Boshqarish tuzilmasida bo‘g‘in va bosqichlar soni optimal bo‘lishi kerak


Download 4.79 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi4.79 Kb.
#1728239
Bog'liq
1 savolga malumot


Boshqarish tuzilmasida bo‘g‘in va bosqichlar soni optimal bo‘lishi kerak.
Bo‘g‘in va bosqichlar sonining asossiz ko‘payib ketishi:
- boshqaruv apparatini saqlash xarajatlarining ortib ketishga;
- axborotlarning o‘tish yo‘li va vaqtining cho‘zilib ketishiga;
- boshqarishda paralelizm va takrorlanishlarning vujudga kelishiga;
- boshqarishda mas‘uliyatsizlik unsurlarining tug‘ilishiga va pirovardda boshqaruv samarasining pasayishiga olib keladi.
Boshqarish tuzilmasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta‘minlashi lozim. Bu faoliyat joriy vazifalarning o‘z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo‘ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish ob‘ektlarining joylashuvi ham ta‘sir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, boshqarish tuzilmasi qanchalik mukammal bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta‘sir o‘tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi. Har bir tuzilmada rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar avvalo vertikal aloqalrdir. Ular rahbarlikning va bo‘ysinishning turiga ko‘ra bir biridan farq qiladi. Agar rahbarlik tulaqonli bo‘lib, qo‘yi organ qo‘yi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo‘lsa, u holda bu xildagi aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi. Agar rahbarlik cheklangan bo‘lib, qo‘yi organ qo‘yi faoliyatga doir o‘zining masalalariga daxldor bo‘lsa, u holda bu xildagi aloqa funksional vazifaviy rasmiy aloqa deb ataladi. Organlar o‘rtasidagi vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo‘lib, ular muvofiqlashtirish, uyg‘unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir. Boshqaruv stukturasida asosiy o‘rinni hokimiyatga tayanadigan rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhim ahamiyatga egadir. Ba‘zan ular tashkilotning ishini yo‘lga qo‘yishga hal qiluvchi ahamiyatga ega. Norasmiy aloqalar turli xilda bo‘lishi mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar, qiziqishlar, sport bilan shug‘ullanish yoki do‘stona munosabatlar, birga o‘qiganlik, kiradi.
Download 4.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling