boshlang’ich ta’lim va sport – tarbiyaviy ish yo’nalishi maxsus sirtqi 3-kurs saidova naziraning «matematika o’qitish metodikasi»


II BOB Boshlang’ich sinf matematika darslarida amaliy mashqlar echishga o’rgatish orqali fikrlash qobiliyatlarini o’stirishning amaliy asoslari


Download 0.59 Mb.
bet3/6
Sana12.06.2020
Hajmi0.59 Mb.
#118127
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti-fayllar.org


II BOB Boshlang’ich sinf matematika darslarida amaliy mashqlar echishga o’rgatish orqali fikrlash qobiliyatlarini o’stirishning amaliy asoslari.

2.1. Ikkinchi sinfda amaliy mashqlar echish jarayonida o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning maktab ta`limini 2004-2005 yillarda rivojlantirish davlat umummilliy dasturi haqida»gi qarorida belgilab berilgan ko’rsatmalar asosida 2-sinf «Matematika» darsligi qayta ishlandi. 2-sinfda matematika o’rganishda 170 o’quv soati ajratilgan, shundan 120 darsga oid metodik ishlanma berilgan. Qolgan 50 dars bolalar egallagan bilim o’quv va malakalarini yanada yaxshilash, amaliy mashqlar bajarish, mustaqil ishlarni tashkil qilish takrorlash, testlar o’tkazish, ularni tekshirish va baholashga mo’ljallangan bo’lib, bularning barchasida o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga yo’naltirilgan bu darslarni boshlang’ich sinf o’qituvchisi maktabdagi sharoitlarni hisobga olib, o’quvchilarning o’zlashtirayotgan bilimlariga qarab rejalashtiradi.

2-sinf matematika darsligi «1-sinfda o’tilganlarni takrorlash va ummlashtirish» 10 ta darsga mo’ljallangan. 1-chorakda 18 ichida bir xonali sonlarni o’nlikdan o’tish bilan qo’shish va ayirish, 2-choarkda yuz ichida xonadan o’tish bilan qo’shish va ayirish, 3-chorakda ko’paytirish va bo’lish, 4-chorakda jadvalli ko’paytirish va bo’lish amallari haqida matematik bilimlar beriladi.

Biz bu kurs ishida 2-sinf matematikasini o’rganishda amaliy mashqlar echish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish, ularni o’tkazish xususida ayrim dars ishlanmalarini qarab chiqamiz. 2-sinf matematikasini o’rganishda geometrik bilimlar berish alohida qaralmaydi. Bu 33 ta darsni tashkil qiladi. Geometrik bilimlarni o’rganish bo’yicha amaliy mashqlar echish darsnii quyidagicha tashkil etamiz. Bu darslikdagi 5, 6, 7, 8-darslardir.

5-dars (№ 28-33).

To’g’ri burchak. Takrorlash: noma`lum kamayuvchini topishga doir, sonni bir necha birlik kamaytirishga doir, ayirmani, yig’indini topishga doir sodda masalalar. O’rganilgan turdagi misollarni echish.

Yangi material ustida ishlash.

1. Jadvalda yoki doskada to’g’ri va to’g’rimas burchaklar chizib qo’yiladi. Bu to’g’ri burchak. Bu esa to’g’rimas burchak. CHizmachilik uchburchagida (go’niyada) (mana bunda) to’g’ri burchak bor. (CHizmachilik uchburchagini uning to’g’ri burchagini, to’g’rimas burchagini ko’rsatadi). Uchburchakning uchini ko’rsating. Uchburchakning to’g’ri burchagi oldidagi uchini ko’rsating. SHunday uchburchak yordamida berilgan burchak qanday ekanini, ya`ni to’g’ri burchak yoki to’g’rimas burchak ekanini bilamiz. Bu uchburchak yordamida berilgan burchak qanday ekanini bilib olamiz; berilgan burchakning uchini uchburchakning uchi bilan ustma-ust tushiramiz, uchburchakning tomonini burchak tomoni bilan ustma-ust tushiramiz, burchakning ikkinchi tomoni to’g’ri burchakning tomoni bilan ustma-ust tushadimi yoki yo’qmi? U joylashdi, demak, burchak to’g’ri burchak. Agar ustma-ust tushmasa, u holda burcha to’g’ri burchak bo’lmaydi.

Doskada chizilgan har bir burchak shunday tekshiriladi, doskaga chiqarilgan o’quvchilar ishlashadi.

2. Bolalar o’z uchburchaklaridan foydalanib, darslikdagi to’g’ri va to’g’rimas burchaklarni aniqlashadi (29-mashq).



O’tilgan material ustida ishlash.

1. Masalalar echish.

1) 28-masala. Bolalar rasm bo’yicha masala tuzishadi: «Qutichada bir necha jo’ja bor edi. qutichadan 6 ta jo’ja chiqib? Donlay boshladi. Qutichada 3 ta jo’ja qoldi. Dastlab qutichada nechta jo’ja bor edi?»

Bolalar masalani rasm bo’yicha qanday echishni topishadi. (Qo’shish kerak.) Doskada echish sxemasini yozasiz:  – 6 = 3. «Siz qo’shish kerak deyapsiz. Men esa boshqacha yozdim. Men nega bunday yozganimni kim tushuntirib bera oladi?» Bolalar yozuv to’g’ri degan xulosaga kelishadi, u rasmdan kelib chiqadi.

Bu erda kamayuvchi noma`lumligini aniqlashadi. Uni topish uchun esa ayiriluvchiga ayirmani qo’shish lozim.

2) 31 (1-2) masalalarni bolalar sharhlab echishadi.



Darslikdagi mashqlarni o’quvchilar mustaqil holda bajaradilar.

To’g’ri burchak

To’g’ri burchaklarni toping.



30. 70 + 0 17 + 83 70 – 32 90 – 24 40 – 20

74 + 26 19 + 41 80 – 28 50 – 17 30 – 15

31. 1) Lolada 10 ta she`riy kitob va 6 ta rasm kitob bor. Lolaning hammasi bo’lib nechta kitobi bor?

2) Lolaning 16 ta kitobi bor edi. u 10 ta kitobini dugonasiga sovg’a qildi. Lolaning nechta kitobi qoldi?

32. 49 + 1 – 7 0 + 25 + 45 75 + (9 – 6)

27 + 3 – 4 8 + 52 – 0 42 + (12 + 5)

33. Masalalarni taqqoslang va eching:

1) Gulzorda 5 ta gul ochilib turgan edi. SHuhrat 3 ta gulni uzdi. Gulzorda nechta gul qoldi?

2) Gulzorda gullar ochilib turibdi. SHuhrat oq gul 5 ta, keyin yana 3 ta gul uzdi. SHuhrat hammasi bo’lib nechta gul uzdi?



6-dars (№ 34-39).

To’g’ri va to’g’rimas burchaklar. Takrorlash: yig’indi yoki ayirmani topishga doir, noma`lum kamayuvchini topishga doir sodda masalalar. O’rganilgan turdagi misollarni echish.

YAngi material ustida ishlash.

1. CHizmachilik uchburchagini ko’rsatasiz va u yordamida qanday burchaklar to’g’ri burchak, qanday burchaklar to’g’rimas burchak ekanligin bilish mumkinligini aytasiz. Doskaga dars boshlanishidan oldin bir necha burchak chizib qo’yasiz. CHizmachilik uchburchagidan qanday foydalanishni ko’rsatib berasiz.

Agar o’quvchining chizmachilik uchburchagini topish imkoniyati bo’lmasa, u bir varaq qog’ozni olib, uni to’g’ri chiziq bo’ylab buklasin va shu chiziq bo’yicha yana bir marta buklasin. To’g’ri burchak hosil bo’ladi, undan to’g’ri va to’g’rimas burchaklarni aniqlashda foydalanish mumkin.

3. Bolalar 34-mashqda berilgan to’g’ri burchaklarni aniqlaydilar.



O’tilgan material ustida ishlash.

Bu ish oldingi darsdagi kabi o’tkaziladi.



7-dars (№ 40-44).

To’g’ri to’rtburchak. O’rganilgan turdagi misol va masalalar.

YAngi material ustida ishlash.

1. To’g’ri to’rtburchak bilan tanishish.



Rangli qog’ozdan bir nechta to’rtburchak qirqib, doskaga mahkamlaysiz (ular orasida 2-3 ta to’g’ri to’rtburchak, qolganlari esa birida – bitta to’g’ri burchak, ikkinchisida – ikkita to’g’ri burchak, uchinchisida – bitta ham to’g’ri burchagi bo’lmagan to’rtburchaklar bo’lsin (6-rasm).

O’quvchilar go’niya yordamida qaysi to’rtburchaklarda to’g’ri burchaklar borligini aniqlashlari kerak. bunday ishlar natijasida ular to’rtburchaklarda bitta to’g’ri burchak, ikkita to’g’ri burchak bo’lishini yoki to’rtala burchagi to’g’ri burchak bo’lishini ko’radilar. Hamma burchagi to’g’ri burchak bo’lgan to’rtburchak to’g’ri to’g’ri to’rtburchak deb, qolgan shakllar esa to’rtburchaklar deb atalishini aytasiz.

2. Darslikdagi rasmga qarab (10-bet), bolalar to’g’ri to’rtburchaklarni topadilar (to’g’ri to’rtburchakni go’niya bilan tekshiradilar), to’g’ri to’rtburchaklar qolgan to’rtburchaklardan nima bilan farq qilishini tushuntiradilar.

3. 41-mashq. O’quvchilar to’g’ri to’rtburchaklarning tartib raqamini mustaqil aniqlaydilar va yozadilar.



To’g’ri to’rtubrchak

Har qaysi ko’pburchakdagi to’g’ri burchaklarni toping:

Bu to’rtburchaklarning hamma burchaklari to’g’ri burchak:


Bular to’g’ri to’rtburchaklar:

Hamma burchaklari to’g’ri burchak bo’lgan to’rtburchak to’g’ri to’rtburchak deyiladi.

To’g’ri to’rtburchak boshqa to’rtburchaklardan nimasi bilan farq qiladi?

O’quvchilar mustaqil holda bajaradilar: to’g’ri to’rtburchaklarni toping va ularning tartib raqamlarini yozing:



8-dars (№ 45-50).
2.2. Uchinchi sinfda amaliy mashqlar echish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
3-sinf matematikasini o’rganish 170 soat darsga mo’ljallangan bo’lib, o’quvchilar ikkinchi sinfda o’tilganlarni takrorlash, bunda yuzlik ichida amallar (qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish) bajaradi. SHundan so’ngra minglik, 1000 ichida qo’shish va ayirish, 1000 ichida ko’paytirish va bo’lish bo’yicha amaliy mashqlar bajariladi, bu amaliy mashqlarni bajarishda o’quvchilar o’ylaydi, fikrlaydi, bajarish yo’llarini izlaydi, bu esa o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’sishiga olib keladi.

Bu kurs 3-sinf matematikasini o’rganishda interfaol usullardan foydalangan holdagi dars ishlanmasini qaraymiz.



O’YLAYMIZ, IZLAYMIZ, FIKRLAYMIZ

(3-sinflar uchun mujassam mashg’ulot)

Mavzu: «Bilimlar kuni».

Maqsad: a) Matematika darsini Mustaqilligimizning 20 yilligi, Bilimlar kuni va Toshkentning 2200 yillik yubilyeyi tantanalari ruhida boshlash, ular tarixiga oid tushunchalar berish;

b) 2-sinfda otilganlarni takrorlash, olingan bilimlarni umumlashtirish;

s) ikki xonali, uch xonali sonlarni qo’shish va ayirish malakasini mustahkamlash;

Jihoz: Mustaqillik ayyomi tantanalari, Bilimlar kuni, Toshkent haqidagi chiroyli rasmlar, video, dars uchun zarur bcflgan sabzavotlar va mehnat qurollari rasmi, geometrik shakllar tasviri hamda didaktik-tarqatma materiallar,

Darsning borishi:

O’quvchilarning darsga tayyorligini kuzatish.

Navbatchi hisobotini eshitish.

O’qituvchi: - Aziz bolajonlar, hozir nima dars?

– Matematika darsi.

– Mana, bugun bilasiz-a, qanday kun? Juda to’g’ri, bugun – Bilimlar kuni. Respublikamizning barcha ilm maskanlarida o’quv mashg’ulotlari sari birinchi qo’ng’iroq bong urgan kun. Birinchi dars Respublikamiz Madhiyasini kuylash, Mustaqillik yillarida olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar haqida suhbatlashish bilan boshianadi. Bu yilgi mustaqillik darslari Toshkent shahrining 2200 yillik yubilyey tantanalari haqidagi suhbatlar bilan hamohang bo’ib ketadi. Chunki kuni kecha bu shodiyonalarni ishonchim komilki, o’zingiz ko’rib, guvohi bo’ldingiz, televizor orqali tomosha qildingiz.

Aziz bolajonlar, ana shunday olam-olam taassurotlar bilan sizlar yana bir sinfga ulg’ayib, jonajon maktabingizga, undan-da qadrli sinfxonangizga kirib keldingiz.

Darhaqiqat, sentabr oyi bilimlar, bayramlar oyi. Endi shunday tantanalardan keyin zo’r kayfiyat bilan darsimizni boshlaymiz.

Mana bu – tarqatmalar. Bu tarqatmalarda sizlarning bilimlaringizni boyituvchi turli topshiriqlar aks etgan. Marhamat, bolajonlar, barchamiz baravar o’ylaymiz va izlaymiz, fikrlaymiz, topamiz. Qani, bir eslab ko’raylik-chi, arifmetik amallar haqida qanday qoida mavjud ekan?

- «...Ta ortiq», bu – qo’shish, «...ta kam» esa - ayirish, «...marta ko’p», bu - ko’paytirish, «...marta kam» esa - bo’lish.

Darslik bilan ishlash:

- Darsligimizning 3-4-5-sahifalarida o’rganishimiz muhim bo’lgan topshiriqlar berilgan. Qani, bir eslab ko’raylik-chi, Davlat ta’lim standard ya’ni, DTS nima edi?

O’quvchi: - Davlat ta’lim standarti Davlatimiz tomonidan belgilab qo’yilgan, egallashimiz muhim bo’lgan bilimlar hajmi o’lchovidir.

- Barakalla.

1-mashq mustaqil yechiladi.

100 =10 + 90 100 = 60 + 40

100 = 20 + 80 100 = 100 + 0

100 = 30 + 70 100 = 80 + 20

100 = 40 + 60 100 = 90 + 10

100 = 50 + 50 100 = 70 + 30

2-rasmga qarang va masalalar tuzing.

1) Bitta tarvuz 60 so’m va bitta karam 40 so’m turadi. Xaridor xarid uchun qancha pul to’lagan?

60 + 40 = 100 (so’m)

Javobi. 100 so’m to’lagan.

2) Tarvuz narxi 60 so’m, oshqovoq narxi esa 50 so’m. Tarvuz necha so’m qimmat yoki oshqovoq necha so’m arzon turadi?

60 - 50 = 10 (so’m)

Javob: tarvuz 10 so’m qimmat, oshqovoq 10 so’m arzon.

3) Xadicha xola 40 so’mga bitta karam va 50 so’mga bitta oshqovoq sotib oldi. U xaridi uchun necha so’m to’lagan?

40 + 50 = 90 (so’m)

Javob: 90 so’m to’lagan.

4) Rasmga qarab masala tuzing va yeching.

Bor edi - 10 kg bodring

Ishlatildi - 2 kg va 4 kg bodring

Qoldi - ?, (kg) bodring

a) 2 + 4 = 6 (kg)

b) 10 - (2+ 4) =10 - 6 = 4 (kg) 10 - 6 = 4 (kg)

Javob: 4 kilogramm bodring qoldi.

5) 1-kesma uzunligi 5 sm 2-kesma -?,

undan 4 sm uzun 3-kesma - ?, ikkinchi kesmadan 6 sm qisqa;

1) 5 + 4 = 9 (sm)

2) (5+4) -6 = 9-6 = 3 (sm)



Javob: Uchinchi kesmaning uzunligi 3 santimetr.

6) Chumchuq - 14 ta Kaptar -10 ta

Uchib ketdi – 20 ta Qoldi - ?

a) 14+10=24 (ta)

b) (14+10)-20=24-20=4 (ta) 24-20=4 (ta)

Javob: 4 ta qush qoldi.

7) Har bir ko’pburchakning nomini ayting. To’rtburchaklar nechta?


1. Oltiburchak;

2. Uchburchak;

3. To’rtburchak;

4. Uchburchak;

5. To’rtburchak;

6. To’rtburchak;

7. Oltiburchak.

To’rtburchaklar 3 ta. 7-masala (yozma bajariladi).

O’qituvchi: - Bolalar, bu masala necha qismdan iborat?

O’quvchilar: - Ikki qismdan.

O’qituvchi: - Masalalar nima haqda ekan?

Bir o’quvchi:

- Mehnat qurollari, ya’ni, qo’larra va randalarni sotib olish haqida.

O’qituvchi: - Judayam to’g’ri. Bolalar, mehnat haqida qanday maqollarni bilasiz?

l-o’quvchi: - Mehnat qilsang – rohat ko’rasan.

2-o’quvchi: - Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik.

3-o’quvchi: - Mehnat – baxt keltirar.

O’qituvchi: - Barakalla, bolalar.

Endi 1-masala shartini shunday izohlaymiz.

Qo’larra -15 ta

Randa - 30 ta

15 + 30 = 45 (ta)

Javob: Hammasi 45 ta.

2) Qo’larra - 5 ta

Randa - ?, 3 ta kam

a) 5 - 3 = 2 (ta)

b) 5 + (5-3) = 5 + 2 = 7 (ta) 5 + 2 = 7 (ta)

Javob: 7 ta asbob olingan.

8-masala. Masala sharti o’qituvchi tomonidan o’qib eshittiriladi.

Olma ko’chati - 20 tup

Xurmo ko’chati - 30 tup

Jiyda - ? (tup)

a) 20 + 30 = 50 (ta) 60 - 50 = 10 (ta)

b) 60 - (20 + 30) = 60 - 50 =10 (ta)

Javob: 10 tup jiyda ko’chati.

9-mashq. Ikki amalli ifodalar yechimi topiladi.

O’quvchilarni 3 guruhga ajratib, 2 daqiqalik mustaqil ish o’tkaziladi. Yechimni to’g’ri topgan o’quvchilar «bayram tabrigi» bilan rag’batlantiriladi, buni o’quvchilar o’z nutqida ifoda etishlari shart. Masalan:

Mahliyo: - Sohiba, bayram muborak, omad senga yor bo’lsin!

Sohiba: - Hilola, rahmat, to’g’ri yechding, Bilimlar kuni bayraming qutlug’ bo’lsin!

Shavkat: - Anvar, doim a’lochi bo’l! Biz sen bilan faxrlanamiz. Bayraming va yutuqlaring bilan tabriklayman!

Dam olish daqiqasi o’tkaziladi:

Men raqamman, raqamman,

Xat-savod o’rgataman,

Hisob sehrin bilsangiz,

Kitob mehrin sezsangiz,

Komil inson bo’lgaysiz!

Yurtga posbon bo’lgaysiz!

O’qituvchi ifodalar yechimiga izoh beradi.

1-guruh:

20 + 10 + 30 = 30 + 30 = 60.

70 - 20 - 20 = 50 - 20 = 30.

2-guruh:


60 - (10 + 40) = 60 - 50 = 10.

60 -10 - 40 = 50 - 40 = 10.

3-guruh:

80 - 60 + 10 = 20 + 10 = 30.

80 - (60 + 10) = 80 - 70 = 10.

10-misol. Mantiqiy topshiriq:

30 + 20 = 50.

Yig’indi – 50.

1-qo’shiluvchi 30 dan nechta ortiq?

50 - 30 = 20 (ta ortiq)

2-qo’shiluvchidan-chi?

50 - 20 = 30 (ta ortiq).

O’qituvchi: - Nima uchun? (izoh talab qilinadi).

- Agar yig’ndidan 1-qo’shiluvchi ayirilsa, 2-qo’shiluvchi; yig’indidan 2-qo’shiluvchi ayirilsa - l-qo’shiluvchi hosil bo’ladi.

Uyga vazifa: 11-12-mashqlar.

O’qituvchi: - Aziz bolajonlar, bugungi mashg’ulotimiz mazmunli va qiziqarli, munozaraga boy tarzda o’tdi. Istiqlol yillaridagi, ayniqsa, «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili»dagi bunyodkorlik ishlari haqida gaplashdik, jonajon Respublikamiz poytaxti Toshkentning 2200 yilligi tarixiga bir qur nazar tashladik va Bilimlar kuni xursandchilikiari haqida suhbatlashdik. 2-sinfda o’tilganlarni bir yodga olib, matematik bilimlarimizni mustahkamladik. Faol ishtirokingiz uchun barchangizga tashakkur bildiraman.

Uchinchi sinf matematikasini o’rganishda noa`nanaviy ta`lim metodlaridan foydalanish dars jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars o’tish, o’quvchilarga ko’proq mustaqillik berish, ularni fikrlashga, fikrlash qobiliyatlarini o’sishiga olib keladi. Quyida biz shu aytilganlarga asoslangan bir soatlik dars ishlanmasini tavsiya etamiz.



Darsning mavzusi: 944-945-misol va masalalar.

Darsning maqsadi: uch xonali sonlarni bir xonali songa bo’lish, bo’lishni ko’paytirish orqali tekshirish, o’rganilgan turdagi misollar yechish, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatisn, ularda do’stlik, o’rtoqlik, hamjihatlik sifatlarini tarbiyalash.

Darsning uslubi: tushuntirish, savol-javob, musobaqa-o’yin, mustaqil ishlash.

Darsning jihozi: quvnoq boshqotirmalar, sirli sandiqcha, darslik, alifbo jadvali, matematik rebus, test topshiriqlari.

Darsning borishi:

dars o’z shiori bilan boshlanadi.

Nimaiki qilsang tilak,

Bariga o’qish kerak.



Tashkiliy qism:

a) O’quvchilar o’zlarini tanishtiradilar.

– Biz buyuk yurt osmonida go’zal kamalak,

Barkamol avlod bo’lmoq eng ezgu niyat.

Bolalar bilan turli mavzularda savol-javob qilinadi.

- Ona Vatanimiz?

- Mustaqil O’zbekiston.

- Tug’ilgan yerimiz?

- Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumani.

- O’qiydigan maskanimiz?

- 75-maktab.

- Sinfimiz?

- 3-«v» sinf.

- Sinfimizdagi bolalar soni?

- 29 nafar,

- Hozirgi darsimiz?

- Matematika.

- Guruh sardorlari, endi navbat sizlarga. Guruhingiz haqida qisqacha axborot bering.

«Nihol» va «Tinchlik» guruhi sardorlari o’zlarining guruhi haqida axborot berishdi.

b) Berilgan sonlarni doira ichiga shunday joylashtiringki, uchburchakning tomonlaridagi sonlar yig’indisi 200 ga teng bo’lsin.



v) Dars rejasi bayon qilinadi.

Uy vazifalari tekshirilib, daftarlar almashtiriladi.

Aqlni charxlash mashqi.

Bunda har bir guruh uchun tayyorlab qo’yilgan bobo tasvirlangan rasmlar tarqatiladi. Rasmda aks etgan raqamlar osida boboning yoshi aniqlanadi. Tez hisoblagan guruh g’olib bo’ladi.

Yangi mavzu bayoni:




x

Tushuntirish:

– Avval yuzliklarni bo’lamiz. 7 ta yuzlikni bo’lamiz: 7:2 = 3 (yuzlik) - bo’linmada. So’ngra 3 ni 2 ga ko’paytiramiz. 3x2 = 6 yuzlik hosil bo’ldi. Ayiramiz: 7-6=1 (yuzlik). Endi o’nliklarni bo’lamiz: 1 yuzlik va 6 o’nlik 16 o’nlikka teng. Uni 2 ga bo’lamiz: 16:2=8 (o’nlik) - bo’linmada. Ko’paytiramiz: 8x2=16 (o’nlik). Ayiramiz: 16-16=0. Birliklarni bo’lamiz: ular 4 ta. Bo’lamiz: 4:2 = 2 (birlik) -bo’linmada. Ayiramiz: 4-4 = 0.

Bo’linmani o’qiymiz: bolinma 382 ga teng.

Guruhlar bellashuvi

944-misol.

724 : 4 =

876 : 3 =

945-misol.

726 : 2 =

968 : 4 =

756 : 3 =

Bo’lish ko’paytirish bilan tekshiriladi. «Sirli sandiqcha» 946-misol. «Sirli sandiqcha»da yashiringan misollar guruhlar tomonidan yechiladi.

Taqqoslash mashqlari:

947-misol

a ∙ 8 < 39 a : 7 > 6

100 - a > 46 3 ∙ 8 < 39

56 : 7 > 6 100 - 12 > 46

Zukkolar boshqotirmasi

l. Duradgor asbobi.

2. Sinfxona jihozi.

3. O’quv quroli.

4. Yaxshilikka yetaklaydi.

5. Bahorda ochiladi.

Kalit so’z yordamida boshqotirmani yechish kerakligi aytiladi.

Boshqotirmani yechishni guruh sardorlarining o’zlari bajaradilar.


Q

A









P









R









E









L









aysi guruh sardori birinchi bo’lib boshqotirmani yechsa, o’sha guruh g’olib chiqadi.


Uyga vazifa:

948-misol, 949-masalani yechish.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling