Boshlang’ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi


Download 13.79 Kb.
Sana03.04.2023
Hajmi13.79 Kb.
#1322146
Bog'liq
20.02 dan 24.02 gacha


Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang’ich
Ta’lim fakulteti "Boshlang’ich ta'lim va sport
tarbiyaviy ishi" yo'nalishi 3-kurs 301-guruh talabasi
Jummaveva Go'zalning malakaviy amaliyot
Bo’yicha 20.02 dan, 24.02 gacha tayyorlagan haftalik
Hisoboti
20-fevraldan yana amaliyot o’tash uchun ertalab soat 8:00 da 49-maktabga bordim. Darslar boshlangan. Men ham o’quvchilar bilan birgalikda sinf xonaga kirdim, o’qituvchi kirib keldi va dars boshlandi. Darslar har kungidek 5 soatdan iborat. Men har bir darsni qiziqib kuzatdim va o’qituvchiga dars mobaynida yordam berdim. O’quvchilarning daftarlarini tekshirishda va baholashda yordamchi bo’ldim. O’quvchilari maktab ostonasiga endigina qadam qo’ygan bo’lsalarda juda shijoatli va g’ayratli. Darslarni muntazam ravishda va mustaqil holatda bajara oladilar. Berilgan vazifalarni va topshiriqlarni qunt bilan bajaradilar.
Yangi mavzularni o’zlashtirish darajasi a’lo. Har bir o’qituvchining nutqi ravon, husni xati chiroyli. Darslarda tartibli, odobli, kamtar. Ularning har birlari har tomonlama yetuk va komil inson sifatida shakllanib bormoqdalar. O’quvchilarning bunday natijaga erisha olishi sinf rahbarining xizmatlari va harakatlari samarasidir. Kelajakda ushbu yosh nihollar, albatta, o’zlarining yuksak cho’qqilarni va marralarni zabt etganliklarini ko’rsata oladilar. Haftaning uch kunligini 1-sinflar bilan birgalikda maroqli tarzda o’tkazdim. Qolgan kunlarni esa 4-“B’ sinf o’quvchilari bilan qiziqarli olib bordik. Payshanba va juma kunlarini 4-“B” sinf rahbariga dars o’tishda ko’maklashdim. Daftarlarni tekshirishda va baholashda yordam berdim. Nazorat ishlarida esa har bir o’quvchilarning daftarlarini o’zim tekshirdim va o’qituvchi bilan birgalikda baholadik. Dars so’ngida esa nazorat ishi tahlilini o’tkazdik. Men ham universititda olgan bilimlarimga tayangan holda tahlil jarayonida ishtirok etdim. O’quvchilarga metodlardan foydalanib yangi-yangi bilimlar berdim. Bundan tashqari rus tili darslaridagi ochiq darsda qatnashdim. O’quvchilarning chet tillarini mukammal o’rganganliklari guvohi bo’ldim. Maktab targ’ibotchisi B.Mulkamonov bilan birgalikda sinfda “Mushoira” kechasini o’tkazdik. O’quvchilarni o’zaro bellashtirib baholadik.
Amaliyotchi: Jummayeva G
Amaliyot rahbari: Xoliqova P
Download 13.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling