Boshlang’ich ta’limda elementar matematika.
Amaliy topshiriq.
Hurmatli talabalar, sizlarga berilgan amaliy topshiriqni har biringiz
alohida (ko‘chirmakashlikka yo‘l qo‘ymasdan) bajarib, PDF
(formatda) ko‘rinishida jo‘natishingiz shart!
Izoh: Ko‘chirib jo‘natilgan topshiriq javoblariga 2 baho qo‘yiladi!
1-masala. AB nurda C va D nuqtalarni belgilang. Agar AB=9,4 va AD=3,4 hamda
AC=5 bo’lsa, BD va AC kecmalar uzunligini toping?
2-masala. AC kesmada B ichki nuqta bo’lib, BC=7,4.
AB kesmaning uzunligi AC
kesmaning uzunligidan 3 marta kichik bo’lsa, AB ning uzunligini toping?
3- masala. Uzunligi 32 sm bo’lgan AB kesma 3 bo’lakka bo’lingan bo’lib, ikki chetki
bo’laklarining o’rtalari orasidagi masofa 20 sm. O’rtasidagi
kesmaning uzunligini
toping?
4-masala. Umumiy uchga ega bo’lgan AB va AC nurlarning birida n ta 2-sida (n-1) ta
nuqta belgilangan.
Bir uchi AC nurdagi nuqtalarda, 2- uchi esa AB nurdagi nuqtalarda
bo’lgan barcha kesmalar sonini aniqlang?
5-masala. Ikki qo’shni burchaklar ayirmasi 18
0
Shu burchaklardan kattasini toping?
6-masala. ABC burchakning B uchidan 5 ta nur o’tkazing.
Bu nurlar hosil qilgan
burchaklarni yozing. ABC burchak bilan qo’shib hisoblaganda ular necta?
7- masala. Ikki to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan qo’shni burchaklarning
ayirmasi
0
42
ga teng. Shu burchaklardan kichigini toping?
8-masala. Ikki parallel to’g’ri chiziqlarni uchinchisi kesib o’tganda hosil bo’lgan ichki
bir tomonli burchaklardan biri ikkinchisidan 12 marta katta.
Shu burchaklardan
kichigini toping?
9-masala To’g’ri chiziq chizing va uning ustida yotuvchi 8 ta nuqtani harflar bilan
belgilang. Bu nuqtalar orqali hosil bo’ladigan kesmalar nechta,
bu kesmalarni yozib
chiqing?
10-masala. Hech qaysi uchtasi bir t o’g’ri chiziqda yotmagan 5 ta nuqtani belgilang va
ular yordamida hosil boladigan kesmalarni yozing. Ular nechta?