng sodda mashg’ulotlardan boshlash lozim. Chunki o’quvchi berilgan topshiriqning mazmunini to’liq tushunib yetgandagina unga faol qatnashadi. O’rni kelganda shuni ta’kidlab o’tish lozimki, rebuslarni o’qish va uni tuzish faqat adabiyot fanining ob’yekti deb qarash noo’rin ko’rinadi. Chunki bu xildagi mashg’ulotlarni bajarishda o’quvchilar rasmlarni so’zga aylantiradi, so’z tuzadi, so’zga kerakli tovushni qo’shib yoki tushirib qoldirib, yangi ma’noli so’z hosil qiladi.
Shu tufayli bu mashg’ulotlar o’quvchilarning so’z va uning ma’nolarini tushunib yetishlari, so’z tarkibi haqida ma’lum darajada bilim olishlari va nihoyat, bog’lanishli nutq o’stirishlariga samarali ta’sir etadi.
Rebuslarni tushunish va ularni tuzishda avvalo eng oddiy mashg’ulotlardan foydalaniladi. Dastlabki mashg’ulotlar faqat rasmli rebuslarni kuzatishdan boshlansa, yanada yaxshi bo’ladi. Chunki rebuslarni o’qishga o’rgatish va ularni tuzish ishlarini faqat rasmlarni kuzatish orqali ham o’rganish mumkin. Bu mashg’ulotlarda rasmlar ifodalagan so’zlar qo’shilib, yangi so’z hosil qilish kuzatiladi. O’quvchilar bu mashg’ulotlarni xat-savod o’rgatishning alifbegacha bo’lgan davrlaridan boshlab foydalanishi mumkin. Zero, bu davrda o’quvchilar ma’lum bir tovush (harf)ni o’rganmasalarda, tovush ustida ishlashning bir qator turlari bilan tanishadi.
Faqat rasmlardan iborat bo’lgan rebuslar ustida ishlash yuzasidan o’quvchilarda ba’zi bir ko’nikmalar hosil qilinadi. Har bir rasm ifodalagan so’z kuzatiladi. Dastlabki tayyorlov davrida o’quvchilar tovush va harflarsiz narsa-buyum ifodalagan so’zlar ishtirokida yangi so’z tuzish mashg’ulotlarini bajaradi. 1-qatorda berilgan narsa-buyumlar surati kuzatiladi. Dastlab oy va gul rasmlariga e’tibor qaratiladi. Doskaga bu rasmlar ifodalagan so’zlar qatorlashtirib yoziladi: oy, gul, keyin har ikkalasi qo’shib o’qiladi. Oygul ismi kelib chiqadi. Narsa-buyum bilan u ifodalagan so’z o’rtasidagi bog’liqlik kuzatiladi. Rasmdagi qolgan uchta narsa –buyumlar ifodalagan so’zlarni qo’shish orqali Toshtemir, Zirabuloq, qo’larra so’zlarining kelib chiqishi muhokama qilinadi.

Bundan keyingi mashg’ulotlarda faqat rasmlar bilan chegaralanib qolinmay, murakkabroq bosqichga tomon yuriladi. Avvalo rasmlar muhokama qilinib, ular ifodalagan so’zlar kuzatiladi. Keyin o’quvchilarda ana shu so’zlarga tovush qo’shib yangi so’z hosil qilish ko’nikmasi shakllantiriladi. O’quvchilar rasmlar va harflarni bir-biriga qo’shib o’qish ko’nikmalarini egallaydi. Bunda ham dastlab eng sodda mashqlar olinadi. Bunday mashg’ulotlardan biri bir rasmli va bir harfli oddiy rebuslar hisoblanadi.



O’quvchilar bunday rebuslarni yechish usullari bilan tanishib o’zlari ham elementar rebuslar tuzish ko’nikmalarini hosil qilishadi. 3-rasmda berilgan narsa-buyum suratlari va unga qo’shiladigan tovushlar muhokama qilinadi. O’quvchilar bilan quyidagicha savol-javob o’tkaziladi.
O’qituvchi: Aziz bolajanlar, 1-qatorda nimaning rasmini ko’rib turibsiz?
O’quvchi: Laganga suzilgan oshning rasmini ko’ryapmiz.
O’qituvchi: Shu rasmni doskaga yozamiz (o’qituvchi doskaga osh so’zini yozadi). Endi yana kuzating, osh so’zining oldida qanday harf bor?
O’quvchi: osh so’zining oldida “b” harfi yozilgan.
O’qituvchi: Endi ikkalasini qo’shib o’qiymiz. b+osh= bosh bo’ladi. Shu qatorni kuzating, osh so’ziga yana qanday tovush qo’shib yangi so’z hosil qilish mumkin.
O’quvchi: osh so’zining oldidan t tovushini qo’shib o’qisak tosh so’zi, q tovushini qo’yib o’qisak qosh so’zi hosil bo’ladi.
Ushbu rasmda berilgan suratlarni va harflarni qo’shib yangi so’z hosil qilish topshirig’ini bajarish rasmlarning joylashish tartibiga qarab parta qatori orasida musobaqa tarzida uyushtirilishi ham mumkin.
Bu mashg’ulot o’quvchilarning rasmlar ifodalagan so’zga tovush (harf) qo’shib yangi so’z hosil qilish ko’nikmasini shakllantiradi.
O’quvchilar yuqoridagi rebuslarni bajarib ma’lum darajada bilimga ega bo’lgach, biroz murakkabroq shaklga o’tish mumkin. Pedagogika fanining asosiy tamoyillaridan biri ham oddiydan murakkabga borishni, oddiy mashg’ulotlarda ma’lum darajada ko’nikma hosil qilganlaridan keyin murakkabroq mashg’ulotlarga o’tishni taqozo qiladi. Shuning uchun keyingi mashg’ulotda bir rasmli va bir bo’g’inli rebuslarni o’rganish mumkin.

Shu o’rinda “Darakchi” gazetasining 2002 yil 14-mart sonida kichik maktab yoshidagi bolalarga atab bosilgan mana bu rebus ham juda qo’l keladi. Unda quyidagi jumboqli rebus bor.

Ushbu rebusda tasvirlangan rasmlar va bo’g’inlar yuzasidan o’quvchilar bilar suhbat uyushtiriladi. O’qituvchi suhbati davomida yuqoridagi jumboqqa taaluqli bir qator narsalarni aniqlashtiradi. Avvalo rebusdagi rasmlar kuzatiladi. Unda sham va uy rasmi bor. Bolalarga sham haqida tushuncha beriladi. Shamni ishlatib ko’rgan bolalarning taassurotlari eshitiladi. Keyin o’qituvchi sham rasmini so’zga aylantirganimizda qanday harflardan tashkil topganini aniqlaydi. U quyidagicha yoziladi. Sham. Uning bir yopiq bo’g’inli so’zdan tashkil topganini tushuntiradi. Keyin qo’shish ishorasidan so’ng –ol bo’g’inining borligini aniqlaydi. Ikkalasini qo’shsak, shamol so’zining hosil bo’lishi tushuntiriladi. Rebusni yechish yuzasidan ish olib borilganda sinf o’quvchilarini ikki guruhga bo’lib, birinchi guruhga rasmlarni aniqlash, ularni so’zga aylantirib yozish topshiriladi. Ikkinchi guruhga esa rebusdagi harflar yordamida yozilgan bo’g’inlar va uning turini aniqlash topshiriladi. Shundan keyin 1-guruh o’zlari aniqlagan sham so’zini doskaga yozganlaridan keyin, 2-guruhdagi bolalardan biri -ol bo’g’inini qo’shib yozadi. Demak, rebusning javobi shamol so’zi ekan.



Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling