“boshlang’ich ta’limda gapirish ko’nikmasini o’rgatishdagi muammolar”


 BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O'QITISH MASHQLARI


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana16.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1358937
1   2   3   4   5
Bog'liq
MARHABO KURSOVOY

5. BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O'QITISH MASHQLARI 
VA ULARDAN FOYDALANISHNING INNOVATSION PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARI 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng, yoshlarning chet tillarini 
o'rganishga bo'lgan qiziqishi oshdi va davlatimiz tomonidan til o'rganishga ko'plab 
imkoniyatlar yaratilmoqda. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: 
"Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. 
Bu ham, albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin 
egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan 
hamjihatlikda, hamkorlikda o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun 
xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir". 
Ayniqsa, boshlang'ich ta'limda ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lgan qarorlardan biri 
bu O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet 
tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog'risida" PQ-
1875-soni Qaroridir . Ushbu qarorga muvofiq chet tillarini , asosan , ingliz tilini 
boshlang'ich sinfdan boshlab o'rgatish, ularni chet tillarini o'rgatishga bo'lgan 
qiziqishini yanada oshirish uchun barcha umumta'lim maktablarda 1-sinfdan 
boshlab ingliz tili darslarini turli xil qiziqarli o'yinlar tarzida o'qitish va shu bilan 
birga o'quvchilarning og'zaki nutqini ham rivojlantirish, 2-sinfdan boshlab esa, 
alifbo, o'qish va grammatikani o'qitishni zamonaviy, innovatsion usullar orqali 
o'tish bosqichma-bosqich boshlandi
13
. So'nggi paytlarda ingliz tilini o'rganadigan 
har qanday yoshdagi odamlar soni juda ko'paymoqda. Buning sababi, hayot 
jarayonida ingliz tilini bilmasdan yashash qiyinlashib bormoqda. Ammo til 
o'rganish ham yosh davrlariga bog'liq. Hatto, olimlar bolalar kattalarga nisbatan 
tilni tez va oson o'zlashtirishni isbotlashgan. Bolalarda til o'rganishga bo'lgan tabiiy 
moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda 
bolalar vaqtining ko'pligi va o'rgangan ma'lumotlarni tez xotirada saqlashi buning 
asosiy sabablaridandir. Xitoy ixtirochilaridan biri Masaru Ibuka mashhur "Ushdan 
13
Bekmuratova U.B" Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish "33-38b


25 
keyin juda kech" kitobida yozganidek: "...bolaning miyasi cheksiz miqdordagi 
ma'lumotlarga ega bo'lishi mumkin...". Yana shunga e'tibor qaratish kerakki, 6-7 
yoshdagi bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushinib emas, uni mexanik tarzda 
yodlaydi. Shuning unchun ham ingliz tilini o'rganayotgan boshlang'ich sinf 
o'quvchilariga tilni o'rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. 
Aks holda chet tilini o'rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani charchatishi va til 
o'rganishga bo'lgan qiziqishini susaytirip qo'yishi mumkin. Chunki boshlang'ich 
sinfdagi o'quvchilarga chet tilini o'rgatish qiyin shu bilan birga mas'uliyatli 
vazifalardan biri hisoblanadi . Shuning uchun ham boshlang'ich sinflarga ingliz 
tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun quyidagi innovatsion metodlardan 
foydalanish mumkin
Ko'rish orqali eslab qolish . Ma'lumki, yosh bolalar eshitgan ma'lumotlaridan 
ko'ra, ko'proq ko'rgan predmetlarini eslab qoladi. Shunday ekan , darsni turli xil 
ko'rgazmali qurollar, plakatlar orqali, ko'zga ko'rinadigan va kundalik hayotda ko'p 
ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish orqali yangi so'zlarni o'rgatish va 
o'rgangan yangi so'zlari ishtirokida gaplar tuzish . Masalan, kitob (book), stol 
(table), doska (blackboard) , ruchka ( pen), oyna ( window) va shu kabilarga 
yozish. Kundalik hayotda ko'p ishlatiladigan bunday narsa-buyumlar ko'zga doimo 
tushib turishi va doimo qo'llanishi bois, bola bu so'zlarni ixtiyorsiz tarzda o'rganadi 
Qo'shiq va she'rlar orqali tushinish yoki eslab qolish qiyin bo'lgan so'zlarni 
musiqaga solib kuylash. Bunda yangi so'zlarni eslab qolish bilan birga, bolaning 
og'zaki nutqi ham rivojlanadi. Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini 
qo'shiq qilib o'rganishlari shunchaki yodlashdan ko'ra samarali ekanligini ko'rsatish 
mumkin . 
TO raqobatdosh grammatika va so'z boyligini o'zlashtirishga yordam beradigan 
o'yinlarning aksariyatini o'z ichiga oladi . Bunda bolalar o'qituvchi bergan turli xil 
topshiriqlarni bajaradi . Natijada o'quvchilar orasida raqobat vujudga kelib, til 
o'rganishga bo'lgan qiziqishi yanada oshadi. Zero, Xitoy mutafakkirlari aytganidek: 
" Insonning barcha qiziqishlari raqobat orqali vujudga keladi".


26 
Aralash texnika bu yerda biz ixtiyoriy ravishda turli xil texnikalarni birlashtira 
olamiz. Masalan, bunda bolalar o'yin o'ynashi, qo'shiqlar aytishi, rasm chizishi
turli xil harakatlar orqali yangi so'zlarni ko'rsatib berishi mumkin . Texnikaning 
afzalligi xilma-xillikda. Bunda o'quvchi faqat bitta narsa orqali cheklanib 
qolmaydi.
Multfilmlar orqali o'rgatish. Ma'lumki, bolalar turli xil multfilmlarni ko'rishga 
qiziqadi. Ingliz tilidagi multfilmlarni ko'rish jarayonida esa, multfilmdagi gaplarni 
tushunmasa-da, multfilim qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan 
so'zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun qiziq va til o'rganishlari uchun 
samarali yo'l.
Qiziqarli o'yinlar orqali o'rganish; Ingliz tili fanini o'qitishda turli xil o'yinlar 
orqali o'rgatishning o'rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o'yinlar o'ynatib turish 
sinfda fanni o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, faol bo'lmagan 
o'quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi. Quyidagi o'yinlar 
so'zimizga misol bo'la oladi.
"Quvnoq topishmoqlar"(Merry Riddles)
14
o'quvchilarga topishmoqlar o'rgatish 
ingliz tilini o'rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o'zlariga notanish bo'lgan 
so'zlarni o'rganadilar va o'ylab topishmoq javobini topadilar.
"Pantomima" (pantomime) . Bunda o'qituvchi o'quvchilarga biron bir so'zni 
aytadi va o'quvchi uni ko'rsatadi. Qolgan o'quvchilar esa so'zni topib, inglizcha 
nomini aytishi kerak bo'ladi .
Sezgi a'zolar orqali o'rganish (sabzavot, mevalar , oziq-ovqatlarni tatib ko'rish, 
turli xil buyumlarni ushlab ko'rish, gullarni hidlab ko'rish). Ushbu yangi metodni 
o'rganishdan oldin bir amaliyotchi psixologning fikrlarini keltirish kerak: 
"Bolalarning esida biror narsaning mahkam o'rnashib qolishini xohlovchi pedagok 
bola sezgi organlarining mumkin qadar ko'prog'ini ko'zi, qulog'i, tovush organi, 
muskul sezgisi va hatto, hidlash va ta'm bilish organlarini esda tutib qolish 
jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak". Darhaqiqat, sezgi a'zolar orqali til 
14
Dеhqоnоvа M.U., \ Ta’lim texnologiyalari, 2006-yil 2-sоni. 12-15b


27 
o'rganish boshqa usullarga qaraganda foydali va samarali hisoblanadi . Masalan, 
o'quvchi birgina olmani tatib ko'rish jarayonida uning rangi, ta'mi, hajmi, hidi 
qanday ekanligini biladi va uning inglizcha nomini ham aytadi. Natijada esa, 
o'qituvchi bolalardan ranglarning inglizcha nomini so'rab qolsa, bolalar darrov 
meva yegan paytini eslaydi. Demak, bunday usullardan foydalanish o'quvchining 
ma'lumotlarni uzoq muddatda xotirasida saqlab qolishga yordam beradi. 
Yoshlarni erkin fikrlovchi, yangilikka intiluvchi va barkamol inson qilib 
tarbiyalash boshlang`ich sinflardan olib boriladi, bu jarayon muhim vazifalardan 
biridir. Shu sababdan ham ta’lim mazmuni tubdan yangilanib borilmoqda. Kichik 
maktab yoshi davrida bolada mustaqil ta’lim olish motivlari yuzaga kelib, ular eng 
oddiy shaklda - bilimlarni olish bilan birgalikda qo‘shimcha manbalarga va turli 
mavzulardagi kitoblarni o‘qishga qiziqishi bilan yuzaga keladi. Ta'lim o‘qituvchi 
va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning 
taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi 
o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga 
yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish 
qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli 
ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul 
qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga 
tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi 
hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida 
ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi. Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos 
ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib 
bo’lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to’g’ri, 
aniq, o’rinli foydalanish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy 
tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani 
singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan 
iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o’quvchilarda mustaqil fikrlash, 
og’zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali 
ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa 


28 
ma'naviy, g’oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o’rganish jarayonida xalqning 
madaniy-ahloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi. Ulug’ 
donishmandlardan biri «kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi 
bilim ber, o’qit», degan ekan.
15
Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga 
oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda 
samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga 
tatiydigan o’zgarish bo’ldi, desak xato bo’lmaydi. Bu prezidentimizning 
kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg’urib, yurtimizning barcha farzandlari – 
mening farzandlarim, ular bizlardan ko’ra kuchli, bilimli va albatta baxtli 
bo’lishlari kerak, degan g’oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini 
ko’rsatadi. Ma'lumki, ta'limda ilg'or pedagogik va yangi axborotlar 
texnologiyalarini tatbiq etish o’quv mashg’ulotlarining samaradorligini oshiribgina 
qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo’llash orqali mustaqil va mantiqiy 
fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va 
axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-
kunga ortib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha 
an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo’lsa, 
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini 
o’zlari qidirib topish, mustaqil o’rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy 
xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishga o’rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda 
shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va 
shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Dars 
mashg'ulotlarida o’yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida 
foydalanilsa ijobiy natija beradi. O'yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash 
darsning turiga, sinf o’quvchilarining o’yin-topshiriqlarni bajarishga o’rgatilganlik 
darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, 
15
Juldasheva, N. N. (2020). Хорижий тилларни ўқитишда ахборот технологиялар ва инновацион методларнинг ўрни. 
Молодой ученый, (12), 332-335b 


29 
o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada 
shakllanganiga ham bog’liq bo’lishi kerak. Ta'limda o'quvchi shaxsini fikrlashga, 
o’zgalar fikrini anglash va shu fikrni og’zaki hamda yozma shaklda savodli bayon 
eta olishga o’rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, 
nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o’rin 
egallaydi.
Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi 
asosida o‘rganiladi. Bugungi kun o‘qituvchidan ilg’or pedagogik va yangi 
axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida 
interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo’llariga doir 
fikrlarimizni bayon etamiz. O’ylaymizki, u o’quv mashg‘ulotlari samaradorligini 
oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o’quvchilarni o’z 
yo’nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini 
shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko’makchilardan 
biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o’qitishning 
zamonaviy usullarini tatbiq etish bo’yicha tavsiyalar beramiz. Siz undan ijodiy 
yondashgan holda foydalanasiz va birinchi prezidentimizning: «Har qarichi 
muqaddas bo’lgan ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda g’urur va iftixor, 
sadoqat tuyg’ularini uyg’otish uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga 
javob izlab ko‘raylik», - degan fikrlariga javoban ta'lim va tarbiya berishning 
zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishishga o‘z 
hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz. Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda 
ingliz tilini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar usullarni qo’llash 
natijasida, o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi, nutqi 
ravonlashishi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanishi, bilimga ishtiyoq 
uyg’otishi, darslarga puxta hozirlik ko’rishga intilishi haqida ma’lumotlar berilgan. 
Boshlang'ich sinflarda, ayniqsa, birinchi sinfda o'quvchilarga o'qitishda 
o'quvchining yoshi, fiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. 


30 
Ta'limda o'yin texnologiyalaridan foydalanish, eng samarali vositalardan biridir. 
O'yin davomida ularning tafakkuri, dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boradi. 
Olimlar ta'limga o'yin orqali yondashuv ta'lim jarayonida osonlashtiradi, deb 
hisoblagan. Nafaqat osonlashtiradi, balki bu fanga qiziqishini kuchaytirib,bolani 
chuqur bilim olishiga undaydi. O'yin tarzidagi darslar bolalarning og'zaki nutqini 
rivojlanishiga yordam beradi. Birinchi sinf o'quvchilari rasmli yoki videoli turli 
ko'rishlarni juda yaxshi ko'rishadi. Turli xil rangli rasmlar orqali, ularning 
nutqlarini o'stirishda o'yinlardan muntazam foydalanib turish lozim. Masalan, Bu 
nima?, Bu kim?, Kim ko'p so'z biladi?” kabi o'yinlardan foydalanish mumkin. 
O'yin jarayonida bolalarning so'zlarni eslab qolishi, to'g'ri talaffuz etishiga qarab 
rag'batlantirib borish zarur. Mavzuni kompyuter yordamida taqdim etishda ta’limni 
individuallashtirish printsipiga e’tibor berish lozim. Ayrim o’quvchilar so’zning 
grafik, ayrimlari esa tovushli obrazni qabul qilishda qiyinchilikka uchraydilar. Biz 
bilamizki, hozirgi ta’lim jaroyonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim. Bunda 
ko’proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. 
Hozirgi davr darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil fikrlashga 
o’rgatishdir. Bugungi kunda o’qituvchilar Xorij pedagoglari tajribasini o’rganib, 
innovatsion metodlardan, va yangi pedagogik texnikalardan foydalanishlari lozim. 
Boshlang'ich sinf ta'lim usullari odatdagi ta'lim usullaridan biroz farq qiladi, 
chunki boshlang’ich sinf o'quvchilari juda yosh. Ta'lim maydoni turli xil 
qobiliyatlar va shaxslar bilan birgalikda ishlaydigan o’quvchilar bir joyga 
to'planadigan juda dinamik muhit sifatida ajralib turadi va o'qituvchilarning 
vazifasi har biri uchun o'zlarini ya’ni o’quvchilarning shaxsiy ehtiyojlarini 
qondirish uchun ijodiy va innovatsion ta'lim strategiyalarini amalga oshirishga 
qodir samarali o'qituvchilar bo'lishi muhimdir. Boshlang'ich maktablarda amalga 
oshirilishi mumkin bo'lgan eng yaxshi o'qitish usullaridan ba'zilari quyidagilardir: 
1. Vizualizatsiya Vizual va amaliy ta'lim tajribasi orqali zerikarli ilmiy 
tushunchalarni hayotga olib kelish, o’quvchilarga ularning hayotda qanday 
qo'llanilishini tushunishga yordam berish. 2. Hamkorlikda o'qitish O'quvchilarni 
kichik guruh yoki butun sinfning faoliyatini rag'batlantirish orqali birgalikda 


31 
ishlashga qodir bo'lgan o'quvchilarni rag'batlantirish. 3. So'rov asosida ko'rsatmalar 
O’quvchilarni savol berishga va o'z g'oyalarini o'rganishga da'vat qilimoq, ularga 
muammolarni hal qilish qobiliyatlarini yaxshilashga yordam beradi, shuningdek, 
ilmiy tushunchalarni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. Har ikkisi ham 
muhim hayotiy ko'nikmalar. 4. Farqlash Hech kim ortda qolmasligi uchun 
o'quvchilarning qobiliyatiga qarab vazifalarni taqsimlash orqali ta'lim jarayonini 
farqlash va belgilash. 5. Kasbiy rivojlanish Muntazam kasbiy rivojlanish 
dasturlarida ishtirok etish o’qituvchining dars berish qobiliyatlarini yaxshilashning 
ajoyib usuli hisoblanadi. Samarali o'qituvchi bo'lish oson ish emas, chunki har bir 
o’quvchi noyobdir, ammo ta'lim strategiyalarining kombinatsiyasidan foydalanib, 
o’qituvchilar ta'lim uslublarini hamda o'quvchilarning bilm salohiyatlarini va 
imkoniyatlarini hisobga olib, sinfdagi o’quvchilar uchun dinamik va motivatsion 
muhitni yaratish lozim. 
XULOSA 
Xulosa qilib aytganda, kichik yoshdagi bolalarga til o'rgatish majburiyat sifatida 
emas, qiziqarli mashg'ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan 
foydalanib dars o'tish ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib 


32 
xizmat qilishi mumkin. Bolalarga chet tillarini o'rganish qanchalar muhimligini 
tabiiy sharoitlar orqali to'g'ri tushuntirib borilishi darkor. Chunonchi, buyuk 
mutafakkir Abu Nasr Forobiy ham ko'plab xorijiy tillarni mukammal bilgan, bu 
tillarda bemalol gaplasha olgan hamda shu tillarda ijod qilgan. Va mavzu bo‘yicha 
til 
o‘rganuvchilar 
auditoriyasiga 
moslangan 
autentik 
videomateriallar 
o‘quvchilarga kerakli ma’lumotni ko‘rish-tinglash va imo-ishoralar orqali 
tushunish, namoyish etilgan lavhaning madaniy xususiyatlarini to‘laligicha anglash 
bilan birga, ular asosida maqsadga yo‘naltirilgan mashqlar to‘plami (nutqni 
rivojlantirish 
uchun 
dialoglar, 
bahsmunozaralar, 
monologlar) 
til 
o‘rganuvchilarning kommunikativ kompetentsiyasini oshirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda ta’lim jarayoni asosan an’anaviy tarzda olib borilayotgan 
bo’lsada, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarini uzluksiz o’rganishni 
tashki qilish, shuningdek, o’qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy 
o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirlishni taqozo etadi. 
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiyalari bilan ta’lim berishning 
ilg’or uslublarni joriy etish yo’li bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni shu 
o’rganayotgan tillarining mutaxasisi bulishi va buning negzida ular shu tillarda 
bemalol so’zlash olishlari maqsadga muvofiqdir. Zero, barchasi yoshlarimizning 
buyuk kelajagi, yurtimiz ravnaqi uchundir. 


33 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 
1.Bekmuratova U.B" Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan 
foydalanish "33-38b 
2.Dеhqоnоvа M.U., \ Ta’lim texnologiyalari, 2006-yil 2-sоni. 12-15b 
3.Juldasheva, N. N. (2020). Хорижий тилларни ўқитишда ахборот 
технологиялар ва инновацион методларнинг ўрни. Молодой ученый, (12), 
332-335b 
4. J. Jalolov . ―ingliz tilini o‘qitish metodlari‖ ―O‘qituvchi‖ nashiryoti Toshkent 
89-103b 
5.Oripov B. T. Darslarning samaradorligini oshirish yo’llari. Toshkent: 1983- 
yil.72-75b
6. Rаhmоnоvа Ye.R., Rаzzоqоv D.N. “Pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr” fаnidаn o‘quv 
qo‘llаnmа. –T.: 2007.
7. Rоziqоv О., Оg‘ayev S., Mаhmudоv M., Аdizоv B. Tа’lim tехnоlоgiyasi. – T.: 
O‘qituvchi, 2002. 
8.Toliboboeva, S. J. (2020).ScienceandEducation, 1(SpecialIssue 2). 69-72b 
9.Толибобоева, Ш. (2020). Ingliz tilini o’qitishdagi zamonaviy ta’lim 
texnologiyalari. YoungScientist,), 581-582b 
10.Turdaliyeva G.N "Boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'qitishda zamonaviy 
yondashuvlar va innovatsiyalar"// 2020 .124-127b 
11.britannica.com 
12.cyberleninka.com 
13. www.ziyonet.uz 
14.www.kitobxon.com 
15.wikipedia 
16.http://Dictionary.com 
17.https://www.ncbi.nlm.nih.gov/ 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling