Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish fakulteti boshlang’ich ta’lim kafedrasi
-amaliy mashg’ulot. Matnni ifodali o’qish, hikoya qilish va qayta hikoyalash
Download 0.86 Mb.
|
Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish fakulteti boshlang’i
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollarga javob yozing. Topshiriq
- Ilovalar: Matnni ifodali o’qish, hikoya qilish va qayta hikoyalash Reja: Matnni ifodali o’qish.
5-amaliy mashg’ulot. Matnni ifodali o’qish, hikoya qilish va qayta hikoyalash
Reja: Matnni ifodali o’qish. Hikoya qilish (og’zaki va yozma bayon). Qayta hikoyalash. Savol va topshiriqlar: Ifodali o’qish darslarining asosini nima tashkil qiladi? Namunaviy matn qanday shaklda hikoya qilinadi? Ikkinchi sinfda nechta so’zli matn tanlanadi? Uchinchi sinfda nechta so’zli matn tanlanadi? To’rtinchi sinfda nechta so’zli matn tanlanadi? Bayonning ahamiyatini sanab bering. Bayonning mavzularini sanab bering. Qayta hikoyalashda maxsus tayyorgarlikda qanday talablarga rioya qilinadi? Tanlab hikoyalash turlari sanang. Savollarga javob yozing. Topshiriq: Hamid Olimjon she’rlaridan birini tanlab ifodali o’qing va audioyozuvni platformaga yoki telegramga joylang. Zulfiya she’rlaridan birini tanlab ifodali o’qing va audioyozuvni platformaga yoki telegramga joylang Ilovalar: Matnni ifodali o’qish, hikoya qilish va qayta hikoyalash Reja: Matnni ifodali o’qish. Hikoya qilish (og’zaki va yozma bayon). Qayta hikoyalash. Umuman, badiiy asarlardagi matnni o’rganish avvalambor uni to’g’ri o’qish bilan boshlanadi. Badiiy asarlarni to’g’ri o’qish ifodali o’qish darslarining asosini tashkil qiladi. O’quvchilar badiiy asarlarni yoki ulardan olingan parchalarni to’g’ri ifodali o’qisalar, ularning ko’z oldilarida alohida yangi manzaralar, hodisa va voqealar namoyon bo’ladi. Matnni to’g’ri o’qishning asosiy yo’llaridan biri, avval matn bilan tanishib chiqish zaruriyatini tug’diradi. O’quvchi matnni bir marta ichda o’qib, notanish so’zlarni aniqlab olgach, so’ngra matnni ovoz chiqarib ifodali o’qishga kirishsa qo’yilgan maqsadga tezroq erishiladi. Bundan tashqari, badiiy matnni o’qib, uni og’zaki hikoya qilib berish, asar mazmunini to’la tushunishga olib keladi. Asar mazmunini to’la tushungan o’quvchi, matnni to’g’ri, ifodali o’qishi mumkin. Ifodali o’qish bilan qayta ijodiy hikoyalash bir-biriga juda yaqin turadi. Biror bir badiiy asarni yoki undan olingan parchani ifodali o’qigan vaqtida o’quvchi-talaba iloji boricha muallifning fikriga yaqinlashtirib so’zlab berishga, yozuvchining uslubini, matnning sujet chizig’ini va kompozitsiyasini saqlashga harakat qiladi. U tinglovchilarning asar mazmunini yaxshiroq tushunishlariga, undan ta’sirlanishlariga erishish uchun ifodali o’qish vositalaridan biri bo’lgan intonatsiyadan mimika va imo-ishoralardan foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Namunaviy matn og‘zaki va yozma hikoya qilinadi. Bayon yozishga tayyorgarlik o‘qish darslarida o‘qilgan asar matnnini qayta hikoyalash, savollarga javob berish, rejatuzish, reja asosida qayta hikoyalash jarayonida boshlanadi. Ona tili darslarida mashq ishlash jarayonida tayyorgarlik yozma shalda oshiriladi. Har qanday qayta hikoyalash asosida bayon yozish mumkin. Bayon bu kichik hajmdagi tuzilishi sodda matn tanlanadi. Keyin u murakkablashtirilib boriladi. Hikoya shaklidagi matnda asta-sekin tasvir muhokama elementlari bor matn tanlanadi. Qatnashuvchilari soni ko‘paytirib boriladi. Bayon asta-sekin ijodiy xarakter kasb etib boradi. Boshlang‘ich sinf dasturiga ikkinchi sinfda o‘ttiz bir so‘zli matn tanlanadi. So‘roqlar yordamida bayonlar yoziladi. Uchinchi sinfda qirq oltmish so‘zli matn to‘rtinchi 70-90 so‘zli mustaqil tuzilgan reja asosida bayon yoziladi. Bayonning ahamiyati: - bolalarda adabiy nutq to‘g‘ri shakllanadi - nutq madaniyati egallanadi - badiiy uslub singdiriladi - badiiy tilga sezgirlik oshiriladi Bayonning mavzulari: - kishilarning hayoti, mehnati, yutuqlari ifodalangan matn - tabiat bilan bog‘langan matn - fan-texnika madaniyat yutuqlarga oid matn Bayon mavzusi o‘quvchilarni bilimini kengaytiradi. Dunyo qarashini shakllantiradi. Qayta hikoyalashda til materiallaridan nutq aborotlaridan sintaktik qurilishdan foydalani olish zarur. Qayta hikoyalashda maxsus tayyorgarlikda quyidagi talablarga rioya qilinadi. 1) Qayta hikoyalash turi haqida o‘quvchilarni ogohlantiradi. Matnga yaqinlashtirilib, tanlab, qisqartirilib, ijodiy qayta hikoyalanadi. 2) Suhbat, mtn mazmuni tahlil qilinadi. Tili oborotlari gaplari aniqlanadi 3) Qayta hikoyalanishni puxtalash uchun ifodali o‘qish. 4) Matnni kompozitsiyali qismlarga bo‘lish sarlavha, reja tuzish. 5) Matnni qayta hikoyalash kamchiliklarni tuzatish. 6) Qayta hikoyalashni bolalar hayoti bilan bog‘lash. To‘liq qayta hikoyalash uchun hikoya tanlanadi. Boshlang‘ich sinflarda ko‘p o‘tkaziladi. Bir kishining hikoya tarzidagi matn bo‘ladi. Matnda keyinchalik qahramonlarni tabiat tasvirini muhokama elementlarini bo‘lishi zarur. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling