Boshqaruv faoliyatini tashkil etish
Download 147.6 Kb.
|
Boshqaruv mehnatini tashkil etish
Boshqaruv mehnatini tashkil etishBI 121 guruh talabasi Hasanov MuhammadlazizREJA:
Boshqaruv mehnati — bu ma’muriy boshqaruv xodimlari tomonidan tomonidan bajariladigan operatsiyalar va ishlardir. Boshqaruv mehnati mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash davrlarida ajratiladi. Mamuriy boshqaruv hodimlarining mehnati yig‘ma ijtimoiy mehnatning ajralmas qismidir. Demak boshqaruv tizimidagi mehnat qanchalik samarali bo‘lsa, yig‘ma mehnatning natijalari ham shunchalik yuqori bo`ladi. Ammo ma’muriy boshqaruv xodimlari, ishchilardan farqli ravishda, o‘zlari bevosita mehnat predmetiga ta’sir ko‘rsatmaydi, ya`ni o`zlarining qo`llari bilan (mehhnat vositalaridan foyadalanish bilan) moddiy boyliklarni ishlab chiqarmaydilar. Ular bevosita ishlab (tijorat) operatsiyalarini bajarish bilan band bo`lgan odamlarning samarali mehnati uchun kerakli tashkiliy-tehnik va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratadilar. Evristik mehnat — avvalo rahbar va mutaxassislar mehnatidir. U ijodiy aqliy faoliyatining tabiati, ularning psixofiziologik mohiyatini to‘liq aks ettiradi. 0‘zining mazmuniga ko‘ra evristik mehnat operatsiyalarning ikkita turidan tashkil topadi: tahliliy va konstruktiv. Tahliliy operatsiyalar qarorlar qabul qilish uchun zarur axborotlarni qabul qilish va idrok etishdan abort. Bunday operatsiyalarga, ularni bajarish shakl va usullariga ko‘ra, quyidagilar kiradi: turli hujjatlar va adabiy manbalarni ko‘rib chiqish va o‘rganish; og'zaki suhbatlar, so‘rovlar va bevosita kuzatuvlar o‘tkazish, tahlil natijalarini tegishli hujjatlarda (ma’lumotnomalar, ma’ruzalar, tahliliy obzorlarda) bayon etish, mavjud holatning tashxisini qo‘yish yoki aniqlash.Ma’muriy mehnat — aqliy mehnatning o‘ziga xos turi bo‘lib, uning vazifaviy belgilanishi odamlar harakati va xulqini ularning mehnat faoliyatlari jarayonida bevosita boshqarishdan iborat boladi. Ma’muriy mehnat jarayoni quyidagi tashkiliy-ma’muriy operatsiyalarni bajarishda vujudga keladi: xizmatli kommunikatsion (og‘zaki axborotni telefonda so‘zlashishlar yoli bilan uzatish va qabul qilish, ish joylarini aylanib chiqish, xodimlar va keluvchilarni qabul qilish, korxona doirasida harakatlanishlar); yo‘riqnomaviy (qarorlarni ijrochilarga og‘zaki farmoyishlar, yozma buyruqlar, ko‘rsatmalar berish yoli bilan yetkazish. Operator mehnati — asosan texnik ijrochilarning ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini axborotli ta’minlash uchun zarur bolgan stereotipli (bir xildagi), takrorlanuvchi operatsiyalarni bajarish bo‘yicha mehnatidir. Ta’kidlash joizki, ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatining mazmuni o‘zgarmay qolmaydi. Tadqiqotga ko‘ra, hisob, axborot va hujjatli operatsiyalar ularda hozircha ish vaqtining 70% gachasini egallaydi. Ammo rahbar va mutaxassislar tomonidan texnik vositalar qollanilishi, bir xil, kam mazmunli operatsiyalar mashinalarga topshirilishi, mehnatning yangi usul va vositalari yaratilishi, boshqaruvni tashkil etish takomillashuvi natijasida ular mehnatining mazmuni ancha o‘zgaradi, ularning ishida ijodiy operatsiyalar salmog‘i ortadi. Boshqaruv xodimlari mehnatini shunday tashkil etish kerakki, u ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajriba, xo‘jalik yuritishning ilg'or shakllaridan foydalanish, texnik vositalarni qollashga asoslanadi. U xizmatchilarni bir-birlari va ishchilar bilan hamda ishlab chiqarish (tijorat)ni boshqarish va muh andislik-texnik va iqtisodiy ta’minlash vazifalarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan texnik vositalar bilan o‘zaro hamkorligini yaxshiroq o‘rnatish va muntazam ravishda takomillashtirishga imkon yaratadi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning maqsadi ishlovchilarning sog‘liklarini saqlab qolgan holda mehnat unumdorligini oshirishdan iboratdir. Rahbarlar va mutaxassislar mehnatining mazmuni va ish vaqti xarajatlarining tuzilishini o‘rganish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: anketali va og‘zaki so‘rovlar, u xodimni uning mehnati qanchalik oqilona tashkil etilganligi haqidagi fikrini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi. Rahbarning o‘zini o‘zi boshqarishi 0‘zini o‘zi boshqarish bu rahbarning kundalik amaliyotda ishning zamonaviy usullaridan maqsadga muvofiq va izchil foydalanishini o‘z ichiga oluvchi shaxsiy ishini tashkil etish hamda uning o‘zini o‘zi rivojlantirishidir. Keluvchilar oqimini boshqarish ham muhim ahamiyatga ega, u avvalo keraksiz va ma’lum qilinmagan keluvchilardan o‘zini chetga tortishga qaratilgan. Rahbarlar ishlarni begona masalalarga chalg‘itmasdan o'ylab ko‘rishlari uchun vaqtga ega bo‘lishlari kerak. Agar har qanday kishi haftaning har qanday kunida va kunning har qanday vaqtida shaxsan yoki telefon bo‘yicha menejer bilan muloqot qilishga da’vogarlik qilsa, bu yo‘l qo‘yib bolmaydigan ortiqchalik hisoblanadi. Bu narsa sodir bo‘lmasligi uchun quyidagilar tavsiya etiladi: — kotibga keluvchi muddati va sanasini oldindan muvofiqlashtirish va unga rioya qilishni topshirish; — kotibning yozuv stolidan o‘ziga xos to‘siq sifatida foydalanish, uni hech kim «Men Sizga nima qilishim mumkin?», «U Sizga qo‘ng‘iroq qilishi mumkinmi?» so‘rovlarini olmasdan, chetlab o‘ta olmaydi. Download 147.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling