Boshqarish va nazoratning struktura chizmalari
Boshqarish va nazorat struktura chizmalarining tarkibi
Download 252.32 Kb.
|
4-Амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarish va nazorat struktura chizmalarining bajarilishi
Boshqarish va nazorat struktura chizmalarining tarkibi
Boshqarishning va nazorat qilishning struktura chizmalari quyidagilarni о‘z ichiga oladi: -Asosiy funksional bо‘linmalarining yetarli darajada detallashtirilgan shartli belgilari, ya’ni ishlab chiqarish, sexlar, uchastkalar, bо‘limlar va uskunalar bо‘lishi mumkin; -asosiy boshqarish punktlarining shartli belgilari (joyidagi operator xonalari, dispetcher xonalari); -korxonaning asosiy va yordamchi xizmatlarining shartli belgilanishi; -xar bir boshqarish punktida amalga oshirilayotgan asosiy funksiyalarning shartli belgilari; -avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlariga kirgan texnik vositalarining shartli belgilari; -ishlab chiqarish, boshqarish punktlari korxona xizmatlari orasidagi xamda boshqa TJABT va yuqori ABT bilan bog‘liqlik chizmalarining shartli belgilari; -texnik vositalar va funksiyalarning rо‘yxati. Struktura chizmalarini tuzishda masshtablarga rioya qilinmaydi. 9-rasm. Boshqarish va nazorat struktura chizmalarining bajarilishi Asosiy bо‘linmalar va boshqarish punktlarining shartli belgilari tо‘rtburchak shaklida kо‘rsatiladi (9-rasm). Tо‘rtburchaklar gorizontal bо‘yicha bir necha bо‘laklarga bо‘linadi. Yuqori qismida agregatlar nomlari kо‘rsatiladi. Pastida bо‘lim yoki uchastkalarning nomlari kо‘rsatiladi. Shu tо‘rtburchaklarning eng pastida ishlab chiqarishning nomi kо‘rsatiladi. Boshqarish punktlarini ifodalaydigan tо‘rtburchaklarda gorizontal bо‘yicha besh bо‘lakga bо‘linadi: -Yuqori qismida boshqarish punkti nomi beriladi (ishlab chiqarishning dispetcher punkti, sexning operator punkti va boshqalar), -Ikkinchi qismida qaror qabul qilishga ma’sul texnik personal kо‘rsatiladi (smena dispetcheri, operatori va sh.о‘.), -Tо‘rtburchakning uchinchi qismida, ushbu punktda о‘rnatilgan asosiy qurilmalarning nomlari keltiriladi (nazariy shchiti, boshqarish pulti, mnemosxema, boshqaruvchi xisoblash kompleksi (UVK), aloqa vositasi va sh.о‘) -Tо‘rtinchi qatorda texnik vositalar funksional guruxlarining shartli belgilanishi kо‘rsatiladi, -Beshinchi qatorda texnik vositalarning funksiyasining shartli belgilanishi kо‘rsatiladi. Download 252.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling