Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish fakulteti boshlang’ich ta’lim kafedrasi


Download 0.86 Mb.
bet19/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1583424
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish fakulteti boshlang’i

Qayta hikoyalash uchun tuzilgan savollar har bir gapga qaratilmasdan umumlashtiruvchi xarakterda bo‘lishi kerak.
To‘liq bayonga tayyorgarlik: 2-sinf ona tili: 49,57,147,146,172,187 mashqlar. 
To‘liq bayonda uchraydigan kamchiliklar: 
a) hikoyani to‘g‘r boshlashni bilmaslik 
172 mashq. O‘ktam qizchani suvdan qutqarib oldi. (davom ettirishning endi iloji yo‘q) 
b) Matn mazmunini davom ettira olmaslik: 
v) Tushunmasdan noto‘g‘ri bayon qilish 
g) Bayon qilishda til kambag‘illigi 
Bu kamchiliklarni yo‘qotish uchun: 
a) Matnni qismlarga bo‘lish 
b) Qismlarga sarlavha topish
v) Reja tuzish 
g) Reja asosida qayta hikoyalash 
Til kambag‘al bo‘lmasligi uchun til materiallari ustida ishlash. Bayon yozish quyidagicha uyushtiriladi. 
1) Bolalarga bir ikki marta o‘qib beriladi. 
2) Suhbat: qislarga bo‘lish, mazmuniy bog‘lanishlarni aniqlab reja tuzish. 
3) Lug‘at ishi (so‘z ma’nosi va imlosi) 
4) Muhim til birliklariga diqqat qilish. 
5) Gaplar tuzdirish. 
6) Qayta hikoyalash. 
7) yozish. 
Tanlab qayta hikoyalash matnning tor mavzusi, kichikroq so‘roqqa oid qism tanlanadi. 
Masalan: o‘qilgan matndagi qahramonlarning ko‘rinishi, ikki qahramonning to‘qnashuvi, tabiat 
tasviri tanlanadi. 
Tanlab hikoyalash turlari: 
1) qahramonning tashqi ko‘rinishini tanlab qayta hikoyalash, masalan, Odinaning qo‘y 
boqib kelgandan so‘ng boyning uni jazolashi; 
2) tabiat tasvir. Matnning bir qismini unga chizilgan rasm asosida qayta hikoyalash
3) O‘qituvchining topshirig‘i bilan hikoyaning bir epizodini qayta hikoyalash; 
4) Berilgan mavzua asarning turli o‘rinlaridan parchalar olib qayta hikoyalash. 
5) Qisqartirib qayta hikoyalashda quyidagi savollardan foydalaniladi: 
6) Har bir qimni bir gap bilan aytish, 1-qismdan asosiy gap qaysi? 
7) Ijodiy qayta hikoyalashning bir necha turi bor: 
1) shaxsni o‘zgartirib qayta hikoyalash va bayon
2) hikoyadagi biror qahramon tilidan qayta hikoyalash va bayon; 
3) matnni ijodiy to‘ldirib qayta hikoyalash va bayon
4) so‘z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish. 
Bunda quyidagi topshriqlar bajariladi: “Siz shunday holatda o‘zingizni qanday sezasiz? 
Bular rasmlarda tasvirlangan deb o‘ylang. Shu voqealar ko‘z oldingizdan o‘tayaptimi? Siz ko‘rgansiz, eshityapsiz o‘zingiz tasvirladim deb o‘ylang”. 
Qahramonning tashqi ko‘rinishini o‘ylashingiz mumkin. Suhbat orqali asosiy joylari ajratib olinadi. Reja tuziladi. Reja asosiy o‘rinlarni ifodalashi zarur.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling