Boshlang`ich ta`lim


Harakat nomi shakli va uning turlari


Download 160.97 Kb.
bet13/22
Sana18.06.2023
Hajmi160.97 Kb.
#1581551
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Saidmurodova Shagʻzoda Qamariddin qizi

Harakat nomi shakli va uning turlari. O’zbek tilshunosligida harakat nomi shakli sifatida quyidagi ko’rsatkichlar farqlanadi:
[-moq];
[-(i)sh];
[-maslik];
[-(u)v];
[-ganlik];
Bu shakllar sirasida [-(u)v], [-ganlik] shakllarining keng iste’molli va jonli nutqqa xos emasligi ularni to’la ma’nodagi harakat nomi shakli sifatida qarashga monelik qiladi.
[-moq] shakli nisbatan kam qo’llanadi va harakat nomining adabiy til ko’rinishi, lug’at shakli sifatida qaraladi: Bosmachilarning vahshiyligi odamlarga ma’lum: odamlarni kesmoq, osmoq, tiriklay kuydirmoq. (S.Ahm.) Bu harakat nomining boshqa shakllaridan uslubiy qo’llanilishi bilangina farqlanadi.
[-(i)sh] affiksli harakat nomi quyidagi ma’noga ega:
a) harakatning nomi, atamasi: Ketishi ham, ketmasligi ham noma’lumligini aytdi. (Mirm.)
b) ish, mashg’ulot ma’nosi: (shudgorlash), (o’g’itlash), (ishlash);
v) odatdagi ot ma’nosida: (chopish), (jilmayish), (kelish), (ketish).
Bu shakl [-lik] qo’shimchasi bilan ko’p hollarda tilning diniy nutq ko’rinishida uchraydi: (aytishlik),(kelishlik), (borishlik) kabi.
Harakat nomining bo’lishsiz shakli [-maslik] ko’rsatkichi orqali hosil qilinadi: (bormaslik), (kelmaslik) kabi.
Harakat nomi otga xos barcha sintaktik vazifada kela oladi.
O’zgalovchi kategoriya shakllari bo’lmish ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi ma’noviy va sintaktik jihatlarning darajasi bilan farqlanadi. Bu darajali ziddiyatning belgisini «lug’aviy ma’noni o’zgalash» tashkil etadi. Bu ravishdoshda kuchsiz, sifatdoshda o’rtacha va harakat nomida kuchli. Agar belgi «sintaktik munosabatni ifodalash» tarzida bo’lsa, ravishdosh kuchsiz, sifatdosh yana o’rtacha, ravishdosh kuchli a’zo sifatida yuzaga chiqadi. Demak, sifatdoshda ma’noviy va sintaktik o’zgalash o’zaro muvofiq.


Download 160.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling