49. Mavzu: Vaqt
Darsning maqsadi:
– vaqt birliklarini ayirishga doir misol va masalalar echish ko’nikmasini mustahkamlash;
– vaqt birliklaridan birini boshqasi orqali ifoda eta olish ko’nikmasini rivojlantirish.
Tashkiliy qism.
Darsga hozirlik ko’rish.
Darsning maqsadi aytib o’tiladi.
Dars tafsilotlari.
Darslikdagi misol va masalalarni echish bo’yicha sharhlar:
2. O’quvilar doskada navbat bilan bajaradilar:
a) 1 soat 10 min – 15 min = 70 min – 15 min = 55 min;
b) 1 soat 20 min – 35 min = 80 min – 35 min = 45 min;
d) 1 soat 14 min – 26 min = 74 min – 26 min = 48 min.
3. Namunadagi misollarning echilishi eslatib o’tiladi.
Doskada bir o’quvchi mustaqil bajaradi.
Umidning ota-onasi bir oyda 142 500 + 118 240 = 260 740 so’m daromad qiladi.
Mustaqil ish qilib beriladi.
9 : 10, chunki qolgan vaqtlar 20 minutga farq qiladi.
Xohlovchi o’quvchilar doskaga bajaradilar.
(130 502 – 72 744): 2 + 29 357 = 47 758 : 2 + 29 537 = 23 879 + 29 537 = 53 236
156008 + (50 409 – 24 389) ∙ 2 = 156 008 + 2 ∙ 26 020 = 156 008 + 52 040 = 208048
Darsni yakunlash va baholash.
Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa: 7- misol va 8-masala.
Amallarni bajaring va natijani to’g’riligini tekshiring.
Sayohatchi 2 soat yo’l yurdi. U bu vaqtning 16 minutini daryodan o’tish uchun, qolgan qismini esa qirdan oshish uchun sarfladi. U qirdan oshish uchun qancha vaqt sarflagan?
Uy vazifasini bajarishda o’quvchi masalani echish uchun matematik ifoda tuzadi, ifodani hisoblashda mantiqan o’ylaydi, fikrlaydi, so’ngra bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |