Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 407.27 Kb.
Sana09.02.2020
Hajmi407.27 Kb.

BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI, INNOVATSIYA VA INTEGRATSIYASI

Fanidan topshiriqlar

17 Variant

  1. Topshiriq.

Quyidagi savollarga yozma javob yozing

1.Muammoli ta’lim metodlarini ohquv jarayonida tadbiq etish imkoniyatlari

Talablar
Muammoli ta`lim, rivojlanuvchi ta`lim, muammoli ta`lim maqsadi, vazifalari, vositalari, muammoli ta`lim darajalari, muammoli dars strukturasi.

Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin olish uchun ma`naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o’zgartirish, ularning bilim va ma`naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko’tarish zarur.
Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo’ydi.
Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta`lim texnologiyasi etakchi o’rinni egallaydi.

Bizga ma`lumki zamonaviy ta`lim texnologiyasida muammoli ta`lm alohida o’rin tutadi. Muammoli ta`lim texnologiyasining zamirida yoki bir-biriga bog’liq bo’lgan muammolar zanjiri yotadi.

Muammoli ta`lim metodiga asoslangan ta`lim jarayoni quyidagi to’rtta bosqichda amalga oshiriladi.
Muammoli vaziyat hosil qilish;

Muammolarni shakllantirish va muammoni echish uchun umumiy taxlil qilish;

Tahmin qilingan echimni tekshirish;

Amaliy va nazariy xarakterdagi masalalarda qo’llash,ularni tartibga solish hamda siyosiylashtirish.

Dars jarayonida o’quvchi muammoni echar ekan, o’zicha muhim bo’lgan «kashfiyot» qiladi.Bu hol o’quvchida o’ziga ishonch xosil qiladi (ya`ni mening kashfiyotim, men topdim, ixtiro qildim)

Mana shu tomoni bilan muamoli ta`lim texnologiyasi boshqa barcha o’qitish texnologiyalaridan ustun turadi.CHunki bunda o’quvchi izlanish olib borish, taxlil qilish, empirik xulosa chiqarish, boshqa vaziyatga qo’llash, fikr muloxazalrini taxminan sistemalashtirib isbotlash kelgusida amaliy faoliyatga qo’llash malakalarini egallab boradi.

Muammoli ta`lim an`anaviy o’qitish metodikasiga tayanadi. O’qituvchi muamoli vaziyatni o’quvchilar oldiga qo’yish bilan bir qatorda , uni echish uchun izlanish zarurligini, izlanish uslublarini o’quvchilarga o’rgatadi. Muammo echimini topish. Izlashga o’tish uchun, eng avvalo zaruriy muxit yaratilishi kerak.

Muammo aniq bo’lishi, o’quvchilar o’ni echimini izlash jarayonida oldingi mavzularda,fanlarda olgan ma`lumotlari, tushunchalari, bilimlaridan foydalana oladigan bo’lishi kerak. O’quvchilar olidga qo’yilgan muammo o’zining dolzarbligiga ega bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega.

O’quvchi izlanishni ma`lum bir sistemada, muayyanlikda bo’lgan muammo ustida olib borish kerak.shunda o’quvchi muammoni taxlil qiladi, qismlarini ajrata oladi va echish uchun kirishadi.

Ta`lim jarayonini loyihalash bevosita muammoli ta`limni qo’llashga va aksincha, muammoli ta`lim ta`limini loyixalashga olib keladi. Muammoni o’qitish texnologik loyixalashtirilgan o’quv jarayonini amalga oshirishning didktik konstruktsiyasi sifatida qo’llaniladi.

Amerikalik olim U. Gordon (1960) o’quvchilarga muammolarni, uning tashkil qiluvchi elementlarini shakllantirishni o’rgatishni, izlanishning bosh maqsadini ajrata bilishni , turli-tuman xarakterdagi masalalar echimining o’xshashlarini qidirishni o’rgatish muammoli ta`lim jarayoni uchun muhimligini ta`kidlaydi. O’qituvchi muammoni qo’yishnigina bilibgina qolmay uning echimini topish usullarini o’quvchilarga o’rgatishi kerak.

Muammoni to’g’ri (muayyan masalaga o’xshash, masalalar qandayechiladi), shaxsiy (muayyan masalada berilgan ob`ekt obraziga kirishga xarakat qilish va shu nuqtai-nazardan muloxaza yuritishga urinib ko’rish), simvolitik (ikki jumla orqali masalaning mohiyatini obrazli aniqlashni berish), fantastik (bu masalani ertak qahramonlari qanday echgan bo’lar edilar).

Muammoli vaziyatni bunday usulda echishga o’rgatish orqali o’quvchilarni sinektik, abstraktsiyalash, fantaziya qilish, o’zgalarni eshitish, oddiydan g’ayri oddiyni, g’ayrioddiydan oddiyni topish, o’xshatishlardan mohirona foydalanish ko’nikmalari shakllantiriladi.

Muammoli ta`lim jarayonida o’qituvchi o’quvchilar o’rtasida fikrlar almashishinishini boshqarish; ishonchli dalillar asosida o’z fikrida tura olish; muxolif tomnning fikrini munozara qilish, malakasini rivojlantirish; o’quvchini aktiv fikrlash faoliyatiga asoslash, masalani dolzarblashtirish, o’z fikrini bayon qilishnigina emas, balkim boshqalarni ham eshitish mahoratini rivojlantirish, o’quvchilar bildirgan fikrlardan foydali axborotni olish va zurur xulosalar chiqarish va o’quvchilar ixtirochilik, tadqiqotchilik, loyihalovchilik kabi zaruriy sifatlarni shakllantirishdir.


2. Boshlang‘ich maktabda integratsiyalashgan ta’limdan foydalanish
Biz integratsiyaning moxiyatini aniqlash jarayonida uning filosofik, pedagogik — psixologik va metodik asoslarini aniqlab oldik. Ma‘lumki, oqitish va tarbiya jarayoni bir —biri bilan uzviy bogliq, lekin inson shaxsining shakllanishida tarbiya ustivor axamiyat kasb etadi. Chunki, tarbiya ta‘lim jarayonining barcha majmuini oz ichiga oladi. Zamonaviy intelektual insonni tarbiyalashda integrativ ta‘limning barcha jixatlari(aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mexnat, estetik, gigienik, xuquqiy, jismoniy tarbiya)ni kamrab oladi va ularning ozaro boglikligini ta‘minlaydi. Integrativ ta‘lim jarayonida oquvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat konunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning ozaro munosabatlari haqida xar tomonlama bilimlarga ega bolib kamol topadi. Tabiat gozalligini xis qila olish, undan zavqlanish, e‘zozlash konikmalariga ega boladi. Ta‘limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qollash ayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta‘lim muassasalari oquv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozim. Fanlararo uzviylik tamoyili turdosh oquv predmetlararo munosabatlarning murakkab jihatlarini toliq ozlashtirilishini ta‘minlab, bilimlarning ichki mohiyatiga kirib borishini ta‘minlaydi, natijada turli tizimlar ichki aloqadorlik, integirativ yaxlitlik vujudga keladi.

Oquv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta‘lim sifatiga kuchli ta‘sir korsatib: - ta‘limni modernizatsiyalash, innovatsion oqitish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi; Fanlararo aloqadorlik ta‘minlangan holda, darsni tashkil qila olgan oqituvchi oquvchilarda ozining faniga bolgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni ozlashtirishga yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida oquv tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. Maktabning asosiy vazifalaridan biri oquvchilarda dunyoga yaxlit, ozaro aloqador bolgan birlik sifatida qarashni, uning global muammolari hamda bu muammolar yechimini kora va tushuna bilishni shakllantirishdan iborat. Ta‘lim mazmunida inson va uning dunyoga bolgan munosabati: ―inson va tabiat‖, ―inson va jamiyat‖, ―inson va inson‖, ―inson va texnika‖, ―tabiat-insontexnika-atrof-muhit‖ muammosi tobora markaziy orin egallamoqda. Tabiatni organuvchi fanlarni bir sinfda bir marta organib bolmaydi. Uni bogcha, maktab, tizimida uzluksiz va uzviylik asosida organmoq zarur. Tabiiy fanlar ta‘limi mazmuni inson va tabiat aloqadorligi atrofidagi muammolarni organuvchi turli oquv fanlariga oid bilimlar uzviyligi va integratsiyasini aks ettirmogi lozim, bu esa tabiiy fanlarga oid bilimlarni sifat jihatdan yangi ozgarishlarga olib keladi. Bu bilimlar oziga xos sintez, tabiiy fanlarga oid bilimlar va insonparvar yonalishlar majmui sifatida namoyon boladi. Ularning tafakkurning tizimli va ehtimolli uslubi sifatida tavsiflanishi tabiiy bilimlarning ajralib turadigan xususiyatlari sirasiga kiradi.

Aynan uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya biosferani ilmiy bilish, inson faoliyatini organish, tinchlik uchun kurash boyicha global masalalarning yechimini topishda tabiiy fanlarning ornini samarali tarzda belgilab berish mumkin. Pirovard natijada, bu barcha maktab oquv fanlaridagi maxsus bilimlar bilan umumiy-madaniy bilimlar ortasidagi ozaro nisbatning uzviylik asosida ozgarishiga (keyingilarining foydasiga) olib keladi. Shu tariqa, uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya tabiiy fanlar ta‘limi mazmunini insonparvarlashtirishning asosiy mexanizmi sifatida namoyon boladi. Tadqiqotlarimiz tabiatshunoslik ob‘ektlarini «tabiat – fan – texnika – jamiyat – inson» uzviylik tizimida organish tabiiy fanlar ta‘limi mazmunini insonparvarlashtirishning yagona metodologik asosi bolib hisoblanishini korsatib berdi.

3. Integratsiyalashgan dars turlari. Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning samaradorligi.
Integratsiyalashgan dars.Boshdan integratsiyalashgan kurs- bu sinfdan tashqari o’qish.Bu yerda yaxlit jarayon kechadi: -kitob o’ish asbobi sifatida o’ish darslarida olgan o’qish ko’nikmalarinitakomillashtirish; -matn ustida ishlash; -suhbatdoshlar doirasini tanlash kabi kitoblarni tanlash.

Tekshiruvlar ko’rsatishicha integral yondashuvni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalarga: 1.Evristik suhbatlar; 2.Umumiy suhbatlar; 3.Ekskursiyalar; 4.Ona tili tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar,badiiy asarlar materiallari asosida nutq o’stirish uchun yozilgan ijodiy ishlar; 5.Ta’limning ko’rgazmali metodlari; 6.Mustaqil ishlar; 7.O’qish,matematika darslarida og’zaki rasm chizish; 8.Imo-ishorali ko’rinishlar(pantomimalar); 9.Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o’qish; 10.Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar,matnlar yozish(shu sinfga tegishli orfagrammalarni takrorlagan holda); 11.O’lkashunoslik asosida matematik masalalarni hal qilish,yechish va boshqalar.

2- Topshiriq

Testlarni yechin

1. Ta’lim tizimi bu ….

A)Ta’lim tizimi bu muayyan bir mamlakatning ichki va tashqi taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatuvchi, ma’lum qonun qoidalar asosida tuzilgan barcha ta’lim tarbiya muassasalarining majmuyiga aytiladi.

B) Ta’lim tizimi bu o’quvchilarning bilish faoliyati

V) Ta’lim tizimi bu dars jarayoni.

2. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?

A) 1996yil 25 avgust

B) 1997yil 29 avgust

V)1997 yil 28 avgust

3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon qabul qilingan)

A) 1996yil 25 avgust

B) 1997yil 28 avgust

V)1997 yil 29 avgust

4. O’zbekiston Respublikasida ta’lim necha turda amalga oshiriladi.

A) 6 turda

B) 7 turda

V)8 turda

5. Umumiy o’rta ta’lim techi turga bo’linadi?

A) 2

B) 3

V) 4




3- Topshiriq
Bir soatlik dars ishlanmasi yarating.

Mavzu: Nutq, gap, so‘z

Darsning maqsadi:

a)o'quvchilarning gap, so'z, nutq haqidagi tushunchalarini aniqlash;

b)rasmlar asosida so'z, so'zlar ishtirokida gaplar va gaplardan hikoya (matn) tuzish qobiliyatlarini o'stirish;

d) chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.



Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning metodi: suhbat.

Darsning jihozi: turli xil rasmlar („Maktab“, „Birinchi qo'ng'iroq")

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism. Uzoq muddatli ta’til davrida o'quvchilar bir-biridan biroz uzoqlashib qoladilar. Shu sababli o'quvchilarning faolligini oshirib, ular orasida do'stlikni mustahkamlab olish maqsadida „Muzyorar“ mashg'uloti o'tkaziladi.

Mashg'ulot quyidagi tartibda olib boriladi. Donli ekinlardan biri- (loviya, no'xat yoki guruch) solib tikilgan kichik xaltacha o'qituvchi tomonidan biror o'quvchiga, ismini aytgan holda („Farhod“ deb) otiladi. Xaltachani ilib olgan Farhod boshqa o'rtog'ining ismini aytib xaltachani unga uloqtiradi. Mashg'ulot shu tartibda davom etadi. Endi o'quvchilar navbatdagi xaltachani irg'itganda o'rtoqlarining ismlarini va ismlarining bosh harfidan boshlanadigan insoniy xislatlarni qo'shib aytib, xaltachani uloqtiradilar. Masalan: Gulnoza — go'zal, Fazilat —farosatli, Jasur — jasoratli.



2. Darslik bilan ishlash. 1- mashq.

Rasm asosida suhbat. O'quvchilar darslikdagi rasmni diqqat bilan kuzatadilar, rasmdagi narsa va shaxslarni navbat bilan aytadilar. O'qituvchi yoki o'quvchilar galma-gal har bir aytilgan so'zni doskaga yozib boradilar.

Masalan: daraxt, barg, bino, o'quvchilar, gul, papka, qo‘n-g'iroq, qiz, ... Ana shu so'zlar ishtirokida gaplar tuziladi.

Masalan: Xolida — a’lochi qiz. Birinchi qo'ng'iroqni chalish huquqi unga berildi.

Oltin kuz keldi, daraxt barglari sarg'aydi.

Tuzilgan gaplar tartibga keltirilib, matn tuziladi. Matnga sar-lavha topib qo'yiladi. Masalan: „Bilimlar kuni“ yoki „Maktabim — qadrdonim" kabi sarlavha ostida matn yoziladi.

Oltin kuz fasli keldi. Daraxtlarning barglari sarg'ayib, to'kila boshladi. O'quvchilar bir qo'llarida gul, bir qo'llarida sumka bilan qadrdon maktablariga keldilar. 0‘qituvchi o‘quvchilarni mehr bilan kutib oldi. Mana, qo'ng'iroq ham chalindi. Qo'ng'iroqni chalish huquqi a 'lochi qiz Xolidaga berildi.

3. Darslikdagi 2- mashq ustida ishlash.

Mashq matnidagi gaplar o'quvchilarga o'qitiladi. Mashqning shartiga ko‘ra bir-biridan qanday ajratilganligi, gaplar nimalardan tuzilganligi aniqlanadi. O'quvchilar oxirgi gapni ko'chirib yoza-dilar va yozganlarini kitobdan tekshiradilar.

Har ikki mashq yuzasidan quyidagi savol-javob o'tkaziladi:

— Biz rasm orqali nimani bildirdik?

— Rasm orqali fikrimizni bildirdik.

— Fikrimizni nima orqali bildirdik?

— Fikrimizni gaplar orqali bildirdik.

— Gaplar orqali bildirilgan fikr nima deyiladi?

— Gaplar orqali bildirilgan fikr nutq deyiladi.

— Nutq nimalardan tuziladi?

— Nutq gaplardan tuziladi.

— Gaplar nimalardan tuziladi?

— Gaplar so'zlardan tuziladi.

Savollarga berilgan javoblardan darslikdagi qoida chiqariladi.



4. Husnixat mashqlari o'tkazish.

Mashq uchun quyidagi material beriladi.

Aa. Adolat — aqlli. Adolat — aqlli qiz.

O'qituvchi husnixat qoidalarini o'quvchilarga eslatadi. Jumla-dan, partada o'tirish, daftar va ruchkadan to'g'ri foydalanish, harf unsurlariga e’tibor berish, harflarning yozuvda bir-biriga ulanishi, qo'lni uzmasdan yozish va so'zlar orasidagi oraliqlar qanday bo'lishini tushuntiradi. Berilganlarning har biri bir qatordan yoziladi. O'quvchilar ishga kirishishdan avval:

„Yozsang xat, chiroyli yoz!

Yozuving bo'ladi sozf“ shiorini aytib, so'ng ishga kirishadilar.



5. Darslikdagi 3- mashq ustida ishlash.

Mashqning topshirig‘i o ‘qiladi. O'quvchilarning yozda qilgan ishlarini eslash, u haqda fikr yuritish, fikrlarini umumlashtirishlari uchun vaqt beriladi. Fikrlar to'plab olingach, 2—3 o'quvchi ta'tildagi ishlari, eng qiziqarli voqea-hodisalar haqida so'zlab beradi.



6. Ijodiy diktant.

Ijodiy diktant uchun quyidagi so'zlar beriladi.

Yoz, ta’til, oromgoh, qishloq, dala, ish, yordam, mashg'ulot, kitob, ertak.

O'quvchilarga berilgan so'zlardan foydalanib, bog'lanishli gaplar tuzish topshiriladi.



7. „Quvnoq daqiqa“, „Men kimman?“ mashg'ulotlarini o'tkazish.

Bir o'quvchi doskaga chaqirilib, unga ko‘rsatmay, pomidor rasmi yopishtirilgan toj boshiga kiydiriladi. Toj kiygan o'quvchi sinfdagi o'quvchilardan so‘raydi.

— Men jonlimanmi? (Yo‘q.)

— Jonsizmanmi? (Ha.)

— Mevamanmi? (Yo‘q.)

— Sabzavotmanmi? (Ha.)

— Shirinmanmi? (Yo‘q.)

— Achchiqmanmi? (Yo‘q.)

— Chuchukmanmi? (Ha.)

— Ko'kmanmi? (Yo'q.)

— Qizilmanmi? (Ha.)

— Shakarob qilsa bo‘ladimi? (Ha.)

— Unda men pomidormanmi? (Ha.)

O'zini to‘g‘ri topgani uchun „Barakalla, to'g'ri topding, aqlli ekansan, zehning o'tkir ekan“ kabi so‘zlar bilan o‘rtoqlari uni rag‘batlantiradilar. 0‘quvchilar pomidor haqida gaplar tuzib aytadilar. Ulardan ayrimlari (grammatik jihatdan to'g'ri va mazmunli gaplar) aytib turib yozdirilishi mumkin.



8. Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umum-lashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.

9. 4- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi. Matnda nechta gap borligini aniqlash, matn mazmunini hikoya qilish va unga sarlavha topib kelish aytiladi.

2- dars

Mavzu: Nutqning tuzilishi. 5-7-mashqlar.

Darsning maqsadi:

a)nutq o'stirishga e’tibor berish, fikrni to'liq ifoda etishga o'rgatish, so'z boyligini oshirish, husnixat malakalarini takomillashtirish;

b) tabiatni, Vatanni sevish va asrashga o'rgatish.

d) chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.



Darsning turi: aralash.

Darsning metodi: klaster (shingil).

Darsning jihozi: turli o'simliklar, gullar tasvirlangan rasmlar.

Darsning borishi:

1. Uyga berilgan vazifani tekshirish. 2—3 o'quvchidan 4- mashq topshirig'iga ko'ra matn mazmunini so'zlab berish talab etiladi.

Bir nechta o'quvchi matnga qanday sarlavha tanlaganini aytadi.



Eng yaxshi sarlavha tanlagan o'quvchi rag'batlantiriladi. Matn necha gapdan tuzilganligi o'quvchilardan so'rab aniqlanadi.



2. Klaster usulini qo'llab, so'z, gap, matn tuzish.

Doskaga „0'zbekiston“ so‘zi yozib qo'yiladi. O'qituvchi ,,0‘zbekiston deganda ko‘z o'ngingizda nimalar jonlanadi?“ degan savol beradi. O'quvchilar O'zbekiston haqida bilgan so'zlarini aytadilar. 0‘qituvchi so'zlarni quyidagi taxlitda doskaga yozib boradi. So'ngra savollar orqali o'quvchilarning O'zbekiston ha-qidagi bilimlari mustahkamlanadi.

— O'zbekiston qanday davlat?

— O'zbekiston — mustaqil davlat.

— Vatanimizni qanday so'zlar bilan madh etsak bo'ladi?

Serquyosh, chamanzor, go'zal, keng, bepoyon, oltinga kon.

— Vatanimizni ulug'lash uchun nimalar topdik?

— So'zlar.

— Topgan so'zlaringizdan gaplar tuzingchi.

— Paxta milliy boyligimiz. Xalqlar tinch-totuv yashaydilar. Navoiy — g'azal mulkining sultoni. O'zbekistonning o'z bayrog'i, tamg'asi, madhiyasi bor. Shahar va qishloqlari go'zal va h. k. O'quvchilar tuzgan gaplardan matn tuzish ham mumkin.



3. Husnixat mashqlari o'tkazish. Mashq uchun material.

Bb. Buxoro, bayroq.



Husnixat qoidalari eslatiladi. „lnson go'zalligi husnixatda bilinar!" shiori aytilgach, berilgan harf va so'zlarning har biridan bir qatordan yozish tavsiya etiladi.

4. Kitob bilan ishlash. 5- mashqni bajarish. Mashqni bajarish-dan oldin klaster usulida o'quvchilarga tanish bo'lgan dorivor o'simliklar aniqlab olinadi. So'ngra ularga notanish ayrim dorivor o'simliklaming rasmlari doskaga osib qo'yiladi.

Bu usul bilan o'quvchilarning dorivor o'simliklar haqidagi tushunchalari kengaytirilib, so'z boyliklari oshiriladi. So'ngra

5- mashq topshirig'iga ko'ra bajariladi. Mashq awal doskada va so'ngra daftarda bajariladi.

5. Test bilan ishlash.

Test: Nutq nima?

1. Gaplar orqali bildirilgan fikr.

2. So'zlar orqali bildirilgan fikr.

3. Gap va so'zlar orqali bildirilgan fikr.

Test savoli doskaga yozib qo'yiladi. O'qituvchi javoblarni bir-ma-bir aytadi. O'quvchilar diqqat bilan tinglab, to'g'ri javobni raqamli kartochkalar bilan ko'rsatadilar. Yoki har bir o'quvchiga test yozilgan kartochkalar tarqatib chiqiladi. O'quvchilar bir daqiqa ichida javoblarni qalamda belgilab, testni o'qituvchiga topshiradilar. Kartochkalarning orqa tomoniga o'quvchining ismi, familiyasi yozib qo'yilgan bo'ladi. O'qituvchi tezgina ularni ko'rib chiqib, javoblarni e’lon qiladi.



6. O'quvchilarning gap haqidagi bilimlarini mustahkamlash.

Buning uchun 6- mashq ustida ishlanadi. Mashqdagi gaplarni mustaqil ichda o'qishga topshiriladi. So'ngra 2—3 o'quvchiga gaplar ovoz chiqarib o'qitiladi. Shundan so'ng darslik olib qo'yiladi. O'qituvchi o'quvchilardan gap haqidagi bilimlarini so'zlab berishni talab etadi.



7. Uyga vazifa: 7- mashq. Mashqni bajarishda har bir gap oxirini aniqlash va tegishli tinish belgisini qo'yishni unutmaslik aytiladi. Gaplarning oxiriga qanday tinish belgilari qo'yilishi aniqlab olinadi.

8. O'quvchilar bilimini baholash.
Download 407.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling