Boshqaruv faoliyati elementlari va ulardan boshqaruv jarayonida samarali foydalanish
Download 455.41 Kb.
|
8-mavzu Boshqaruv faoliyati elementlari va ulardan boshqaruv jarayonida samarali foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonani boshqarish o‘z ichiga uch aspektni oladi
- 4.1.1-rasm. Korxonani boshqarish aspekti
BOSHQARUV FAOLIYATI ELEMENTLARI VA ULARDAN BOSHQARUV JARAYONIDA SAMARALI FOYDALANISHBoshqaruv va uning uslublari Korxonani boshqarishning mohiyati bir kishining yoki kishilar guruhining (boshqaruvchilar, menejerlar) boshqa kishilarga (xodimlarga) maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarini uyg‘otish uchun ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Keng ma’noda, bu yerda insonlarning o‘zaro kompleks munosabatlari doirasida qarorlarni shakllantirish, ularning harakatlanishi va bajarilishini ta’minlash faoliyatiga xizmat qiluvchi ko‘rsatmalar, jarayonlar va instrumentlar yig‘indisi nazarda tutiladi. Korxonani boshqarish o‘z ichiga uch aspektni oladi:“Kim kimni” boshqaradi? (institutsional aspekt). Bu aspekt boshqarish masalalari ijrochilarini, xususan, menejerlar va boshqaruv organlarini xarakterlaydi. Boshqa tomondan, shu tarzda kim boshqarishini, xususan, qarorlar bilan bog‘liq shaxslar va boshqa xodimlarni aniqlaydi. Boshqaruv “qanday” amalga oshiriladi va boshqaruvchilarga “qanday” ta’sir ko‘rsatadi (funksional aspekt). Bu aspekt, birinchidan, menejerlar va boshqaruv organlari faoliyati va shakllanishini xarakterlaydi. Bu yerda boshqaruvning funksiyalari va shuningdek, menejerlar faoliyatining maxsus xarakteristikalarini (boshqaruv uslublarini) ko‘rib chiqish mumkin. Boshqa tomondan, menenjerning boshqariluvchilarga ta’sir etish munosabatlari xarakterlanadi. Boshqaruv “nimalar” bilan amalga oshiriladi? (instrumental aspekt). Bu aspekt menejerlar o‘z vazifalarini amalga oshirishda ishlatadigan instrumentlari (boshqaruv instrumentlari)ga taalluqli. 4.1.1-rasm. Korxonani boshqarish aspektiBoshqaruv jarayonida etika masalalari ham alohida o‘rin egallaydi. Menejerlar “tadbirkor” organi nomidan va uning topshirig‘i bilan faoliyat yuritgani uchun boshqarishning ma’naviy o‘lchovlari tadbirkorlik etikasidan kelib chiqadi. Bundan tashqari, ular boshqaruvchilarning shaxsiy sifatlari, va shuningdek, barcha menejerlarning ishlab chiqarishdan tashqari etika kodekslari bilan aniqlanadi. Davosda (1973 yil fevralda) menejment bo‘yicha uchinchi Yevropa simpoziumining oxirgi kunida korxona menejerlarining “xulq etikasi” kodeksi loyihasi taklif qilindi. U quyidagilarni ifodalaydi: Menejerning professional vazifasi bo‘lib mijozlarga, kasbdoshlarga, sarmoyadorlarga va jamiyatga xizmat qilish, bir-biriga karama-qarshi bo‘lgan qiziqishlarni murosaga keltirish hisoblanadi. Menejer mijozlarga xizmat qilishi kerak. U mijozlar ehtiyojini eng yaxshi tarzda qondirishi kerak. Uning xatti-harakatlari korxonalar o‘rtasidagi bahoni maksimal darajada pasaytirishni, mahsulotning sifati va xilma-xilligini ta’minlovchi teng musobakaga qaratilishi kerak. Raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarga yangi g‘oyalar va texnologik yangiliklarni joriy qilishga harakat qilishi zarur. Menejer kasbdoshlarga xizmat qilishi darkor, u faqat shundagina kasbdoshlari tomonidan qabul qilinadiki, qachonki ularning qiziqishlari bir vaqtda e’tiborga olinganida. Menejer kapital qo‘yuvchilarga xizmat qilishi lozim. U kapital qo‘yilmalarning davlat zayom ssudalari daromad foizidan yuqori daromadini ta’minlashi kerak. Bu nisbatan yuqori daromad katta tavakkalchilikni mukofotlash uchun zarur. Korxona menejeri kapital kirituvchining vasiysi hisoblanadi. Korxona menejerining mijozlarga, kasbdoshlarga, kapital qo‘yuvchilarga (sarmoyadorlarga) va jamiyatga xizmat qilishi korxonaning uzoq muddat yashashi ta’minlanganidagina mumkin bo‘ladi. Buning uchun korxonaning yetarli daromadlar olishi zarur. Boshqarish jarayoni va stillari. Boshqarish jarayoni bir tomondan, menejerning maqsadlari, ko‘rsatmalari va qobiliyatlari bilan, boshqa tomondan esa boshqaruv amalga oshirilayotgan vaziyat bilan aniqlanadi. Vaziyatni aniqlovchi omillar masalaning qo‘yilishidan, xodimlar muammolarini hal qilish uchun nazarda tutilgan potensialdan va tashqi muhitning hukmron sharoitlaridan kelib chiqadi. Boshqaruv stili (uslubi) deganda menejer xulqining odatiy ko‘rinishi va o‘zini tutish usullari tushuniladi. Qabul qilinadigan qarorlarda boshqaruvchilarning ishtirokiga ko‘ra boshqaruvning ideal-tipik avtoritar, aloqadorlik va avtonom (muxtor) uslublari ajratiladi. Boshqaruvning avtoritar uslubi menejer uchun hokimiyat mavjud bo‘lganda irodaning yakkashaxsliligi va markazlashganligini namoyon bo‘lishi bilan ajralib turadi. Menejer hal qiladi va buyuradi, xodimlar bu farmoyishlarni bajarishlari lozim. Bunda turli holatlar ko‘zga ko‘rinadi: buyruqbozlik uslubi. Menejer boshqariluvchilarning ishtirokisiz hal qiladi va kat’iy buyuradi, xodimlar jazolar xavfi ostida unga ergashishga majburlar; avtokratik uslub. Bunda menejer ixtiyorida hokimiyat uchun katta apparat mavjud; byurokratik uslub. Menejer obro‘si bu yerda rasmiy tabaqaviy tartiblardan kelib chiqadi. Menejerlar va xodimlar bitta batafsil qoidalar tizimiga bo‘ysinadilar; patriarhal (matriarhal) uslub. Menejer “oila boshlig‘i” obro‘si yordamida qayg‘urib va butun javobgarlikni o‘z zimmasiga olib, qarorni tushuntiradi va buyuradi, xodimlar unga bo‘lgan cheksiz ishonch asosida buysunadilar; xushmoyillik uslubi. Menejer o‘z obro‘sini shaxsning eng yaxshi takrorlanmas sifatlari asosida qaror toptiradi va shunga yarasha yuqori shaxsiy mavqega erishadi, xodimlap uning qarorlari ortidan ergashadilar, chunki uning ichki ijobiy hislatlariga ishonadilar. Download 455.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling