Boshlang’ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi


Download 13.87 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi13.87 Kb.
#1346096
Bog'liq
13.02 dan 17.02 gacha


Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang’ich
Ta’lim fakulteti "Boshlang’ich ta'lim va sport
tarbiyaviy ishi" yo'nalishi 3-kurs 301-guruh talabasi
Jummaveva Go'zalning malakaviy amaliyot
Bo’yicha 13.02 dan, 17.02 gacha tayyorlagan haftalik
HISOBOTI
Bugun 13-fevraldan boshlab maktab 1-sinflari uchun bir haftalik ta’til boshlandi. Men esa fursatdan foydalanib boshlang’ich sinflardan 4-“A” sinf dars jarayonlarini kuzatdim va tahlil qildim. 4-sinf o’quvchilari bilim darajasi kuchli va a’lo darajada 1-sinflarga nisbatan ancha savodi oshgan. Dunyo qarashi, fikrlashi kengaygan. O’zlarini huddi yuqori sinf o’quvchilari kabi tutadilar. Bilim olish darajasi yuqori. Saviyali, etika, estitika qoidalariga mukammal darajada amal qiladilar. Dushanba, seshanba va chorshanba kunlari 4-“A” sinfda darslarni kuzatdim. Sinf rahbari Mamayusopva R. o’rnak olsam arziydigan o’qituvchilar sirasiga kirar ekanlar. Payshanba va juma kunlari 4-“B” sinf dars jarayonlarida qatnashdim. Darslarni kuzatdim va tahlil qildim. Ushbu sinflarda asosan o’qish, ona tili, matematika, ingliz tili va rus tillari, texnologiya, tabiatshunoslik, tasviriy san’at, musiqa, tarbiya va ma’naviyat soati darslari o’tilar ekan. 4-“B” sinfda jami o’quvchilar soni 21 nafar bo’lib, har biri bilimli, odobli, salohiyati, fikrlashi va dunyoqarashi keng, intiluvchan, darslarga qiziquvchan ekan. Sinf rahbari Y.To’ramurodova o’z kasbining yetuk mutaxassisi, pedagogik mahoratga ega bo’lgan oliy toifali pedagog. Ulardan o’zimga kerakli bo’lgan barcha bilimlarni oldim.
Bu haftada faqat darslar bilan cheklanib qolmasdan 1-“A” sinfning “Savodxonlik bayramini o’tkazish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan 1-“A” sinf o’quvchilariga va o’qituvchisiga yordam berdim”. 19-fevral kuni 49-maktab 1-“A” sinf o’quvchilarining “Savodxonlik bayrami” tadbiri o’tkazildi. Bayram juda ham chiroyli va qiziqarli bo’ldi.
Tadbir zalida 1-“A” sinf o’quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Bayram tadbirida har xil shartlar bajarildi. Qo’shiq aytib raqsga tushdilar. Alifbe tartibi bo’yicha har bir o’quvchisi she’rlar aytdilar.Bayram tadbiri so’ngida o’quvchilarga faxriy yorliqlar tarqatildi. Ular bilan rasmga tushdik va tadbir yakunlandi.
Amaliyotchi: Jummayeva G
Amaliyot rahbari: Xoliqova R
Sinf rahbari: Mamayusopova R
To’ramurotova Y
Mulkamonova B
Download 13.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling