Hamma: Axir biz buyuk yurt farzandlarimiz.
Yalmog’iz kampir: Barakalla bolajonlar “5” bahoga o’qinglar. Haqiqatdan ham sizlar juda ko’p she’rlar o’rganibsizlar. Endi sizlarga Qorbobongizni qaytarib beraman. Qani bolajonlar Qorboboni birgalikda chaqiramiz.
Hamma: Qorbobo…….
Boshlovchi: Bo’g’irsoqning oldidan ayyor tulki chiqib qolibdi:
Parvina: (tulki) Voy bo’g’irsoqjon, qayerga ketyapsan?
Bo’g’isoq: O’rmonni sayr qilib yuribman.
Parvina:(tulki) Vaqtida kelding, o’zi qornim juda och edida o’ziyam. Men seni yeyman.
Bo’g’irsoq: Meni yemagin. Biz senga o’rtoqlarim bilan “Ona ”
haqida o’rgangan she’rlarimizni aytib beramiz.
Ona.
Saida: Ona bor dunyoda yashash boshqacha,
Onaning tafti-yu, mehri boshqacha
Kirsahamki hatto to`qson yoshgacha
Ona bor hayotda yashash boshqacha.
Mirfayz: Yashaydi onamiz bizlarni o`ylab,
Tunu kun xudodan baxtimiz so`rab,
Onasiz qolganlar to`ymaydi yig`lab,
Ona bor dunyoda yashash boshqacha
Elmira: odamda martaba obro` bo`lsa ham,
Qo`lida millionlab puli bo`lsa ham.
Yonida otasi hayot bo`lsa ham,
Ona bor hayotda yashash boshqacha.
Umar: Onalar doimo hurmatda bo`lsin,
Farzandi baxtini albatta ko`rsin
Yetimlik dardini azobi qursin,
Ona bor hayotda yashash boshqacha.
Ozoda: Yetimlik dardini yetim biladi,
Uning bu dunyosi bir kam bo`ladi,
O`zidan o`tganni o`zi biladi
Ona bor hayotda yashash boshqacha.
Jasmin: Onangiz umriga umr tilayman
Bir umr tugalmas baxtni tilayman
Onasi yo`qlardan uzr so`rayman,
Ona bor hayotda yashash boshqacha.
Jalilbek: Onam bor xudoga shukr qilaman,
Ularga ming bora ta`zim qilaman.
Shu sherni onamga deb atab o`qiyman,
Hamma: Onam bor hayotda yashash boshqacha.
Ona haqida videorolog:
Do'stlaringiz bilan baham: |