Boshlang‘ich ta’lim
Download 68.46 Kb.
|
2 5248984299578862229
Ona tili va amaliyoti fanidan 200ta test savollari. Mas’ul: “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi dotsenti, f.f.d.d(PhD) G.Safarova. 1. Fonetikaning obyekti - ……. A.Tilning tovush tomoni, fonetik qurilishidir B.Nutq tovushlari C.Tovush, urg‘u D.Ohang, pauza. 2.Tovushning fizik-akustik tabiati nimalardan iborat? A.Tovushning balandligi, kuchi tembri, cho‘ziqligi, ularning eshitilish xususiyati B.Bo‘g‘iz, halqum, og‘iz, burun bo‘shlig‘i tovushlari C.Infratovush va ultratovush D.Tovushning cho‘ziqligi 3.Dialekt nima? A.Umumxalq tilining ma’lum etnik guruhga mansub ko‘rinishi. B.Ma’lum ijtimoiy guruhlarga xizmat qiladigan yasama til. C.Bir butun tizim tarkibidagi mikrotizimlar, ular orasidagi aloqalar mexanizmi D.Til vositalari ishtirokida fikr ifodalash jarayoni 4. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda talaffuzda tovush orttirilishi kuzatiladi? A) shariat, toifa, Noila B) iftixor, itoat, faxr C) faxr, hukm, fazo D) iftixor, fazo, toifa 5. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i unlisi yoziladi? 1) muq...m; 2) sup...rmoq; 3) tov...q; 4) bult...r; 5) tug‘...lmoq; 6) yut...q. A) 1, 3, 5 В) 1, 2, 3, 5 С) 1, 5 D) 1, 2, 4, 6 6.Til nima? A.Fonetik, leksik va grammatik vositalar o‘rtasidagi aloqa-munosabatlardan tarkib topgan barqaror tizim B.Til tizimida quyidan yuqoriga qarab bosqichma-bosqich joylashgan sathlar yig‘indisi C.Til vositalari ishtirokida fikr ifodalash jarayoni D.Milliy tilning ishlov berilgan me’yorlashtirilgan oliy formasi 7.Fonetik-fonologik sath nima? A.Til iyerarxiyasining tovush tizimidan iborat yuqori pog‘onasi B.Unli fonemalar tizimi C.Undosh fonemalar tizimi D.Muayyan tilning o‘ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ega bo‘lgan eng kichik qismi 8. Quyida berilganlardan imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarni aniqlang. 1) tele ko‘rsatuv; 2) taqiqlamoq; 3) hokandoz; 4) uydurma; 5) mas’ul; 6) hatti-harakat A) 2, 4, 5, 6 В) 1, 3, 5, 6 С) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 4, 5 9. Qaysi so‘zlar zid ma’noli emas? A) ost-ust; toza-iflos B) qisqa-uzun; yolg‘onchi-rostgo‘y C) mehnatsevar-ishyoqmas; kecha-kunduz D) urush-tinch; kulmoq-yig‘i 10.Fonemalarning differensial belgilari deganda nimani tushunasiz? A.O‘zaro qarama-qarshi qo‘yilayotgan ikki fonemaning farqlanadigan belgilari B.O‘zaro qarama-qarshi qo‘yilayotgan ikki fonemaning farqlanmaydigan belgilari C.Diffirensial belgilar asosida ikki fonemaning bir-biriga qarshi qo‘yilishidir D.Bir farqlanish belgi asosida tarkib topgan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar qatori 11.Fonemalarning integral belgilari deganda nimani tushunasiz? A.O‘zaro qarama-qarshi qo‘yilayotgan ikki fonemaning farqlanmaydigan belgilari B.Differensial belgilar asosida ikki fonemaning qarshi qo‘yilishidir C.Bir farqlanish belgi asosida tarkib topgan oppozitsiyalar qatori D.Fonemalarning farqlanmaydigan belgilari 12.O‘zbek adabiy tilining unlilar tizimi bu…? A. Vokalizm B.Korrelatsiya C. Variatsiya D.Transkripsiya 13.O‘zbek adabiy tilining undoshlar tizimi bu…? A. Konsonantizm B. Vokalizm C. Variatsiya D.Transkripsiya 14. Quyidagi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlar soni nechta? G‘azapdan o‘zingni asra, chunki и tufayli inson ishlarini, ezgu maqsatlarini unutadi. A) 2 ta В) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta 15.Ovoz ishtirok etish darajasiga ko‘ra undoshlar qanday turlarga bo‘linadi? A.Sonor va shovqinlilar B.Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra C.Tilning vertical harakatiga ko‘ra D.Lablarning ishtirokiga ko‘ra 16.Til o‘rta undoshi qaysi? A.Y B.R C.D D.Q 17.Bog‘iz undoshi qaysi? A.H B.D C.Q D.B 18.Lab undoshlariga qaysilari kiradi? A.B,m,p,v,f B.T,r,d,s, C.Y,s,t,v D.G,k,ng 19.Chuqur til orqa undoshi qaysilar? A.Q,g‘,x B.T,d,s,z C.G,j,k D.B,d,r 20. So‘z tarkibidagi bir xil tovushlardan birining boshqa tovushga ko‘chishi bu…? A.Dissimilyatsiya B.Akkomodatsiya C.Assimilyatsiya D.Nazalizatsiya 21.Proteza nima? A.So‘z boshida tovush orttirilishi B.Unli fonemaning urg‘usiz bo‘g‘inda kuchsizlanishi C.Yonma-yon turgan tovushlarning biri o‘zgarishi D.So‘z oxirida tovush orttirilishi 22. So‘z o‘rtasida tovush orttirilishi nima deyiladi? A.Epenteza B.Proteza C.Prokopa D.Epiteza 23. Tovush tushishining qanday turlari bor? A.Prokopa, ankopa, sinkopa, apokopa B.Eliziya, aferizis C.Gaplologiya D.Metoteza 24. So‘z tarkibidagi ayrim tovushlarning o‘rin almashinuvi qaysi hodisa hisoblanadi? A.Metateza B.Dissimilyatsiya C.Degeminatsiya D.Geminatsiya 25. Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasi nima deyiladi? A.Bo‘g‘in B.Proteza C.Epenteza D.Apakopa 26. Qaysi gapda imloviy jihatdan xatolik mavjud emas? A) Podsho vaziru a’yonlar davrasida otdan tushib, tog‘ bag‘riga qarab yura boshlabdi. B) Maqtanayapti demang, cho‘l havosi yaxshi! C) Yurtimizda 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. D) Uning qattiq qo‘rqqanini ko‘rib, gapirolmay, shoshkancha ko‘chaga otildi. 27. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) mehmondo‘st, ijotkor, rayhon B) mudofaa, jigarband, jaxolat C) jaxongashta, navo, mahliyo D) iste’dod, bunyodkorlik, hujum 28. Gapda tagiga chizilgan so‘zlarning qay biri ko‘chma ma’noda qo‘llangan? 1. O‘zbekistonning Davlat tili – o‘zbek tilidir. 2. Razvedkachilarga “til” tutib kelish topshirilgan edi. 3. Shoir boshini birdan ko‘tardi. 4. Ochilgan paxtani bir boshdan teringlar. A) 2, 4 B) 3 C) 1, 3 D) barchasi ko‘chma ma’noda qo‘llangan 29. Qaysi gapdagi so‘zlarning ochiq bo‘g‘inlari boshqalariga nisbatan kamroq? A) Kishining hurmati o‘z qo‘lida. B) Ko‘z qayerda bo‘lsa, aql ham o‘sha yerda. C) Uydan maktabga bora boshladim. D) Uning boyligi sira tugamas ekan. 30. Qaysi qatordagi so‘z tovush almashishi fonetik hodisasiga uchragan? A) sanadi B) ko‘nglim C) qayrilgan D) obro‘yimiz 31. Urg‘u deb nimaga aytiladi? A.So‘z tarkibidagi bo‘g‘inlardan birining boshqasiga nisbatan kuchliroq ovoz bilan aytilishi yoki gaplardagi ayrim bo‘laklarning, nutq oqimidagi ayrim frazalarning maxsus ohang bilan ta’kidlanishidir. B.Gapda ovozning ko‘tarilishi va pasayishidir. C.Emotsional so‘zlarga xos intonatsiya D.Nutq oqimining sur’ati va tezlik darajasi. 32. Uyushiq bo‘laklarni bog‘lash vazifasini bajaruvchi intonatsiya bu…? A.Sanash intonatsiyasi B.Undov intonatsiyasi C.Chaqiruv intonatsiyasi D.Darak intonatsiyasi 33. Qaysi harflar yonma-yon kelganda alohida tovush ekanligini ifodalash uchun ularning orasiga tutuq belgisi qo‘yiladi? A) n va g B) s va h C) c va h D) n va a 34. Grafika bu…? A.Yozuv tizimining birinchi komponenti. U harfiy va noharfiy belgilar vositasida yozuvning tovush tili bilan aloqasini ta’minlaydi. B.Grafik tizimning eng asosiy birligi, ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlari bor bo‘lgan semiotik belgi. C.Shaklan bir harfga teng grafema. D.Shaklan ikki yoki undan ortiq harflar qo‘shilmasiga teng bo‘lgan analitik grafema. 35. Yozma nutqda bir necha xil yoziluvchi tovush, qo‘shimcha va so‘zlarning adabiy tilga qabul qilingan bittasi nima hisoblanadi? A) imlo me’yori B) to‘g‘ri talaffuz me’yori C) grammatik ma’no D) fonetik o‘zgarish 36. Tugallangan intonatsiya nima? A.Gapga xos intonatsiya B.Tinch ohang C.Ko‘tariluvchi ohang D.So‘z birikmasiga xos intonatsiya 37. Emotsional gaplarga xos intonatsiya bu…? A.Undov intonatsiyasi B.So‘roq intonatsiyasi C.Tugallanmagan intonatsiya D.Tugallangan intonatsiya 38. To‘g‘ri talaffuz me’yorlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga nima deyiladi? A) grafika B) fonetika C) orfoepiya D) orfografiya 39. Qaysi tamoyilda imlo qoidalariga ko‘ra harflar so‘z tarkibidagi fonemalarga moslab tanlanadi? A.Fonematik tamoyil B.Morfologik C.Tarixiy an’anaviy D.Grafik 40. Qaysi tamoyilda imlo qoidalari so‘zning ma’noli qismlarini ular qanday talaffuz qilinishidan qat’iy nazar asliga mos ravishda yozilishi talab qilinadi? A.Morfologik B.Grafik C.Tarixiy an’anaviy D.Fonematik 41. Qaysi tamoyil grafemalarning grafikada kodlashtirilgan fonemalarini ifodalashga asoslanadi? A.Grafik B.Fonematik C.Morfologik D.Tarixiy an’anaviy 42. Qaysi tamoyil so‘zning yoki so‘z shakllarining qadimdan odat bo‘lib qolgan formada mos shaklda yozilishi uchun me’yor sanaladi? A.Tarixiy an’anaviy B.Fonematik C.Grafik D.Morfologik 43.Gul fasli sanam sayr ila gulshanda bo‘libdur qaysi tamoyil asosida yozilgan? A.Tarixiy an’anaviy B.Fontiek C.Morfologik D.Grafik 44. Qaysi tamoyil so‘z boshida yoki oxirida ikki undosh qatorlashib kelgan leksik birliklarning imlosini qoidalashtirishga asos bo‘ladi? A.Shakliy an’anaviy B.Semantik uslubiy C.Morfologik D.Fonematik 45. Undosh tovush ma’no farqlash vazifasini ifodalagan so‘zlarni aniqlang. 1) bur-bir; 2) tir-tur; 3) qur-qir; 4) sur-sir; 5) davlat-savlat; 6) tirgak-tirsak. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 3, 4, 6 D) 5, 6 46.So‘zlarni ular tarkibidagi tovushlarni, o‘zak va qo‘shimchalardan iborat so‘z formalarini to‘g‘ri talaffuz qilish me’yorlari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi? A.Orfoepiya B.Leksikografiya C.Morfologiya D.Fonologeya 47. Xatosiz yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) okean, zologiya, zopark, oynak B) akop, obro‘, arkestr, roman C) kombayn, konstitutsiya, konsert, D) kosmonavt, xudud, qo‘y mijoz 48. Ta’na, da’vo kabi so‘zlar qaysi tildan o‘zlashgan? A.Arab B.Fors C.Rus D.Qozoq 49. Tip qaysi tildan o‘zlashgan? A.Rus B.Fors C.Arab D.O‘zlashmagan 50. Uxlamoq so‘zi qaysi tilga mansub? A.O‘zbek B.Rus C.Arab D.Fors 51. Hamma, jami, afsuski so‘zlarida urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushadi? A.1 B.2 C. a va b javob to‘g‘ri D.Tushmaydi 52. Leksikologiyaning obyekti nima? A.Tilning lug‘at boyligi B.So‘z C.Morfema D.Bo‘g‘in 53. Tutuq belgisi barcha so‘zlardagi unlini cho‘ziqroq aytilishiga xizmat qilgan qatorni aniqlang. A) she’r, sa’va, qal’a B) in’om, e’tibor, sa’va C) she’r, nash’a, da’vo D) da’vo, ta’na, ne’mat 54. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i unlisi yoziladi? 1) sov...q; 2) sup...rmoq; 3) muh...m; 4) qut...lmoq; 5) sur...shtirmoq; 6) tush...nmoq. A) 2, 3, 6 В) 1, 2, 4, 6 C) 3, 5 D) 1, 3, 5 55. Qaysi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga urg‘u tushgan? 1) qachondir; 2) yuzta; 3) hammamiz; 4) hech qanday; 5) o‘qish; 6) o‘qishimizda A) 3, 5, 6 B) 2, 3, 4 C) 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6 56. Leksik birlikning semantik tarkibi va u bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi soha nima? A.Semasiologiya B.Etimologiya C.Onomasologiya D.To‘g‘ri javob yo‘q 57. Tilshunoslikda so‘z va morfemalarni kelib chiqishini o‘rganuvchi bo‘lim? A.Etimologiya B.Sotsiologiya C.Onomastika D.Fonologiya 58. Quyidagi berilgan so‘zlardan qaysilari to‘g‘ri yozilgan? 1) chehra; 2) saxna; 3) xovuz; 4) tuhfa; 5) muxtoj; 6) suhbat. A) 2, 3, 5 В) 1, 2, 5 С) 1, 3, 6 D) 1, 4, 6 59. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang. A) notarius, mudofa, manitoring B) natarius, dealog, muovin C) monitoring, dialog, milliard D) mudofaa, milliard, hayol 60. So‘zning asosi va affiksida unlilarning o‘zaro uyg‘unlashuvi nima? A.Singormanizm B.Apakopa C.Vokalizm D.Sheva 61.Qaysi bo‘limda so‘z birikmalari va gap turlari o‘rganiladi? A.Sintaksis B.Leksikologiya C.Leksikografiya D.Fonologiya 62.”Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning nechanchi moddasida O‘zbekiston Respublikasining davlat tili O‘zbek tili ekanligi ko‘rsatilgan? A.1-moddada B.2-moddada C.4-moddada D.5-moddada 63. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar noto‘g‘ri yozilgan? A) mahsulot, musoboqa, hususiy B) toifa, maxsulot, musobaqa, C) jarroh, xususiy, jangovar D) toyifa, jarrox, tamosha 64. Nutq a’zolarining tovush hosil qilishdagi faoliyati…: A.Artikulyatsiya B.Assimilyatsiya C.Rekursiya D.Rezonator 65. 1995 yil 21-22 dekabrda bo‘lgan Oliy Majlisda qanday Qonun qabul qilingan? A.”Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonun B.”Lotin yozuviga asoslangan O‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” Qonun C.”O‘zbek tiliga Davlat tili maqomini berish to‘g‘risida”gi Qonun D.”O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” 66. Nutqimizda portlovchi undoshlar nechta? A.7 ta B.9 ta C.6 ta D.5 ta 67. Oq/saroy, ot/quloq, dev/qomat, havo/rang, borib/kelmoq, sher/dil, yer/yong'oq, bayon/etmoq, erk/sevar. Ushbu juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda nechtasi qo‘shib yoziladi? A) 5 tasi B) 8 tasi C) 6 tasi D) 7 tasi 68. So‘zlarni, morfemalarni o‘zaro farqlashga, xizmat qiladigan til birligi qaysi: A.Fonema B.Tovush C.So‘z D.To‘g‘ri javob yo‘q 69. “ng” tovushi qaysi qatordagi barcha so‘zlarda qo‘llangan? A.Ongga, mingga, zangga B.Maymunga, yurganga, borganga C.O‘nga, donga, o‘tinga D.Tongga, nonga, keng 70. Tilning old qismida hosil bo‘ladigan undosh tovushlarni belgilang? A.D, t B.V, f C.B, p D.Q, g 71. Urg‘u yordamida so‘z ma’nolarini farqlash mumkin bo‘lgan qatorni aniqlang? A.Yangi, yigitcha, qishloqcha B.Fizik, chog‘lar, mudir C.Olma, anjir, muhit D.Bog‘lar, bolada, jadval 71.Quyidagi so‘zlarning qaysi biri tarkibida ochiq bo‘g‘in mavjud? A.Biriktirmoq B.Mazhab C.To‘rtlikdan D.San’atkorlik 72. Qaysi javobdagi birliklar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) milyard, artileriya B) 10-sinf, XXI-asr C) sog‘gach, bargga D) keldida, bolayu 73. Qaysi birikmada ko‘chma ma’noli so‘z mavjud? 1) ko‘chaning boshi; 2) kelinchak bahor; 3) kumush qish; 4) po‘lat iroda. A) 2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 2,3 74. Bosh so‘zining ko‘chma ma’nosi ifodalangan javobni aniqlang. 1) jo‘ra boshi; 2) xat boshi; 3) boshi og‘rimoq; 4) bosh mutaxassis; 5) bosh harf; 6) boshini birdan ko‘tarmoq. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 5 D) 4, 5 75. So‘zning aytilishi bilan yozilishi bir-biriga mos kelmaydigan tamoyil qaysi? A.Morfologik tamoyil B.Fonetik tamoyil C.An’anaviy tamoyil D.Etimologik yoki grafik tamoyil 76. Kooperativ, aeronavtika so‘zlarini qaysi imlo qoidasiga ko‘ra yozamiz? A.Shakliy yozuv asosida B.Fonetik yozuv asosida C.Morfologik yozuv asosida D.O‘zbek tili talaffuz qoidalariga moslashtirgan holda 77. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini belgilang? 1) besaramjom 2) besaranjom 3) bekitmoq 4) berkitmoq A.2,3,4 B.1,3 C.2,3 D.2,4 78. Xalq shevalari adabiy tildan qaysi jihatlari bilan farq qilishi mumkin? A.Fonetik, leksik va grammatik jihatdan B.Fonetik jihatdan C.Leksik jihatdan D.Fonetik va leksik jihatdan 79. So‘zlarni qaysi jihatiga ko‘ra omonim, sinonim, antonimlarga ajratamiz? A.Shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra B.Bir yoki birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishiga ko‘ra C.Shakl va talaffuziga ko‘ra D.Tuzilishiga ko‘ra 80. Quyida berilgan so‘zlarning qaysi biri fe’lning bo‘lishsiz shakli bilan omonimik munosabatda bo‘lmaydi? A.Qo‘llanma B.Suzma C.Sochma (o‘q) D,Qaynatma (sho‘rva) 81.Kecha oshda ko‘rinmading? gapidagi ma’no ko‘chish yo‘lini izohlang? A.Metonimiya yo‘li bilan ma’no ko‘chgan B.Metafora yo‘li bilan ma’no ko‘chgan C.Sinekdoxa yo‘li bilan ma’no ko‘chgan D.Hech qanday ma’no ko‘chaishi yuz bermagan 82. Bezovta so‘zining antonimi bilan sinonim bo‘la oladigan iborani belgilang? A.Ko‘ngli to‘q B.Ko‘zi och C.Qo‘li ochiq D.Cho‘ntagi baquvvat 83. Qanday so‘zlar bosh ma’no va ko‘chma ma’nolarga ega bo‘ladi? A.Ko‘p ma’noli so‘zlar B.Bir ma’noli so‘zlar C.Atamalar D.Mustaqil so‘zlar 84. Tilning lug‘at boyligini oshiruvchi vositalar berilgan qatorni aniqlang? A.So‘z yasovchi qo‘shimchalar B.Shakl yasovchi qo‘shimchalar C.So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar D.So‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar 85. Ma’noviy sinonimlar berilgan qatorni ko‘rsating? A.Ho‘l, shalabbo B.Tilshunoslik, lingvistika C.Respublika, jumhuriyat D.Doston, poema 86. Quyidagi gaplarning qay birida ko‘chma ma’noli so‘z berilgan? A.Hasratim bir kitob bo‘ldi B.Ularning hech narsadan kamchiligi yo‘q C.Elmira qizalog‘iga o‘yinchoq berdi D.Oshxonadan Rahimning onasi chiqib qoldi 87. Ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zli birikmalar qaysi qatorda berilgan? A.Kumush osmon, shishaning og‘zi, po‘lat iroda B.Non isi, harbiy xizmat, yoqimli hid C.Hunarli kishi, ahil oila, yog‘och qoshiq D.Ikki bola, shirin qovun, chuqur ko‘l 88. O‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar qatorini belgilang? A.Rais, xizmat, ayol, asal B.Fizika, mashina, tufli C.Imorat, g‘alla, ovqat, odam D.Suv, qo‘l, yashil, qora 89. Quyidagi gaplarda dam so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan: Quyosh damini g‘ir-g‘ir esgan shamol kesar edi. A.Harorat B.Havo C.Hordiq D.Nafas 90. Bir ma’noli so‘zlar qatorini aniqlang: A.Sa’va, pazanda, gulxayri, B.Yengil, mayin, yemoq C.Yutmoq, achitmoq, shirali D.Gulxayri, shirali 91. Ibora qo‘llanmagan qatorni toping: A.Katta tugunni boshiga ko‘tarib oldi. B.Oyog‘ida oyoq qolmadi. C.Ularning qo‘li qisqalik qilib qoldi. D.Ma’rakaga borganda, oyog‘i olti, qo‘li etti bo‘lib yuradi-yu, uyga kelganda yana g‘alati bo‘lib qoladi. 92.Quyidagi qatorlarning qaysi birida salbiy buyoqdor so‘zlar berilgan? A.Badburush, naynov, qiltiriq, bashara, satang B.Yaxshi, chiroyli, shirin, xursand C.Yomon, xunuk, bemaza, xafa D.Ko‘ra, chehra, jilmaymoq, kamolot 93.Dunyoda necha xil turkiy til bor? A.24 B.20 C.21 D.224 94. Nutqiy jarayonda ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llanuvchi so‘zlar ... A) ko‘p ma’noli so‘zlar B) bir ma’noli so‘zlar C) shakldosh so‘zlar D) ma’nodosh so‘zlar 95. Dunyoda nechta xalqaro til bor? A.6 ta B.3 ta C.9 ta D.2 ta 96. Havo bo‘shlig‘i tizimiga kiruvchi organ qaysi javobda berilgan? A.Halqum B.Bo‘g‘iz C.Traxeya D.Bronxlar 97.O‘zbek adabiy tilida nechta undosh tovush bor? A.24 ta B.23 ta C.25 ta D.26 ta 98. Qaysi birikma tarkibida ko‘chma ma’noli so‘z mavjud? 1) oltin bosh; 2) oltin kuz; 3) oltin haykal; 4) temir intizom; 5) qozonning qulog‘i; 6) odamning qulog‘i. A) 3, 6 B) 3, 5, 6 C) 1, 2, 4, 5 D) 4 99. Qaysi javobdagi so‘zlar ma’nosini 2 ta undosh farqlagan? A) ombor – ombur B) urush – urish C) tirgak – tirsak D) molik – malik 100. Rost-ros, xursand-xursan, go‘sht-go‘sh kabi hodisalar qanday hodisa sanaladi? A.Apakopa B.Prokopa C.Proteza D.Epiteza 101. Barcha undoshlari jarangli bo‘lgan so‘zlar qatorini aniqlang? A.Jadval, nodir, gulzor B.Pastak, ko‘ksulton, ko‘lmak C.Bardosh, ko‘klam, badnafs D.Paxsa, sukut, sochiq 102. “ch” tovushining jarangli jufti qaysi qatordagi so‘zlarda bor? A.Jo‘ja, jahon B.Ajdar, jurnal C.Prujina, jemper D.Choy, chavgon 103. Qaysi qatordagi so‘zlarda urg‘u so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushmagan? A.Texnika, hamma, hamisha B.Nafosat, odamzod, madaniyat C.Qulupnay, qo‘g‘irchoq, hujayra D.Iltimos, kelajak, darvoza 104. Qaysi qatordagi so‘zlar urg‘usi aksar hollarda birinchi bo‘g‘inda bo‘ladi? A.Zo‘rg‘a, issiq, proza B.Ilgich, luqma, ildiz C.Madad, maket, masal D.Navbat, mo‘g‘ul, nasha 105. Bo‘g‘inga ajralmaydigan so‘zlar qatorini belgilan? A.Hukm, gramm, ong B.Qit’a, qal’a, yechim C.Ongi,y engil, yangi D.A, B, C 106. Qaysi qatorda urg‘u olmaydigan affikslar berilgan? A.Hammasi to‘g‘ri B.-ta, -tacha C.-cha, -dek, -day D.-ma, -man 107. Qaysi so‘zlarda q tovushi x tarzida talaffuz etilsa ham q yoziladi? A.Taqsimot, maqsad, oqsil B.Oqim, bosqich, cho‘ziq C.So‘roq, oqibat, sog‘liq D.Iqlim, ishqor, botqoq 108. Imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan so‘zni toping? A.Xushmuomala B.Toshmehr C.Seysmalogiya D.Plastmasa 109. Yonma-yon kelgan unli qatnashgan so‘zlarni toping. 1) soat; 2) muallif; 3) oila; 4) matbaa; 5) saodat; 6) sharoit; 7) zoomagazin; 8) maosh; 9) taom; 10) tamoil A) 1, 5, 7, 8, 9 B) 1, 4, 5, 7, 8, 9 C) 1, 2, 3, 5, 6, 8, 9, 10 D) 1, 2, 4, 5, 7, 8, 9 110. Faqat talaffuzda bir tovush ortadigan yonma-yon kelgan unlili so‘zlar qaysi javobda berilgan? A) doim, ilm, saodat B) tabiat, shariat, shior C) soat, muallim, muomala D) parvoyi, mavqeyi, obro‘yi 111. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang? A.Oltin O‘rda, hamyurt, achchiqtosh B.Yangi yo‘l, Kosonsoy, Sherobod C.Buloq boshi, karnaygul, darsxona D.Xomtovoq, Yangi er, qo‘ziqorin 112. Bir ma’noli so‘zlar qaysi qatorda berilgan? A.Sandiq, gilam B.Og‘iz, bosh C.Ko‘z, qosh D.Tish, quloq 113. Qaysi ibora xo‘rlandi so‘ziga sinonim bo‘ladi? A.Oyoq osti bo‘ldi B.Tepa sochi tikka bo‘ldi C.Yuragiga qil sig‘maydi D.Mum tishlab qoldi 114. Birdan ortiq so‘zning bir xil talaffuz etilishi va yozilishi natijasida qanday so‘zlar hosil bo‘ladi? A.Omonimlar B.Ko‘p ma’noli so‘zlar C.Antonimlar D.Sinonimlar 115.Men do‘stimni sog‘indim. Ushbu gapdagi sog‘indim so‘zining lug‘aviy ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A.Lug‘aviy ma’nosi berilmagan B.I shaxs birlikda C.O‘tgan zamonda D.Fe’l 116. Bitta shu tuyoq bilan oltita bolani boqdim. Ushbu gapdagi ma’no ko‘chish yo‘lini izohlang? A.Sinekdoxa yo‘li bilan ma’no ko‘chgan B.So‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llangan C.Metafora yo‘li bilan ma’no ko‘chgan D.Metonimiya yo‘li bilan ma’no ko‘chgan 117. O‘zaro sinonim bo‘lgan iboralar qo‘llangan gapni belgilang? A.Taqdirga tan berib, nima bo‘lsa, peshonamdan ko‘rarman, deb xayol qildi B.Peshonamizga bitgani shu bo‘lsa, qandoq qilaylik, oyi! C.Yaqinda peshonamdagi yolg‘iz onajonim ham betob bo‘lib qoldi D.Meni bilsang, Qo‘ng‘irot elda turaman, har ish bo‘lsa, peshonamdan ko‘raman 118. Imlo me’yoriga rioya qilingan so‘zlar qatorini aniqlang. A) shamba, maxsat, taxsim, Samarqan B) kitob, tanbur, o‘n besh C) teray, elay, bacha D) ochiqdan-ochiq, avzal, tag‘dim 119. ……….. akustik jihatdan nutq kechimida tovushning to‘xtashi bo‘lsa, biologik jihatdan artikulyatsiyaning to‘xtashidir. A.Pauza B.Ohang C.Intonatsiya D.Gap tembri 120. O‘zakka qo‘shimcha qo‘shilgach, tovush almashish hodisasi yuz bergan so‘zlarning to‘liq qatorini aniqlang. 1) sana; 2) angla; 3) qaynoq; 4) ishlov; 5) dumaloq; 6) bo‘yoq. A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 4, 6 121. Qo‘sh undoshlari til oldi undoshi bo‘lgan so‘zlar qatorini toping. A) grammatika, zarra, taraqqiyot B) issiq, do‘ppi, qattiq C) silliq, modda, tizza D) jajji, avval, million 122. Qaysi javobda berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi yoziladi? A) ...iyla, ...ulosa B) sa...iy, i...tiro C) ...ushyor, ...ozirjavob D) ...ayot, ...aridor 123. Ulug‘bek madrasasi dunyodagi XV asr me’morchiligining nodir namunasi. Tagiga chizilgan so‘z keyingi qatorga qanday ko‘chiriladi? A) keying qatorga ko‘chirilmaydi B) raqamdan keyingi so‘z ajratib ko‘chiriladi C) raqamning ikkinchi qismi alohida ko‘chiriladi D) ba’zida raqam va so‘z yaxlit ko‘chiriladi, ba’zida raqam va so‘z ajratib ko‘chiriladi 124. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i unlisi yoziladi? 1) sov...q; 2) sup...rmoq; 3) muh...m; 4) qut...lmoq; 5) sur...shtirmoq; 6) tush...nmoq. A) 2, 3, 6 В) 1, 2, 4, 6 C) 3, 5 D) 1, 3, 5 125. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) kаkао, teatr, kosmanavt B) orkestr, muovin, pomidor C) pamidor, drama, kokao D) movin, arkestr, dialog 126. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang. A) hasis, musoboqa, maxsulot B) toyifa, musobaqa, jarrox C) xasis, mahsulot, tomosha D) jarrox, jangovor, toifa 127. asal/ari, dev/qomat, Besh/ariq, jigar/rang, olib/kelmoq, sher/yurak, qo‘l/qop, bayon/etmoq, och/ko‘z. Ushbu juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda nechtasi qo‘shib yoziladi? A) 5 tasi B) 7 tasi C) 6 tasi D) 8 tasi 128. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Sizni suvdan o‘tkazib qo‘ymasam, menga bergan noningiz harom bo‘ladi. B) Gapi to‘g‘rida, u tengi bolalar maktabga borishadi, uni esa “kichkina” deb xafa qilishadi. C) Oradan qancha zamonlar o‘tgach, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz. D) U o‘rmonda aylanib yurib chol va uning tinib-tinchimas nevarasini uchratipti. 129. Quyidagi so‘zlardan qaysilarining paronim jufti yo‘q? A) urush, adib, azim B) ahil, dars, adl C) avlod, dahriy, lanj D) burch, o‘qish 130. Bir ma’noli so‘zlarni aniqlang. A) iflos, kitob, non B) geografiya, geometriya, oshxona C) iliq, chuqur, xira D) yo‘l, ko‘z, qo‘l, yumshoq, yengil 131. ………. so‘zdagi ikki bir xil fonetik tarkibli bo‘g‘inlardan birining tushirib talaffuz etishdir. A.Gaplalogiya B.Sinkopa C.Apakopa D.Ankopa 132. Taqdirni qo‘ling bilan yoz, Mehring bilan qishni qilgin yoz, Erkinlikning osmonida uch, Maqsad sari qanotingni yoz. Mazkur tuyuqda yoz so‘zlari qanday so‘z hisoblanadi? A) ko‘p ma’noli so‘z B) omonim so‘z C) paronim so‘z D) sinonim so‘z 133. Faqat bir tovushi bilan farqlanuvchi, lekin bir xil talaffuz qilinadigan so‘zlarga nima deyiladi? A) paronimlar B) omonim so‘zlar C) antonim so‘zlar D) sinonim so‘zlar 134. 1940-yildan boshlab o‘zbeklar orasida qaysi yozuv amalda bo‘lgan? A) o‘zbek yozuvi B) kirill yozuvi C) lotin yozuvi D) arab yozuvi 135. Qaysi gapning har bir so‘zida bittadan harfiy birikma mavjud? A) Torga tor, kengga keng dunyo. B) Qo‘liga uch tanga berib, bolani rozi qilib jo‘natibdi. C) Ukam minib ,,saman oti“ni, ,,qilich“ ushlab chiqibdi ,,jang“ga. D) Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. 136. B...r. Mazkur unlisi tushirilgan so‘zni qaysi tovush sof o‘zbekcha so‘zda ma’no farqlamaydi? A) o B) i C) e D) a 137. yig‘la, qiyna kabi so‘zlarda qanday tovush o‘zgarishlari yuz bergan? A) tovush tushishi B) tovush almashishi C) tovush tushishi va orttirilishi D) tovush orttirilishi 138. Qaysi qatordagi so‘zda fonetik o‘zgarish kuzatiladi? A) ikkalamiz B) ishtirokidan C) tabiyat D) qalbingga 139. Fevral oyiga kelib sovuqning shashti biroz pasaydi. Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarish ro‘y bergan? A) tovush tushishi va almashishi B) tovush orttirilishi va tushishi C) tovush almashishi va orttirilishi D) tovush almashishi 140. …….. nutq kechimida so‘zning ma’lum tovush ta’sirida boshqa biror tovushning o‘zgarishidir. A.Kombinator B.Konvergensiya C.Pozitsion D.Divergensiya 141. Leksik urg‘u faqat ……….. so‘zlarning ma’lum bir, faqat bir bo‘g‘inida bo‘ladi. A.Mustaqil ma’noli B.Yordamchi so‘zlar C.So‘z D.Bo‘g‘in 142. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni aniqlang. 1) tuyg‘u; 2) melodramma; 3) chopqi; 4) qayg‘u; 5) avf; 6) kulgu. A) 2, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 2, 6 D) 1, 3, 4 143. Tovush tushish hodisasi yuz bergan gapni toping. A) Maktabda “O‘tkir zehnlilar” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. B) Hech bo‘lmaganidan ko‘ra, kech bo‘lgani yaxshi. C) Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘rayman. D) Idoraga bor, senga ham pul berishadi. 144. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan tovush almashishi yuz beradigan so‘zlar qatorini toping. A) o‘yin, o‘qi, bog‘ B) o‘rdak, qishloq, qoshiq C) ek, tog‘, teg D) og‘ir, bog‘, chilla 145. Qaysi so‘zda nutq a’zosining ishtirokiga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? A) tavsif B) tilshunos C) tanbur D) suzuvchi 146. …… badiiy adabiyotda she’riy misralarning o‘lchov birligi sifatida qo‘llanadi. A.Hijo B.Bo‘g‘in C.Ritm D.Zarb 147. Bo‘g‘in so‘zining fors tilidagi varianti ko‘rsatilgan qatorni toping. A.Hijo B.Bo‘g‘in C.Sillabeka D.Aksentema 148. Balli shkala bilan hisoblansa jarangsizlar necha ball bilan belgilanadi? A.1 ball B.2 ball C.3 ball D.4 ball 149. Yopiq boshlanuvchi ochiq bo‘g‘inni ko‘rsating. A.Qo-ra B.Il-gak C.Tur-g‘un D.Ter-sak 150. Ochiq boshlanuvchi yopiq bo‘g‘in bor qatorni ko‘rsating. A.Il-gak B.Tur-g‘un C.Te-mir D.Da-la 151. Ochiq bo‘g‘inli so‘z qatorini toping. A.Da-la B.Met-ro C.Al-bom D.Ki-tob 152. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Ular xozir, o‘smirlik chog‘idayoq, qudratli qanot paydo qilayotibdi. B) Manzilga yetkach sen bilan alohida gaplashaman. C) Oradan qancha zamonlar o‘tdi, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz. D) Bolalar uning bo‘shangligini bilib, baravar tortishishdan sira qolmasdi. 153. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) manfaat, tomom, badiy B) taasurot, tamon, badiiy C) taalluqli, navbat, tamom D) taaluqli, tomon, baxr 154. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratilgan? A) yen-gil-di, ber-din-giz, kon-gress B) de-ngiz, jon-ga, kon-gress C) tu-ngi, ya-ngi, si-ngli D) shtan-ga, ko‘r-di-ngiz, ton-gi 155. V+C tipli bo‘g‘inni ko‘rsating. A.Ol B.Deb C.Ma D.A 156. C+V tipli bo‘g‘inni ko‘rsating. A.Ma B.Deb C.A D.Ol 157. C+V+C tipli bo‘g‘inni ko‘rsating. A.Lol B.De C.As D.Ol 158. Bo‘g‘inning qismlarini ko‘rsating. A.Bo‘g‘in boshi, markazi, oxiri B.Bo‘g‘in markazi, oxiri C.Bo‘g‘in boshi, oxiri D.Bo‘g‘in boshi, markazi, oxiri, tugashi 159. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar noto‘g‘ri yozilgan? A) gramatika, yovoyi, afsuz B) komissiya, minnaddor, karra C) grammatika, yovvoyi, taraqiyot D) minnatdor, komisiya, taraqqiyot 160.Har qanday bo‘g‘inda bo‘lishi lozim bo‘lgan tovushni ko‘rsating. A.Unli B.Undosh C.Konsonant D.Harf 161. Bo‘g‘in hosil qilmaydigan tovush deb asosan qanday tovushlar keltiriladi? A.Undoshlar B.Unlilar C.Tovushlar D.Harflar 162. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so‘z qatnashgan? A) Ellik yil ezildik, taxqir etildik, qo‘limiz bog‘landi, huquqimizga tajovuzlar bo‘ldi. B) Bo‘stondagi atirgul va rayhonlar eng yoqimli gullardir. C) Kesim – hukmni ifodalovchi, gapning asosiy belgilarini ko‘rsatuvchi eng muhim bo‘lak. D) Dehqon jo‘xorini quritibdi, to‘qmoqlab, donini ajratib olibdi. 163. Bo‘g‘in qanday hodisa? A.Sof fonetik hodisa B.Tarkibli hodisa C.Fonetik hodisa D.Yasaluvchi hodisa 164. Qaysi javobdagi so‘zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) teleko‘rsatuv, magistratura, dissertatsiya B) kompressor, komissiya, manitoring C) kordinata, bakalavr, vakum D) kаkао, inkubator, fotoaparat 165. Ma’nodosh so‘zlar qatori buzilgan javobni aniqlang. A) saharlab, tong, sabo B) sovg‘a, hadya, tortiq, armug‘on, tuhfa C) tanqis, kamchil, taqchil D) bahs, munozara, tortishuv 166. Ko‘p ma’noli so‘zlarni aniqlang. 1) peshana; 2) og‘iz; 3) tish; 4) quloq; 5) yuz; 6) bel. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 5 C) 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4 167. Shakldosh so‘zlar berilgan qatorni aniqlang. 1) tut, yut, oq; 2) yot, et, uch; 3) un, tush, chang; A) 1, 2 B) 2, 3 C) 1, 2, 3 D) 1, 3 168. Nuqtalar o‘rniga kerakli qo‘shimchalarni qo‘ying. Xalq tabobat… qulupnay meva… terlatuvchi, bezgak xuruj… qarshi omil sifatida tavsiya etiladi. A) -i,-da; -si; -i,-ga B) -i; -ni; -i,-ga C) -i; -si; -da D) -i; -si; -i,-ga 169.Akustikasiga ko‘ra konsonantlar nimalardan iborat? A.Jarangli, jarangsiz B.Jarangli, sirg‘aluvchi C.Sirg‘aluvchilar, qorishiqlar D.Portlovchilar, sirg‘aluvchilar, qorishiqlar portlovchilar, 170. Artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra konsonantlar ko‘rinishlarini ko‘rsating. A.Lab, til, bo‘g‘iz B.Lab, til C.Til, bo‘g‘iz D.Lab, til, bo‘g‘iz, qorishish 171. Otning qaysi turi ko‘plik shaklda qo‘llanganda ko‘plik ma’nosini emas, balki ta’kidlash, kuchaytirish ma’nolarini ifodalaydi? A) aniq ot B) turdosh ot C) mavhum ot D) o’rin-joy oti 172. O‘zbek tilida burun sonantlari nechta? A.To‘rt B.Besh C.Ikki D.Uch 173. So‘zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo‘llana oladigan qismi... A) qo‘shimcha B) asos C) tub qism D) so‘z 174. Berilgan gaplardagi qaysi shaxs otlariga -lar qo‘shimchasini qo‘shish mumkin? A) Qo‘shni xo‘jalikda ko‘p hunarmand xususiy korxona ochdi. B) Bizning jamoamizda ham uch temirchi, yigirma novvoy o‘z do‘konlariga ega bo‘lishdi. C) Maktabda o‘tkazilgan topqirlar bellashuvida oltita sinf puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. D) Bozor tashqarisidagi yettita kosib ishni bugunoq boshlab yubordi. 175.Harflarga nisbatan kam miqdordagi tovushlar bilan talaffuz qilinadigan so‘zlar qatorini toping A.Do‘st, baland, go‘sht B.Nutq, daraxt, zehn, zambarak C.Metr, farzand, zarurat, magistr D.Maktab, g‘isht, sayyora 176. Qaysi qatorda geografik nomlar imlosiga amal qilingan? A.To‘ytepa, Oltiariq, O‘rta Chirchiq, To‘ytepa, Oltiariq, O‘rta Chirchiq B.To‘y tepa, Olti-ariq, O‘rta - Chirchiq, To‘y tepa, Oltiariq, O‘rta-chirchiq C.To‘y - tepa, Oltiariq, O‘rtachirchiq, To‘y-Tepa, Oltiariq, O‘rtachirchiq D.To‘y tepa, Oltiariq, O‘rta-Chirchiq, To‘y Tepa, Olti Ariq, O‘rta Chirchiq 177. Transport so‘zidagi ikkinchi bo‘g‘in necha unli va undoshdan tuzilgan? A.Bir unli va to‘rt undoshdan B.Bir unli va uch undoshdan C.Bir unli va ikki undoshdan D.Bir unli va besh undoshdan 178. Silindrik so‘zidagi ikkinchi bo‘g‘in necha unli va undoshdan tuzilgan? A.Bir unli va uch undoshdan B.Bir unli va to‘rt undoshdan C.Bir unli va ikki undoshdan D.Bir unli va besh undoshdan 179. Diagramma so‘zidagi ikkinchi bo‘g‘in necha unli va undoshdan tuzilgan? A.Ikki unli va to‘rt undoshdan B.Ikki unli va uch undoshdan C.Uch unli va to‘rt undoshdan D.Ikki unli va ikki undoshdan 180. Mineralogiya 181. Tragikomediya 182.Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a‘zolarining jamiga? 183.Tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra sh hamda j undosh fonemalariga to‘g‘ri tavsif berilgan qatorni toping. 184. Leksikologiyaning obyekti nima? 185. Til va jamiyat muammolarini o‘rganuvchi fan? 186. Yoqa so‘zi quyidagi qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llangan? 187. Qaysi qatordagi so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? 188. Gaplarning qaysi birida ko‘chma ma’noli so‘z berilgan? 189. Eski o‘zbek tilida qo‘llangan ochun, osig‘ so‘zlarining sinonimi qaysi qatorda berilgan? 190. Bir o‘zakning ikki marta takrorlanishidan qanday birliklar hosil bo‘ladi?? 191. Qaysi qatorda ibora qo‘llangan? 192. Mo‘jiza, mo‘tabar kabi so‘zlarda tutuq belgisining tushirib qoldirilishi tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi? 193. Bir yo‘ldan ikkinchisiga ko‘chirilmaydigan birliklar qaysi qatorda qayd etilgan? 194. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang? 195. Qo‘rq... do‘st yovuz dushman... yomon. Nuqtalar o‘rniga berilgan qo‘shimchalardan mosini tanlang. 196. Omonim so‘zlar berilgan qatorni aniqlang? 197. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tayanch lahjasi qaysi qatorlarda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 198. O‘zbek adabiy tilining lahjalari qaysi qatorlarda to‘liq ko‘rsatilgan? 199. Tovushning kuchi odatda nima bilan o‘lchanadi? 200. Yalqovlik muhtojlik eshik...dir. 201. Osiyo chempionatida Qatar terma jamoasi Yaponiya milliy jamoasini yutdi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling