Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari


Download 21.48 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi21.48 Kb.
#1023171
1   2   3   4
Bog'liq
boshqaruv tamoillari

Salbiy tomonlari: bunda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv samaradorligining, kasb mahorati darajasining o’sishini ta'minlaydi, funktsional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xizmatchilar bunga yaxshi va tez ko’nikma hosil qiladilar, moddiy harajatlarni kamaytiradi va boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo’yadi va hokazo.
Ijobiy tomonlari: Funktsional organlar o’ziga topshirilgan funktsiyalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo’lib, "begona" funktsiyalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir rahbar o’z funktsiyalari bo’yicha farmoyish berish huquqiga ega bo’ladi. Binobarin, bu narsa: yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishiga, ijrochilar mas'uliyatining susayishiga olib keladi, chunki ijrochi bir boshliqqa emas, bir necha boshliqqa bo’ysinadi, ko’pincha ulardan bir-biriga zid ko’rsatmalar oladi.
Funktsional strukturadagi qayd qilingan kamchiliklar, ya'ni:

  • funktsional bo’limlar ishlashlarini muvofiqlashtirish darajasining yuqori emasligi;

  • rahbarlar vazifalari va huquqlarining etarli darajada muvofiqlashmaganligi;

  • ishning pirovard natijalari uchun aniq va mas'ul xodimlarning yo’qligi;

  • funktsional bo’linmalar o’rtasida ish yuzasidan nizolarning mavjudligi;

  • boshqaruv apparatida ishga turalarcha munosabatda bo’lish hollarining mavjudligi kabilarni bartaraf etish uchun chiziqli-funktsional (aralash) turdagi boshqaruv strukturasi tuziladi.

Chiziqli-funktsional boshqaruv strukturasida asosiy boshqaruv chiziqli boshqaruv bo’lib hisoblanadi. Barcha boshqaruv bosqichlari va mustaqil uchastkalar o’z rahbariga ega bo’ladi. Rahbar ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqarish huquqiga ega bo’ladi va faoliyat natijalari uchun to’la javobgar hisoblanadi.
Boshqaruvning chiziqli struktura sharoitida ishlaydigan rahbarlarga malakali yordam ko’rsatish uchun funktsional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi va bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat.
Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko’pgina muammolarni hal etish gorizontal bo’yicha kelishib olishni va muvofiqlashni talab etadi.
Bularni mazmun va muddatlariga ko’ra kelishib olish, ishlab chiqarishning ko’pgina unsurlarini tutashtirish ishlarini turli xizmatlar bajaradi. Goho funktsional xizmatlar o’rtasidagi bu gorizontal aloqalar juda cho’zilib ketadi, baxs va nizolar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli struktura rahbari esa ko’p sonli bo’linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muammolarni yangi tashkiliy boshqaruv strukturalarini tuzish yo’li bilan, aniqrog’i, chiziqli-funktsional boshqaruv strukturalariga tuzatishlar kiritish yo’li bilan hal etiladi. Bunday struktura
Download 21.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling