Dastur nomi
|
Kimyo
|
Ajratilgan soat
|
40
|
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
|
20
|
Dasturning maqsadi
|
O‘quvchilariga “Kimyo” fanidan tavsiya etilayotgan dasturning maqsadi umumiy o‘rta va maxsus ta’lim negizida analitik kimyo fanidan fundamental bilim berishdan, kimyoviy jarayonlarni ilmiy asosda tushuntirish orqali o‘quvchini ilmiy dunyo- qarashini rivojlantirishdan,analitik kimyoning fanlararo ustuvorligidan, mavzularni tushunchalarini salohiyatlarini oshirishdan iborat.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
- Fanning mazmun-mohiyatini ta’riflay oladi;
“Kimyo “ fani umumta’lim fan sifatida o‘tiladi. Ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, turli xil mashina va mexanizmlarni yaratish uchun ko‘pgina analitik reaksiyalardan foydalanish talab etiladi.
|
Bilimlar
|
analitik kimyo fani haqidato‘liq ma’lumotga ega bo‘lish;
kimyoning asosiy qonunlarini yaxshi bilish;
elementlar haqidato‘liq ma’lumotga ega bo‘lish;
kimyoviy tenglamalardan to‘liq foydalanish;
guruhkationlarini aniqlash;
davriy sistemadagi guruhlarga katta e’tibor berish;
moddalarni analitik tekshirish.
|
Ko‘nikmalar
|
moddalarni analitik nazorat qilish;
reaktivlardan to‘g‘ri foydalanish;
nazoratda ishlatiladigan shtativ va idishlar haqidama’lumotga ega bo‘lish;
har bir guruh kationlari haqidatushunchaga ega bo‘lish;
laboratoriya ishlarini bajarishda oqilona foydalanish;
turli xil moddalardan foydalanishda extiyot choralariga amal qilish;-zaxarli moddalarga katta e’tibor berish;
davriy sistemadan to‘g‘ri foydalanish;
|
|