11-masala. AD kesma ustida yotuvchi C nuqtani belgilang. Quyidagi nurlardan
qaysilari ustma-ast tushishini aniqlang: AD, AC, DA, DC, CA, CD
12-masala. AB nurda C va D nuqtalarni belgilang. Agar AB=12 va AD=5,6 hamda
AC=7 bo’lsa, BD va DC kecmalar uzunligini toping?
13-masala. AC kesmada B ichki nuqta bo’lib, BC=9,4. AB kesmaning uzunligi AC
kesmaning uzunligidan 2 marta kichik bo’lsa, AB ning uzunligini toping?
14-masala. Uzunligi 38 sm bo’lgan AB kesma 3 bo’lakka bo’lingan bo’lib , ikki chetki
bo’laklarining o’rtalari orasidagi masofa 24 sm. O’rtasidagi kesmaning uzunligini
toping?
15-masala. Ikki qo’shni burchaklar ayirmasi
0
42
.
Shu burchaklardan kattasini toping?
16-masala. ABC burchakning B uchidan 7 ta nur o’tkazing. Bu nurlar hosil qilgan
burchaklarni yozing. ABC burchak bilan qo’shib hisoblaganda ular necta?
17-masala. Ikki parallel to’g’ri chiziqlarni uchinchisi kesib o’tganda hosil bo’lgan
ichki bir tomonli burchaklardan biri ikkinchisidan 2 marta katta. Shu burchaklardan
kichigini toping?
18-masala. ABC uchburchakda A uchidagi tashqi burchagi
0
110
ga , C uchidagi ichki
burchagi
0
70
ga teng. B uchidagi ichki burchagini toping?
19-masala. Teng yonli uchburchakning uchidagi burchagi
0
70
ga teng. Yon tomoniga
o’tkazilgan balandlik va asos orasidagi burchakni toping?
20-masala. Teng yonli uchburchakning uchidagi burchagi
0
120
ga teng. Asosidagi
burchaklarining bisektrisalari kesishishidan hosil bo’lgan o’tkir burchakni toping?
21-masala. To’g’ri burchakli kichik kateti AB=1 va katta katetiga yopishgan burchagi
30° bo’lgan ABC uchburchak yasang. Bu uchburchak BC gipotenuzasi katta kateti va
kichik kateti BD=1 bo’lgan yangi DBC to’g’ri burchakli uchburchak yasang. Bu DBC
to’g’ri burchakli uchburchak DC gipotenuzasi uzunligini toping?
22-masala. ABC uchburchakning AB, BC va AC tomonlari mos ravishda 4, 5 va 6 ga
teng. AB va BC tomonlarga urinadigan aylananing markazi D nuqta AC tomonda
ajratgan kesmalarning uzunliklari ko’paytmasini toping?
Do'stlaringiz bilan baham: |