Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta


O‘quv dasturi umumiy talablari


Download 432.65 Kb.
bet13/118
Sana10.01.2023
Hajmi432.65 Kb.
#1086434
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118
Bog'liq
40810202 - Elektr jihozlari mexanigi

1. O‘quv dasturi umumiy talablari

Dastur nomi

Elektrotexnika va elektronika asoslari

Ajratilgan soat

40

mavzular soni

16

Dasturning maqsadi

Dastur elektrotexnika asoslarini, elektr qurilmalaridan foydalanish qoidalarini va qurilmalari tuzilishini va ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish qoidalarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash hamda qo‘llanishi, chiziqli o‘zgarmas tok zanjiri, elektr toki fazalari tushunchalarini yoritib beradi.
Elektr o‘lchamlari va o‘lchov asboblari, transformatorlar vazifasi va tuzilishi, elektr mashinalarining turlari va ularning vazifasi haqidagi tushunchalarni yoritib berish

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

Elektr energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash hamda qo‘llanishi, chiziqli o‘zgarmas tok zanjiri, elektr toki fazalar, Elektr o‘lchamlari va o‘lchov asboblari, transformatorlar vazifasi va tuzilishi, elektr mashinalarining turlari va ularning vazifasi qila olishiga olib keladi.

Bilimlar



  • o‘zgarmas va o‘zgaruvchan elektr toki xususiyatlarini;

  • elektr tokining kuchi, kuchlanishi, quvvatini, o‘tkazuvchilar qarshiligini o‘lchov birliklarini, ularni o‘lchash usullarini;

  • sodda elektrik, magnit va elektron zanjirlarni asosiy parametrlarini hisoblash va o‘lchash usullarini;

  • o‘tkazuvchilar va tok manbaalarini ketma-ket va parallel ulash prinsiplarini;

  • elektr o‘lchov asboblari (ampermetr, voltmetr) tuzilishini, ularning ishlash prinsiplarini, elektr zanjiriga ulash qoidalarini;

  • o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok dvigatellari magnit maydoni xususiyatlarini, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplarini;

  • ishlatayotgan dastgohlarida o‘rnatilgan elektrodvigatellarini ishga tushirish va to‘xtatish qoidalarini;

  • elektrodvigatellarning himoya apparatlarini;

  • qisqa tutashuvdan saqlanish (yerga ulash, nollash) usullari

Ko‘nikmalar



  • sodda va montaj elektr sxemalarini o‘qish;

  • sodda elektrik, magnit va elektron zanjirlarni asosiy parametrlarini o‘lchash;

  • elektr o‘lchov asboblari bilan ishlash;

  • ishlatayotgan dastgohlarida o‘rnatilgan elektrodvigatellarini ishga tushirish va to‘xtatish.


Download 432.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling