Boshqarish apparatlari haqida ummumiy ma’lumotlar
Download 428.92 Kb.
|
mri mustaqil iw
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarish apparatlari haqida ummumiy ma’lumotlar. Boshqarish apparatlarining elementlari: Elektromagnit kontaktorlar.
- Himoya apparatlari.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Uneversiteti Olmaliq filiali “ Elektr texnika va elektr mexanika “ kafedrasi “ Elektr apparatlari va avtomatlashtirish vositalari “ fanidan Mustaqil ishBajardi: 5A-19 KEM guruh talabasi Mirkamol Mirjamolov Qabul qildi: Shoyimov Y. Y. Olmaliq 2020-2021
Agar kontaktlarda yoyni o‘chiruvchi alohida mexanizm bo‘lsa, u 10.3- rasmda ko‘rsatilganday shartli belgi bilan ifodalanadi. Rele. Tashqi xabar (signal) yordamida elektr zanjirlarini uzibulaydigan mexanizm rele deyiladi. Relening o‘z kontaktlari bo‘lib, bu kontaktlarning ikki barqaror: tutashtirilgan va ajratilgan holatlari bo‘ladi. Tashqi xabar datchiklar vositasida olinadi. Datchik — bu biror fizik kattalik, masalan, issiqlik, vaqt, bosim va hokazolarni elektr xabar (signal)ga aylantiruvchi sezgir mexanizm. Issiqlik relesi, vaqt relesi, kuchlanish yoki tok relelari bo‘ladi. Vaqt relelari vazifasiga ko‘ra kechikib tutashadi va kechikib ajraladigan relelarga bo‘linadi. Kechikish vaqti —bu vaqt relesining xabar (buyruq) berilgandan keyin kontaktlarni tutashtira yoki ajrata boshlashigacha o‘tadigan vaqt oralig‘i. Elektr zanjirlarida vaqt relesining shartli belgilanishi .10.3- rasmda ko'rsatilgan. Himoya apparatlari. Elektr tarmoqlarida iste’molchilarni qisqa tutashuv, o‘ta yuklanish va boshqa shikastlanishlaiga sabab bo‘luvchi xavflardan saqlash uchun xizmat qiladigan apparatlar himoya apparatlari deyiladi. Eng sodda himoya mexanizmi — bu eruvchan sim saqlagichdir. Zanjirdagi tok miqdori ko‘payib ketganda saqlagichning simi erib ketadi va iste’molchi elektr tarmoqdan ajraladi. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida releli murakkab himoya sistemasi qoMlaniladi. Bu sistema datchiklar, kontaktlar, rele va hokazolar majmuasidan tashkil topgan. Download 428.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling