Boshlang’ich ta’lim” fakulteti 5111700 – “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi


Download 13.81 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi13.81 Kb.
#1008501
Bog'liq
Ustoz haqida2


Boshlang’ich ta’lim” fakulteti


5111700 – “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi
2OTM 21/1-guruh talabasi
Umidjonova Umida Umidjon qizining
Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan
MUSTAQIL ISHI

USTOZ
Ustoz-bu so'zni eshitganda bizga ta'lim, saboq bergan aziz ustozlarimiz ko'z oldimizga keladi. Xech o'ylab ko'rganmisiz dunyoda ustozlar qancha? Ularning sanog'i bormikan? Yo'q aslida bu savolni berishning o'zi axmoqlik, mening fikrimcha. Chunki dunyoga kelishimiz bilan biz shogirdga aylanamiz. Qanday qilib deysizmi? Yani bu ajib dunyoga ilk bor jajji ko'zlarimiz bilan boqqanimizdayoq tabarruk zot ustozni ko'ramiz. Yani ilk ustozimiz mushti’ar onamizni ko'ramiz. xar bir bola bu dunyoga yig'lab keladi, keyin esa ilk ustoz, mehr farishtasi bo'lgan ona butun mehrini kulgusida aks ettirib, bizg bu sinovlarga boy dunyoga kulib boqishni, kulishni o'rgatadi. Ona o'z mehr-muxabbati bilan bizga mehrdan, muhabbtdan ‘oklikdan, umiddan tarbiya beradi. Bir misol: nega sherning bolasi beshavqat bo'lib ulg'ayadi? Nega u boshqa hayvonlarning jonini olib oziqlanadi? Chunki unga onasi tugilgandanoq ov qilishni, boshqa xayvonalrning jonini olib oziqlanishni o'rgatadi. Agarda sher bolasiga yoshligidan boshqacha tarbiya berilsa, yani uy hayvoni sifatida boqilsa, u mutlaqo boshqa hayvonga aylanadi. Dunyoda oddiy tabiatning o'zi ham, taqdirimizdagi hayot ham biz uchun bir ustoz. Tabiat bizga go'zallikdan dars bersa, hayot esa bardoshdan, sinovlardan, iymondan dars beradi.
USTOZ - deganda har qaysi ko’ngilga chuqur xurmat ehtirom va cheksiz minatdorchilik tuyg’ulari,shu bilan birga hech qanday boylik bilan o’lchab,ado qilib bo’lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo’ladi.Bu yorug’ olamda onadek mehribon otadek g’amxo’r, har birimiz uchun aziz va muxtabar bolgan ulug’ zot bu muallim ustozdir.Ustoz-Bu so’zni eshitganda bizga ta’lim saboq bergan aziz ustozlarimiz ko’z oldimizga keladi.Mening birinchi o’qituvchim Dilfuza Yo’ldoshova bo’lganlar. U kishi juda ochiq ko’ngil mehribon inson ,ularni men chinakam do’st,samimiy inson sifatida eslab qolganman.Hali o’qish yozishni bilmaydigan bir sinf bolaga xat-savod o’rgatish uchun ular ozmuncha mehnat qilmaganlar .Jajji qo’llarimizdan tutib ilk harflarni yozdirganlarini sira yodimdan chiqmaydi.Esimda,maktabga qatnay boshlaganimda bir hafta bo’lmay topshiriqlardan charchab soatlab partada o’tirishdan zerikkanimizda bizning erkaligimiz injiqligimizga chidab bizga bilim berganlar. "Ilm hikmat suvni yondirar" deydi dono xalqimiz. Ha haqiqatdan ham ilm shunday qudratga ega. Bu qudratni esa bizga ilmlar sultoni bo'lgan ustozlarimiz berishadi. Ilk maktabga borganimizda bilimlar olamiga etaklovchi ustozlarimiz bizga ilk bor yashashni o'rgatgan onammiz kim ekanligini, uning qanday inson ekanligini o'rgatadilar. Biz nafas olayotgan tabiat, yashayotganimiz xayot nima ekanligini o'rgatadi. Biz uchun eng muqaddas inson bo'lgan onaning tabarruk "Ona" so'zini jajji barmoqlarimiz bilan oq qog'ozga xatosiz yozishni o'rgatadi. Ular bizni kelajak sari ilm yo'lida etaklab boradi. Ular bizga buyuk ajdodlarimizni tanitadi. Vatanimiz tarixini o'rgatadi.Bizdan talab qilinadigan birgina yumush, ular uchun esa eng oliy mukofot bu bizning munosib shogird bo'lib, o'z yo'limizni to’ish va bizni tarbiya qilgan barcha ustozlarga munosib bo'lishdir. O’qituvchilik azal – azaldan e’tiborli kasb xisoblanadi. Dunyoning xech kaysi mamlakatida o’qituvchi – murabbiylarga nisbatan bu qadar ehtibor qaratilmagan, e’zozlanmagan. Mamlakatimizda Respublika Prezidentining Farmoni bilan 1997 yildan boshlab 1 oktyabr «O’qituvchi va murabbiylar kuni» umumxalk bayrami sifatida nishonlanib kelinmokda. Jamiyatning buguni va ertasi, uning madaniy – mahrifiy – mahnaviy saloxiyati tahlim tizimining kay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Tahlim tizimidagi isloxotlarning muvaffakiyati kup jixatdan ukituvchi va murabbiylarning fidokorona mexnatlariga boglik ekanligi barchamizga ayon.Ustoz deganda, har qaysi inson ko’nglida chukur xurmat – extirom va cheksiz minnatdorchilik tuygulari, shu bilan birga, xech kanday boylik bilan ulchab, ado qilib bo’lmaydigan qarzdorlik xissi paydo buladi. Bu yorug olamda onadek mexribon, otadek gamxur, har birimiz uchun aziz va muhtabar bulgan ulug zot – bu muallim va murrabbiylardir. Bu buyuk zotga xalkimiz azaldan xurmat bajo etgan. Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘” - degan hikmat bejiz aytilmaydi. O‘tgan ulug‘larimiz, ota-bobolarimiz ustoz va muallimlarning haqqini yaxshi bilganlar, ularning qadri nechog‘li baland ekanini teran anglaganlar va shunga ko‘ra muomala qilganlar. Imomi a’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayh shunday deganlari rivoyat qilinadi: «Ustozim Hammodning hurmati uchun uning uyi tomonga oyog‘imni uzatmaganman. Holbuki, uning uyi bilan mening uyim orasida yettita ko‘cha bor edi. Hammod vafot etgandan so‘ng qachon namoz o‘qisam har safar albatta ota-onamga qo‘shib, unga ham Allohdan mag‘firat so‘raganman. Nafaqat u ustozim, balki kimdan nimadir o‘rgangan bo‘lsam yoki kimdir menga nimadir o‘rgatgan bo‘lsa, albatta, o‘sha kishilar uchun ham doim Allohdan mag‘firat so‘rayman». Shunday ekan o‘quvchi yoshlar, talabalar va barchamiz ustozlarni qadrlab, doimo ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz lozim. Talabalik odoblariga rioya qilgan shogird haqiqiy ma’noda ustozlarini hurmat qilgan bo‘ladi va olayotgan ilmu hunari samarali bo‘lib, vujudiga singadi va kelajakda manfaatli bo‘ladi.Ustozlar haqida juda ko’p va xo’b gapirilgan. Dunyo yaralibdiki, ustoz nomiga sazovor bo’lganlar doimo hurmat va izzatga loyiq ko’rilgan, ta’zim qilishgan. Ularga atab asarlar yozilgan, portretlar chizilgan, dostonlar to’qilgan, ordenlar taqilgan, kinolar olingan, imoratlar solingan, spektakllar qo’yilgan, bitiktoshlar o’yilgan, she’rlar bitilgan, qo’shiqlar aytilgan. Maqolalarni-ku aytmasa ham bo’ladi. O’rnatilgan haykallar esdan chiqib qolibdiku…
Ammo har qancha ularni e’zozlasak ham, ular bergan ilmning va ta’limning haqqini ado etolmasligimizni his qilamiz. Buni Alisher Navoiy bobomiz qanchalar go’zal tarzda ta’riflaganlarini bilsangiz kerak… Ustozlarim menga nimani o’rgatdi degandan ko’ra, ustozimdan men nimalarni o’rganolmay qoldim desak to’g’riroq bo’lardi.Ustozlarni kasb bayrami bilan tabriklashadi, dunyodagi eng ulug’ kasblardan biri ekanligini ta’kidlaymiz. Ammo men ustozlikni kasb sifatida qarashlariga unchalik ham qo’shilmayman. Axir hech zamonda eshitganmisiz, “ota-ona” degan kasb borligini? Ustozlarimiz ham shunday insonlar…
Download 13.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling