Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi


Download 20.6 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi20.6 Kb.
#1588066
Bog'liq
dilnoz2


Termiz Davlat Pedagogika Instituti
Pedagogika-psixologiya va boshlang`ich ta`lim fakulteti
“Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo’nalishi
4-bosqich 404-guruh talabasi Mamatqobilova Dilnozaning Qumqo`rg`on tumanidagi 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo’yicha (3-hafta) 27 fevraldan 04-martgacha
HISOBOTI
Men uchinchi haftada o’quvchilarni tubdan kuzatdim ular darslarga qanday javob berishlari uyga vazifalarni qanday bajarib kelishayotganligi bilan shug’ullandim. O’qituvchilarni o’quvchilarga o’tayotgan “ochiq darslarini” ham kuzatib bordim. O’quvchilar juda bilimga chanqoq. Ona tili va o’qish savodxonligi, Matematika fanlaridan juda a’lo darajada javob berishadilar. Mening ustozim Sohibova Nigora ustoz o’quvchilarni bilim va malakalarini mustahkamlash uchun savol javob metodlaridan foydalanib o’quvchilar bilimini mustahkamlab boradilar. Birinchi haftada o’qituvchini kuzatgan bo’lsam ikkinchi haftadan o’zim darslarni o’tishni boshladim ustozdan o’rgangan metodlarimdan foydalanib o’quvchilarga dars o’ta boshladim. O’quvchilardan O’qish fanidan tez o’qishlar olib ular bilimini tekshirib bordim o’quvchilar juda yaxshi javob berishdilar. Ona tili fanidan husnixat olib ular yozuvini tekshirib bordim. O’quvchilar yozuvlari juda ham chiroyli. Matematika fanidan o’quvchilarni doskaga chiqarib misollar ishlatib bilim va ko’nikmalarini mustahkamlab bordim. Boshqa fanlardan ham barcha o’quvchilar a’lo darajada javob berishadilar. O’quvchilarga slaydlar, ko’rgazmali qurollar, kartochkalar bilan mashg’ulotlar olib bordim. Men o’z mashg’ulotlarim davomida o’quvchilardan eng past o’zlashtiradigan o’quvchilar bilan ko’proq shug’ulanib ularga mativatsiyalar berib bilim olishga o’qishga bo’lgan qiziqishini uyg’ota oldim men bundan juda ham xursand bo’ldim.
Ikkinchi haftada ham ustozlar o’tgan ochiq darslarni kuzatib bordim barcha ustozlar o’quvchilarga juda ajoyib darslar o’tib berishdi ular mashg’ulot vaqtida ko’rgazmali qurollar, slaydlar tarqatma savollardan foydalanib o’quvchilarga yangi mavzu bayonini yoritib berishdi. Men ikkinchi haftada ko’proq o’qituvchilarni o’quvchilarga o’tib berayotgan “ochiq darslarini” hamda o’qituvchilar tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarni tahlil qilib kuzatib bordim . 28.02.2023-yil 4-D sinf o’quvchilari tomonidan Zulfiyaxonimning 107 yilligiga bag’ishla juda chiroyli tadbir o’tkazildi tadbir maktab direktor o’rinbosari Aliqulov Nurbek tomonidan ochib berildi tadbir davomida o’quvchilar Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida gapirib o’tishdi so’ng 4-B sinf tomonidan tayorlangan ajoyib raqslar ijro etilib o’quvchilar tomonidan Zulfiyaxonim she’rlari aytib o’tildi tadbir juda qiziqarli va ajoyib o’tdi tadbir so’ngida so’z navbati yana maktab direktor o’rinbosari Aliqulov Nurbekga berilib tadbir yakunlandi. 01.03.2023-yil 3-B sinf o’quvchilari tomonidan “Xush kelding bahor”nomli tadbir o’tkazdilar tadbir juda chiroyli tashkil qilingan o’quvchilar tomonidan bahor haqida she’rlar, qo’shiqlar, raqslar ijro etildi. 2.03.2023-yil 2-B sinf o’quvchilari tomonidan “Jonim senga fido ona vatanim” deb nomlangan tadbir o’tkazdilar tadbir juda chiroyli o’tkazildi. Men ikkinchi haftada juda ko’p narsalarni o’rgandim o’quvchilarga Ona tili, Matematika, O’qish fanlaridan darslar o’tdim men ikki hafta davomida juda ko’p narsalarni o’rgandim
Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling