Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi
Download 12.21 Kb.
|
TAVSIYANOMA (1)
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo‘nalishi 5-bosqich 18-13 guruh talabasi Xalikova Nigora Toshkent viloyati Bekobod tumani 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tgan pedagogik amaliyot davri bo‘yicha TAVSIFNOMA Xalikova Nigora 2022-yilning 15-noyabrdan 2023-yil 28- martga qadar Toshkent viloyati Bekobod tumani 20-umum ta’lim maktabida pedagogik amaliyot davrini o‘tadi. Pedagogik amaliyot davrida talaba Xalikova Nigora 1-4 sinflarga (boshlang’ich sinflarda Tasviriy san’at faniga) biriktirildi. Xalikova Nigora pedagogik amaliyotning dastlabki ikki haftasida dars tahlili bilan tanishdi. O‘ziga biriktirilgan Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nazarova Sevara bilan hamkorlikda ish olib borishdi. Davlat ta’lim standartlari, kalendar reja bilan tanishib, o‘quvchilarga “Tasviriy san’at, ona tili va o’qish savodxonligi ,tarbiya ,matematika” fanidan dars olib bordi. Darsda turli xil pedagogik metodlardan foydalanadi. Shu qisqa davrda o‘quvchilar bilan til topisha oldi. Tasviriy san’at fanidan ko‘rgazmali vositalardan foydalanib dars olib bordi. Har bir darsga puxta tayyorlanib kelib, qiziqarli dars o‘tdi va darsdan tashqari tashkiliy ishlarda faol qatnashdi. Maktabda o‘tkazilgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etdi. O‘zi ham dars o‘tadigan sinflarida ham ochiq darslar o‘tkazdi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nazarova Sevara bilan birgalikda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida Tasviriy san’at va tabiiy fanlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida ko‘plab rasmlar tanlovi tashkil etdi va ishtirok etdi. Maktab rahbari : Jurayev E O‘TIBDO‘ : Jumanov E Amaliyot rahbari : Nazarova S Download 12.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling