Boshlang’ich ta’limni tashkil qilish


Download 54.73 Kb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi54.73 Kb.
#1045248
  1   2   3
Bog'liq
Boshlang’ich ta’limni tashkil qilish


Boshlang’ich ta’limni tashkil qilish
Reja:

  1. Boshlang’ich ta’limni tashkil qilish va tarbiya jarayoni

  2. Boshlang’ich ta’limning zamonaviy tendentsiyalari

  3. Boshlang’ich ta’limda pedagogik konfliktlar va ularni bartaraf etish


Boshlang’ich ta’limni tashkil qilish va tarbiya jarayoni. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni 9-moddasida quyidagilar belgilangan:

  • umumiy o’rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to’ladigan yilda qabul qilinadi;

  • boshlang’ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o’rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko’nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.

Mazkur huquqiy asos boshlang’ich ta’limni tashkil etishda nimalarga e’tibor berish kerakligini belgilaydi. SHu jihatdan quyidagilarga e’tibor bering:

  1. Savodxonlik. Boshlang’ich ta’limni tashkil etishdagi bu vazifaning ma’nosi shuki, 7-11 yoshli o’quvchilarda bilim olish tuyg’usini rivojlantirish va ularni ijtimoiylashtirishdan iborat. O’quvchilarda bilim olishga ishtiyoq tabiiy bo’ladi, boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifasi ana shu tuyg’uni rivojlantirish va o’quvchilarning instinktini ijtimoiylashtirishdan iborat. Aynan mana shu ikki vazifa boshlang’ich sinf o’qituvchisining savodxonlik masalasini hal etishdagi muvaffaqiyatlariga olib keladi.

  2. Bilim berish. Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishda 7-11 yoshli o’quvchilarga tezkor va maqbul darajadagi bilimlarni berishni nazarda tutish kerak bo’ladi. Unga ko’ra, o’quv fanlarining mavzulari va o’quv materiallari qiziqarli, aniq va tushunarli xususiyalarga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, bilim berishda o’quvchilarga individual yondashish va ularning ruhiy-ma’naviy xususiyatlarini hisobga olish lozim bo’ladi.

  3. Malaka berish. Mazkur vazifaning mazmuni shundan iboratki, 7-11 yoshli o’quvchilarga o’qish, yozish, ijodiy fikrlash va mustaqil fikr yuritish malakalari berilishi kerak. SHu sababli boshlang’ich sinf o’quv fanlari o’zaro integratsiyalashgan va bir-birini to’ldiruvchi xarakterda bo’lishi kutilgan samarani beradi. Buning uchun hozirga zamon boshlang’ich ta’lim bosqichi qulay imkoniyatlarga ega.

  4. Ko’nikma berish. Unga ko’ra, 7-11 yoshli o’quvchilarning axloqiy fazilatlari rivojlantirilishi va ular oqilona muomalaga ko’niktirilishi kerak. Buning uchun boshlang’ich ta’lim jarayonida o’tkaziladigan har bir tadbir maqsadli va tarbiyaga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Buning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilari muntazam ravishda sinf rahbarlari va o’qituvchilar tomonidan o’rganilib borilishi kerak.

Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishda eng ilg’or o’qitish metodlari, vositalari va texnologiyalariga tayanish tavsiya etiladi. Bu borada bizning yondashuvimizga ko’ra, har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’zining individual o’qitish uslubiga ega bo’lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bugungi kunda ta’limning o’ziga xos metodlari, vositalari va texnologiyalari shakllantirilgan. SHu sababli bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari jahon ta’lim va milliy pedagogikamiz tajribasidan o’tgan vositalarga asoslanishi maqsadga muvofiq bo’ladi. CHunki ta’lim- avlodlar tomonidan to’plangan bilim va milliy qadriyatlarni yosh avlodga uzatish jarayoni bo’lib, bir necha vazifalarni bajaradi. SHu jihatdan boshlang’ich ta’lim pedagogik jarayon sifatida quyidagi vazifalarni bajarishini eslatib o’tish joiz:

  1. boshlang’ich ta’lim o’quvchilarni ilm-fan va madaniyat olamiga olib kiruvchi eng maqbul jarayonlardan biridir;

  2. boshlang’ich ta’lim 7-11 yoshli shaxslarni dastlabki bosqichda ijtimoiylashtiruvchi jarayondir.;

  3. boshlang’ich ta’lim boshlang’ich sinf o’quvchilarida umuminsoniy va ma’naviy ko’nikmalarni shakllantiruvchi ta’lim bosqichidir;

  4. boshlang’ich ta’lim o’quvchilarni ijtimoiy-madaniy faoliyatga yo’naltiradi;

  5. boshlang’ich ta’lim ijtimoiy bilimlarni birinchi bor shaxsga beruvchi muhim tizim hisoblanadi;

  6. boshlang’ich ta’lim natijasida o’quvchilar keyingi ta’limni olish ko’nikmasiga ega bo’ladi.

Boshlang’ich ta’limni tashkil etishda ana shu omillarga e’tibor berish kerak bo’ladi. SHu jihatdan oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari boshlang’ich ta’limni tashkil etish bo’yicha chuqur nazariy bilim va kasbiy ko’nikmalarni egallashi shart.
O’zbekiston boshlang’ich ta’lim tizimida tarbiya muhim ahamiyatga ega. O’zgacha aytganda boshlang’ich ta’limda ta’lim va tarbiya jarayoni bir-biridan ajralmas kategoriyalardir. SHu sababli 7-11 yoshli o’quvchilarni tarbiyalashda quyidagi asoslar majmuiga tayaniladi:

  1. tarbiyaning pedagogik asoslari;

  2. tarbiyaning psixologik asoslari;

  3. tarbiyaning sotsiologik asoslari.

Boshlang’ich ta’limda tarbyaning pedagogik asoslarini quyidagilar tashkil qiladi:

  • o’quvchilarni intellektual tuyg’usini rivojlantirish va ularni aqliy tarbiyalash;

  • o’quvchilarni jismoniy rivojlantirish va ularni jismoniy tarbiyalash;

  • o’quvchilarni his-tuyg’ularini o’stirish va ularni estetik tarbiyalash.

Boshlang’ich ta’limda tarbiyaning psixologik asoslari quyidagilardan iborat:

  • o’quvchilarning ruhiy-ma’naviy idrokini rivojlantirish va ularni ma’naviy tarbiyalash;

  • o’quvchilarning tafakkurini o’stirish va ularni sensor tarbiyasini amalga oshirish;

  • o’quvchilarning xotirasini shakllantirish va ularni korrektsiyalab borish.

Boshlang’ich ta’limda tarbiyaning sotsiologik asoslari quyidagilardan iborat:

  • o’quvchilarning fazilatlarini shakllantirish va ularni axloqiy tarbiyalash;

  • o’quvchilarni ijtimoiylashtirish va ularni ijtimoiy tarbiyalash;

  • o’quvchilarni hayotga yo’naltirish va ularning muloqot madaniyatini shakllantirish.

Boshlang’ich ta’limda tarbiyaning mazkur pedagogik, psixologik va sotsiologik asoslari e’tibor berilsa, 7-11 yoshli shaxslarni aqliy-axloqiy, jismoniy, estetik, ma’naviy, ijtimoiy jihatdan tarbiyalaydi, ularning shaxsidagi illatlarni korrektsiyalaydi va yordamga muhtoj o’quvchilar uchun sensor tarbiyani amalga oshiradi. Ayni paytda, unutmaslik lozimki, bu o’rinda pedagogik tarbiya, pedagogik psixologiya va pedagogik sotsiologiya asoslariga tayaniladi. SHu sababli bugungi kunda mamlakatimizda pedagogik psixologiya va pedagogik sotsiologiyaning imkoniyatlaridan foydalanish kengayib borayotganligini eslatib o’tish joiz.
Boshlang’ich ta’limda tarbiyani jarayon sifatida qabul qilish lozim. Bu jarayonga tabiiy muhit, jamiyat olami, qadriyatlar, oila kabi tizimlar ta’sir o’tkazadi. SHu sababli boshlang’ich sinf o’qituvchisi bu ta’sirlarni yo’naltiruvchi va tartibga soluvchi vazifasini bajaradi.
Pedagogik olimlarning fikricha, boshlang’ich ta’limda tarbiyaviy omilning ikki ko’rinishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. Ob’ektiv tarbiyaviy omillar:

  • genetik vorislik va insonning sog’lik darajasi;

  • oilaning ijtimoiy va madaniy mansubligi;

  • o’quvchining ijtimoiy tarjimai holi;

  • jamiyatning madaniy va ijtimoiy darajasi;

  • mamlakatning ehtiyojlari va davr talablari.

  1. Sub’ektiv tarbiyaviy omillar.

  • psixologik xususiyatlar, dunyoqarashning o’ziga xosligi, qadriyattlarning yo’naltiruvchanligi, tarbiyalanuvchining ichki qiziqishlari va ehtiyojlari;

  • o’quvchilar munosabatlarining xossalari;

  • boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash jarayonini tashkil etish xususiyatlari.1

Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini tashkil etishda ana shu omillar hisobga olinishi taqozo etiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tarbiyasi to’g’ri olib borilayotganligi quyidagi mezonlar asosida baholab boriladi:
a) o’quvchilarda ezgulik xulq-atvori shakllanayotganligi;
b) o’quvchilar xatti-harakati va munosabatlarida haqiqatgo’ylik paydo bo’layotganligi;
v) o’quvchilarda go’zallikka intilish ko’nikmasi tarkib topayotganligi.
Mazkur ezgulik, haqiqatgo’ylik va go’zallik mezonlari boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida muhim pedagogik kategoriyalar hisoblanadi.
Bu o’rinda boshlang’ich ta’limda tarbiyaning quyidagi maqbul metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  • ishontirish;

  • namuna ko’rsatish;

  • maslahat berish;

  • yo’naltirish;

  • ko’niktirish;

  • rag’batlantirish.

E’tibor berilsa, bu metodlarda bola shaxsini hurmat qilish va har bir o’quvchiga individual yondashish muhim ustuvordir. SHu jihatdan boshlang’ich ta’limda tashkil etiladigan tarbiya jarayonida jazolash metodi kutilgan samarani bermasligini eslatib o’tish joiz.
Boshlang’ich ta’limda amalga oshiriladigan tarbiya jarayonini quyidagi texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • multimediali texnologiyalar;

  • kompьyuterli texnologiyalar;

  • innovatsion pedagogik ta’lim texnologiyalar.

Mazkur texnologiyalar tezkorligi, qiziqligi va jalb etish xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. SHuningdek, bu texnologiyalar kutilmagan murakkab tabiiy sharoitlar davrlarida ta’limning masofaviy shaklidan foydalanishda juda qo’l keladi.
Umuman bugungi kunda boshlang’ich ta’limda tarbiya deganda quyidagilar tushuniladi, unga ko’ra, o’quvchilarga:

  • ijtimoiy tajribalar va madaniy yutuqlarni uzatish;

  • ularga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish;

  • ularning faoliyati va hayot tarzini tashkil etish;

  • ularning tarbiyachi bilan munosabatlarin yo’lga qo’yish;

  • murakkab sharoitlarda ularga yordam ko’rsatish.

Mazkur ta’kidlanganlarni quyidagicha tasavvur etish mumkin (5-chizma):

Download 54.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling