№
|
Mavzular
|
Mavzular mundarijasi
|
soat
|
1.
|
Ifodali o’qish vositalari
|
Ritorika tushunchasi asosida nutq, notiqlik degan mazmun yotishi, bunda asosan nutqdagi marom e’tiborga olinishi. Va’z va voizlik esa sharqona pand- nasihat - didaktikaga asoslanishi.
|
2
|
2.
|
Lirik janrlarda marom va ohang
|
Lirik janrlar asosida marom va ohang turishi, voiz nutqida ham marom va ohang ishtirokiga alohida e’tibor qaratilishi. Ritor tanlagan mavzuga qarab lirik janrlarga xos tez, sekin, yuqori, yoki past ohanglaming o rin almashinib turishi.
She’r vaznlariga xos marom, nutq materiali semantikasiga bevosita ta’sir etishi.
|
2
|
3.
|
Epik ijodda nutq va mutolaa masalasi
|
Epik ijod namunalarining mutolaa san’ati bilan mushtarak holatda yashashi qonuniyligi. Mutolaa jarayonida notiqlikka xos marom, ohang, urg‘u, talaffuz va ifodaning muhim retseptiv vazifa bajarishi. Epik ijodda ham nutqning obrazlar, personajlar, ifoda shakllari, pafos bilan bog‘liq ko‘rinishlari uchrashi.
|
2
|
4.
|
Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi
|
Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi bir nechta bosqichlardan iborat ekanligi. Birinchi bosqichning psixologik funksiyaga yo‘naltirilishi. Bunda jum la va so‘zning psixologik ta’sir kuchiga ega bo‘lishi.
Ikkinchidan, ayni matn bo‘laklarining semantik-struktural vazifalami bajarilishi.
Uchinchidan, obraz mohiyatini ochishda va tushunib yetishda jumla, so‘z va tovushning zarur retseptiv kompnetnt vazifasini bajarishi.
|
2
|
5.
|
Matnni ifodali o’qish, hikoya qilish va qayta hikoyalash
|
Umuman, badiiy asarlardagi matnni o’rganish avvalambor uni to’g’ri o’qish bilan boshlanadi. Badiiy asarlarni to’g’ri o’qish ifodali o’qish darslarining asosini tashkil qiladi.
O’quvchilar badiiy asarlarni yoki ulardan olingan parchalarni to’g’ri ifodali o’qisalar, ularning ko’z oldilarida alohida yangi manzaralar, hodisa va voqealar namoyon bo’ladi.
Matnni to’g’ri o’qishning asosiy yo’llaridan biri, avval matn bilan tanishib chiqish zaruriyatini tug’diradi. O’quvchi matnni bir marta ichda o’qib, notanish so’zlarni aniqlab olgach, so’ngra matnni ovoz chiqarib ifodali o’qishga kirishsa qo’yilgan maqsadga tezroq erishiladi.
|
2
|
|