Psixologik pauza. Muallifning matnida yashiringan kuchli hishayajonini psixologik pauza orqali ifodalash mumkin. Psixologik pauza o'quvchi va notiq nutqiga jonlilik kiritib, asarning ta'sirchanligini oshiradi. Psixologik pauza ikki chiziq bilan belgilanadi. Badiiy asarlarning o'xshatish, sifatlash, mubolag'a, istiora va boshqa tasviriy ifoda vositalari qo'llangan o'rinlarda ham muhimdir.
Intonasiya haqida umumiy ma'lumot. Ma'lumki, nutq tafakkur mahsulidir. Kishi fikri yoki maqsadini ikkinchi bir kishiga so'zlar vositasida yetkazib, o'zaro fikr almashadi, aloqada bo'ladi va kayfiyatini ifoda etadi. Fikr – tuyg'ular, maqsad-intilishlar, his-hayajonlar boshqalarga ovoz tovlanishi orqali ham yetib boradi. Muayyan istak, niyat-intilish, haakat natijasida yuzaga keluvchi ana shu ovoz tovlanishlariga intonasiya deyiladi. Ifodali o'qish jarayonida intonasiyaning ahamiyati katta. Badiiy asarda intonasiya orqali qahramonlarning turli kayfiyati, ichik kechinmasi ifodalanadi. Ayniqsa, poetik asarlarning ritmik ohangdorligini tinglovchiga yetkazishda intonasiya katta rol o'ynaydi. Intonasiyaning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ta'kidlanganidek u asar mazmuni, avtor maqsadi, fikr-tuyg'usi hamda kayfiyatidan tabiiy ravishda kelib chiqadi. Badiiy asarlarni ifodali o'qishda nutq san'atining ahamiyati. Tinglovchiga asarning g'oyaviy mazmunini, muallifning hayot haqidagi fikr-mulohazalarini, qahramonlarning ichki hissiyotlarini yetkazish ifodali o'qish oldiga qo'yiladigan asosiy vazifadir. Shu maqsadda har bir talaba ifodali o'qishning o'ziga xos xususiyatlarini mukammal o'rganishi kerak. Uni puxta o'zlashtirgan kishining nutqi ravon, shirali bo'lib, o'z fikrini tinglovchilarga to'g'ri va izchil yetkaza oladi. To'g'ri, badiiy asarlarning hammasi ham bir xilda o'qilavermaydi. Har qanday asarni ifodali o'qish uning janr xususiyatlari va kompozision tuzilishiga ko'ra belgilanadi. O'qituvchi asarni ifodali o'qisha kirishishdan oldin uning g'oyaviy mazmunini, obrazlar tizimini va badiiy xususiyatlarini chuqur o'rganishi lozim. She'riy asarlarni ifodali o'qishning o'ziga xos xususiyatlari o'qiladigan asarning janri, ritmi, qofiyalanish tartibi va band qurilishiga bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |