Boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish
-chizma. Auditorlik tekshiruvidagi asosiy vazifalar
Download 71.67 Kb.
|
BOSHQA AUDITORLARNING ISHI NATIJALARIDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-chizma. Auditorlar vazifasini tushunishdagi tafovutlar
2-chizma. Auditorlik tekshiruvidagi asosiy vazifalar.
Bu vazifani bajarish uchun auditordan keng professional va hatto intellektual dunyoqarash, yuksak axloqiy fazilat va nazorat ishining ma’lum ko’nikmalari talab qilinadi. Kengaytirilgan dasturda amalga oshiriladigan audit juda murakkabligi sababli odatda nazorat-taftish tadbirlarini mutaxassislar guruhi bajaradi, mutaxassislarning har biri biror kasb sohasida chuqur bilimli bo’ladi. Masalan, savdoda auditorlar guruhida buxgalterlar, tovarshunoslar, iqtisodchilar, iqtisodiy axborotni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi mavjud bo’lsa, ma’lumotlarni informatsion texnologiya mutaxassislari kiritadi. Umuman auditni tashkil etishning bunday shakli nazorat samaradorligi va sifatini oshiradi, uni o’tkazish muddatini kamaytiradi, demak ko’rsatiladigan xizmatga ketadigan xarajatini kamaytiradi. Auditorlik tekshiruvida korxona faoliyatining moliyaviy jihatlarini tahlil qilish, shuningdek, uni moliyaviy jihatdan sog’lomlashtirishga doir vazifalar bilan qo’shilib ketadi. Auditorlarning barcha (deyarli barcha) xizmatlari pul evaziga bajariladi, lekin bu mijoz korxonalarga ham, ularning buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchi «Uchinchi shaxslar» deb ataluvchilarga ham foydalidir. Keyinchalik O’zbekistonda ham bozor munosabatlari rivojlangan sari yuqorida aytilgan va shunga o’xshash tafovutlar kengayishi mumkin. Shu sababli auditning tashkiliy-yuridik va iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va ularni auditorlik xulosalaridan foydalanuvchilarning kutishlaridagi ob’ektiv tafovutlarni hisobga olib takomillashtirish lozim. 3-chizma. Auditorlar vazifasini tushunishdagi tafovutlar Auditor vazifasini anglashda tafovut faqat auditor va mijozlar o’rtasida bo’lib qolmaydi. Bir qancha hollarda (ayniqsa sudda va suddan tashqari hal qilishda) bizdan ko’ra ko’proq g’arb uchun harakterli bo’lgan bu tafovutlar uchinchi shaxslarning manfaatlariga daxldor bo’ladi, shuningdek keng jamoatchilik diqqatini jalb qiladi. Auditorlar dalolat berish vazifasini bajarar ekanlar buxgalteriya hisobotining to’g’riligi va ob’ektivligi to’g’risida fikr bildirish imkonini beradigan etarli darajada ishonchli dalillarni o’z vaqtida to’plashni o’zlarining vazifasi deb biladilar. Demak, auditorlar ko’pgina holatlarni (masalan, tekshirilayotgan xo’jalik tizimi xodimlari va ma’muriyatining suiste’mollarini) o’zlarining vazifalaridan, shuningdek olingan topshiriq mohiyatidan kelib chiqmaydigan qo’shimcha deb hisoblashlari kerak va ko’p auditorlar shunday deb hisoblamoqdalar. Biroq buxgalteriya hisobotini tuzuvchilar, undan foydalanuvchilar audit (umumiy audit, banklar, fondlar, sug’urta kompaniyalari auditi) davomida xizmat qanday bo’lishi lozimligiga biroz boshqacha qaraydilar. Masalan, auditorlar mahorat va ko’p gonorar olishga da’vo qiladilar, buxgalteriya hisobotini tuzuvchilar va undan foydalanuvchilar har qanday hollarda ham tekshiruvchilardan ulkan, muhim suiste’mollarnigina emas, mayda suiste’mollarni, hisobotdan barcha buzilishlarni ochib tashlashga samaradorlikni kutishlari mumkin. Biroq, tajribali auditor, ayniqsa endi ishlay boshlagan auditor bu sohalarda hamisha samarali ishlay olmasligini ko’rsatmoqda. Tekshiriladigan xo’jalik tizimining ma’muriyati auditorlar oldiga ehtimol tutilgan suiste’mollik faktlarini va ularning oqibatlarini aniqlash vazifasini qo’ysa - bu boshqa gap. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatuvchi yirik bazaning ma’muriyati o’z hududida joylashgan ikkita nomustaqil transport do’konida chakana savdo to’g’ri yuritilayotganini tekshirishni iltimos qildi. (Bu auditorlarning mijoz bilan kelishilgan tadbirlari bo’yicha xizmati deyiladi). Bunday topshiriqni bajarish uchun, shubhasiz tekshiruvchilar alohida auditorlik testlari va tadbirlarini ishlab chiqishlari nazoratning tovar va kassani to’satdan inventarizatsiya qilish, miqdor hisobini tiklash, shubha tug’dirgan alohida hujjatlar bo’yicha qayta tekshirish o’tkazish kabi alohida usullardan foydalanishlari lozim. O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Auditorlik faoliyati to’g’risidagi Qonuni mamlakatimizda auditorlik faoliyatini asosiy shartlarini belgilab berdi. Bu faoliyatni yuridik shaxs sifatida auditorlik tashkilotlari amalga oshiradi. Buning ustiga xodimlar tarkibiga ma’lum talablar ham qo’yildi, shunga muvofiq ravishda auditorlik tekshirishlarini o’tkazishga cheklashlar ham joriy etildi. Hozir amal qilayotgan cheklashlar bo’yicha hamma narsa auditning halqaro standartlariga mos kelmaydi. Bu xujjatlar auditor (auditorlik tashkiloti) faoliyatining faqat asosiy (tabiiyki hammasini emas) shartlarini belgilab berdi. Vazirlar Mahkamasining «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi qarori bilan kiritildi. 1992 yilda qabul qilingan «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunda va boshqa me’yoriy xujjatlarda auditorlar va auditorlik tashkilotlarining nizom kapitalidagi ulushi 51% dan kam bo’lmasligi kabi cheklash yo’q edi. Bularning hammmasi yig’ilib, katta miqdorni tashkil etadiki, o’z auditorlarimiz agar homiylarga murojaat qilmasalar, buncha pulni topishlari amri mahol. Chunki hozirgi paytda vujudga kelgan vaziyatda hisob va tahlil sohasidagi o’z mutaxassislarimiz xorijdagi o’z kasbdoshlariga nisbatan davlatga ancha ko’p pul to’lashga majbur bo’ladilar. Ahvol shunday ekan hukumatning bu ishlarining hammasi «Auditorlik firmalari auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog’ida ularning mustaqilligi qo’shimcha kafolatlanishini ta’minlash maqsadida» qilingani haqidagi gaplari to’g’riligiga ishonish qiyin. Xomiy qidirishga majbur bo’lgan odamda qanday mustaqillik, qanday qo’shimcha kafolat bo’lsin? Bu muammoning bir tomoni xolos. Sanab o’tilgan barcha shartlar diqqat bilan tahlil qilinsa, yana bir muhim jihatni aniqlash mumkin. Axir bunday sharoitda «Beshlik» uchun hali mustahkam oyoqqa turmagan O’zbekiston auditorlik tashkilotilarini, ayniqsa yakka tartibda ishlaydigan eng qimmatli, yuqori malakali auditorlarimizni engib chiqish mumkin (ko’p mamlakatlarda xuddi shunday bo’lgan). Bu muammoni hal etishda albatta mustaqillik tamoyili muhim rol o’ynaydi. Mustaqillik - auditorlik kasbining asosiy tamoyillaridan biridir. Aslini olganda bu professional fikrni bildirishga., ya’ni o’zining halolligi, vijdoni sofligi va kasbiga oid burchini bajarishga xolisona yondashish asosida auditorning dalolat berishi vazifasini bajarishiga imkon beradigan turmush tarzidir. Quyidagilar hamma tomonidan e’tirof etilgan: a) mutlaq mustaqillik amalda bo’lmaydigan orzu, lekin shunday mustaqillikka erishishga intilmay o’tkazilgan tekshirish umuman o’z mohiyatini yo’qotadi; b) tekshiruvchilarning bilim darajasi kengaygan sari tekshirishning samarasi ortadi va mustaqillik darajasi kamaygan sari pasayadi; v) deyarli hamisha tekshiruvchilar mustaqilligini pasaytiruvchi omillar vujudga kelishi mumkin; g) kasbiga doir faoliyat bilan shug’ullanayotgan auditorlarning mustaqilikka erishishga intilishi, ular duch keladigan salbiy omillarni ishonchli bartaraf etishlari uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim. Auditorlar mustaqilligini muhim ahamiyatga molikligi sababli kasbimizning ko’plab vakillari uni yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunga qo’shimcha kiritish lozimligini taklif qilmoqdalar. Bu mualliflar O’zbekiston uchun yangi bo’lgan bu tamoyilni esga olgan bo’lsalar ham uni talqin etishda darhol ikki xil ma’no chiqishiga yo’l qo’ydilar: «Mustaqillik» degan aniq tushunchaning qonunida yo’qligi auditorlik qonunda «mustaqil tekshirish» degan ta’rifida chalkashlikka olib kelishi mumkin. Jahon tajribasida bir qancha omillar va vaziyatlar ta’siri natijasida auditor mustaqilligi darajalari kamayib bormoqda. Ularni hammasini sanab o’tish qiyin, shunga qaramay ularning orasidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: a) auditor iqtisodiy sub’ekt aktsiyalariga (obligatsiyalariga) vaqtincha bo’lsada egalik qilishi, ularni birjalar, birjadan tashqari savdoda sotib olish va qayta sotishi; b) iqtisodiy sub’ekt ma’muriyati vakillaridan biri bilan birgalikda boshqa firmalarni ta’sis etishi, uning xodimi bo’lishi yoki ma’muriyat xodimlarini o’zi yollagan bo’lishi; v) shunga o’xshash raqobatchi guruhlarning yoki iqtisodiy sub’ektiga qarashli guruh xodimi bo’lishi; g) o’zi bajargan auditorlik xizmatlari uchun o’z auditorlik tashkilotlaridan emas, bevosita iqtisodiy sub’ektdan haq (moliyaviy yordam, qarz va shu kabilar) olgani; d) iqtisodiy sub’ekt ma’muriyati vakillariga yaqin qarindoshliligi; e) ko’p yillar ushbu iqtisodiy sub’ektni tekshirishda surunkasiga qatnashganligi va boshqalar. Amalda auditor mustaqilligi maqsad bo’lishi, auditorlar ham ularning mijozlari ham, umuman jamiyat ham shu maqsadga intilishi kerak. Bunday maqsadga ma’lum darajada erishsa bo’ladi. Masalan, auditor xizmati uchun ko’p xollarda uni yollagan mijoz shaxsini o’zi haq to’lashiga qaramay auditor bu ishni bajarish uchun etarli darajada mustaqil bo’lishi mumkin va lozim. Bundan tashqari auditorga tekshirilayotgan xo’jalik tizimi tomonidan haq to’lanishi agar bu tizim ma’muriyati jinoiy ishlarga botib qolmagan bo’lsa taklif etilgan mutaxassisga alohida ishonch bildiradi, hatto o’z xo’jaligi juda shubhali, xatarli zonalarni mufassal, chuqur tadqiq etish tashabbuskori bo’lishi ham ehtimoldan holi emas. Boshqacha aytganda auditorning mustaqilligi (xizmati uchun mijozdan haq oladigan notarius yoki vrachning mustaqilligi kabi) umuman fuqarolik jamiyati intilishi lozim bo’lgan maqsaddir, bu yaqinlashish ma’lum darajada mumkin va juda zarur bo’lgan maqsaddir. Auditor o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun avvalo, halollik, xolislik, kasbiy layoqat va odob, maxfiylik va albatta, mustaqillik tamoyillariga rioya qilishi shart. Keltirib o’tilgan bu tamoyillar O’zbekiston Respublikasi “Auditorlarning kasbga oida ahloq Kodeksi”da alohida qayd etilgan. Auditorlik bizning tushunchamizdagi xo’jalik faoliyatining tahlili, hujjatli to’liq taftish, balans schyotlarini tekshirish yoki aytaylik, sud-buxgalterlik ekspertizasi emasligiga qaramasdan, auditorlar o’z xizmat vazifalarini amalga oshirish chog’ida yuqorida sanab utilgan ishlar tartibi va hisob hamda nazorat-tahliliy amaliyotning boshqa sohalaridan foydalanadilar. O’z mijozlari orqali g’arb dunyosining va «Uchinchi mamlakatlar»ning butun xo’jalik mablag’larini haqiqatda nazorat qilayotgan xorijiy auditorlik tashkilotlari va banklari O’zbekiston iqtisodiyotini mikrodarajasida ishlashga va investitsiyalarni faqat o’zlari uchun foydali tarmoqlarga sarflashga oshkora imkoniyat olmoqdalar, jahon iqtisodiyotini tegishli tuzilmalarini shakllantirib, O’zbekistonda ham hozir shunday ish tutmoqdalar. Sanab o’tilgan muammolar hamjamiyatdagi joriy o’zgarishlarga, O’zbekiston auditorlik bozorining rivojlanish ehtiyojlariga mos kelmaydi, shuningdek mamlakatning to’la qonli auditini qaror toptirish va rivojlantirish vazifasi iqtisodiyotni barqarorlashtirishning eng asosiylaridan bo’lmasada, muhim vazifalardan biriga aylangan vaziyatga mos kelmaydi. Xulosa Umumiy xulosa qiladigan bo’lsak, Respublikamizda auditorlik tekshiruvlvrini tashkil etish va uning natijalarini umlashtirish va baholashning maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan atroflicha o’rganish va tahlil etish, muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan samarali taklif va tavsiyalar berish bo’lsa, iqtisodiyotda tutgan o’rni mulkchilik shaklidan qat’iy nazar birinchidan, moliyaviy-xo’jalik faoliyatining ishonchli, xolisona va mustaqil auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishini ta’minlash, ikkinchidan, amaldagi qonunchilikning takomillashtirilishi auditorlik xizmatining sifatli o’tkazilishini rag’batlantirishdan iboratdir. Download 71.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling