2-amaliy ish. O’zbek she’riyati namunalaridan ifodali o’qish.
3-amaliy masshg’ulot. Epik ijodda nutq va mutolaa masalasi.
Reja:
Epik ijod namunalarining mutolaa san’ati bilan mushtarak holatda yashashi qonuniyligi. Mutolaa jarayonida notiqlikka xos marom, ohang, urg‘u, talaffuz va ifodaning muhim retseptiv vazifa bajarishi.
Epik ijodda ham nutqning obrazlar, personajlar, ifoda shakllari, pafos bilan bog‘liq ko‘rinishlari uchrashi.
1-amaliy ish. Savol va topshiriqlar:
"Badiiy nutq stilistikasi" nomli kitob muallifini aniqlang.
"Yozuvchi faqat qahramonning tilidagini yozmay, uni ichidan ham gapirtira bilishi kerak. Chunki ichidan gapirtirilgandagina, qahramonning ichki olami ochiladi. Qahramonning ichki olamini, ichidagi bo’lgan ohangni, ichki dardni yozuvchi o’z tili bilan olib chiqadi" Ushbu fikrlar muallifini aniqlang.
Ma’lum vоqеlik haqida tasavur (Ma’lumоt) bеradigan bir yoki bir nеcha sintaktik birliklaardan tashkil tоpgan nutqiy butunlik ... hisоblanadi.
Matn оg’zaki va yozma nutqqa хоs bo’lishidan qat’i nazar ikki хil ko’rinishda bo’ladi. Bular qaysi?
Dialogik nutq shakli haqida so’zlang.
2-amaliy ish. Dialogik matnlar yaratish.
4-amaliy mashg’ulot. Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi
Reja:
1.Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi bir nechta bosqichlardan iborat ekanligi. Birinchi bosqichning psixologik funksiyaga yo‘naltirilishi.
Bunda jum la va so‘zning psixologik ta’sir kuchiga ega bo‘lishi.
2.Ikkinchidan, ayni matn bo‘laklarining semantik-struktural vazifalami bajarilishi.
3.Uchinchidan, obraz mohiyatini ochishda va tushunib yetishda jumla, so‘z va tovushning zarur retseptiv kompnetnt vazifasini bajarishi.
1-amaliy ish. Savol va topshiriqlar:
Koʻpchilik, afsuski, kitob oʻqishni bilmaydi va koʻp kishilar nima uchun oʻqiyotganini tuzukroq tushunib ham yetmaydilar. Baʼzilar buni savodli boʻlishning qiyin, biroq yagona yoʻli, deb biladi. Ularning fikricha, har qanday kitob kishini “oʻqimishli” qila oladi. Boshqa birovlar uchun esa oʻqish, bu – dam olish, shunchaki vaqtni oʻtkazish va ularga nimani (maqola, roman, sheʼr, xabar va hokazo) oʻqish baribir, zerikarli boʻlmasa bas. Shunchaki dam olish, vaqt oʻtkazishni istagan va “oʻqimishli” boʻlish haqidagina qaygʻuradigan oʻquvchi kitobdagi dilni poklovchi, kishini ruhlantiruvchi qandaydir nomaʼlum bir kuchni sezadi. Biroq bu kuchni u aniq tasavvur etolmaydi va baholay ham olmaydi. Bunday kitobxon tibbiyotdan mutlaqo bexabar bemorga oʻxshaydi, yaʼni aynan qaysi dori kerakligini anglamasdan, har bir qutichadagidan tatib koʻra boshlaydi. Aslida, mutolaa borasida ham har bir kishi oʻzi uchun zarur, yangi kuch hamda ruhiy taʼsir baxsh eta oladigan kitoblarnigina topa bilishi maqbul emasmikin? Ushbu fikrlar muallifini aniqlang.
2-amaliy ish. Kitobxonlik tanlovini tashkil etish.
Ilovalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |