Boshlang‘ich ta’limda integrativ ta’lim metodlari oydinoy Donyorbek qizi Davlatova
Download 386.68 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlang-ich-ta-limda-integrativ-ta-lim-metodlari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 840 BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATIV TA’LIM METODLARI Oydinoy Donyorbek qizi Davlatova ADU, BTSTI yo‘nalishi talabasi ANNOTATSIYA Maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar dunyoqarashini, ularning fikrlashlarini yanada kengaytirishi, bilimlarini mustahkamlashi, bilim olish ko‘nikmalarini osonlashtirishda integrative-innovatsion metodlardan foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llash yo‘l-yo‘riqlari haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: integrativ, innovatsion, o‘quvchi, jarayon, metod, ta’lim, pedagog, tarbiya, shaxs Biz integratsiyaning mohiyatini aniqlash jarayonida uning falsafiy, pedagogik- psixologik va metodik asoslarini aniqlab oldish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, o‘qitish va tarbiya jarayoni bir-biri bilan uzviy bog‘liq, lekin inson shaxsining shakllanishida tarbiya ustuvor ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya ta’lim jarayonining barcha majmuini o‘z ichiga oladi. Zamonaviy intellektual insonni tarbiyalashda integrativ ta’limning barcha jihatlari (aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mehnat, estetik, gigenik, huquqiy, jismoniy tarbiya)ni qamrab oladi va ularning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydi. Integrativ ta’lim jarayonida o‘quvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat qonunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning o‘zaro munosabatlari haqida har tomonlama bilimlarga ega bo‘lib kamol topadi. Tabiat go‘zalligini his qila olish, undan zavqlanish, e‘zozlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ta’limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qo‘llash ayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta’lim muassasalari o‘quv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozim. Fanlararo uzviylik tamoyili turdosh o‘quv predmetlararo munosabatlarning murakkab jihatlarini to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlab, bilimlarning ichki mohiyatiga kirib borishini ta’minlaydi, natijada turli tizimlar ichki aloqadorlik, integrativ yaxlitlik vujudga keladi. O‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta’lim sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatib, ta’limni modernizatsiyalash, innovatsion o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi hamda fanlararo aloqadorlik ta’minlangan holda darsni tashkil qila olgan o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘zining faniga bo‘lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o‘zlashtirishga yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o‘quv-tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 386.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling