O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Amaliyot o‘tash jarayonida o‘quvchilar ishlab chiqarish, ijtimoiy-siyosiy va tashkiliy ishlar tajribasini o‘qlga kiritiladi.
Amaliyotning vazifalari-o‘quvchilarni boyitish jihozlari, jihozlardan foydalanish va ularni ta’mirlash shartlari bilan tanishish, shuningdek, texnologik jarayondan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatishnging amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lishdir.
Amaliyotni tashkil etish.
Amaliyot boshlanishdan avval bo‘limda obzorli leksiya o‘tkaziladigan, unda obyektlarning tavsifnomasi, texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma va o‘zini tutish qoidalari xaqida tushuncha berish.
O‘quvchilar obyektlar bo‘yicha taqsimlanib bo‘linganlaridan so‘ng, amaliyot rahbarlari ular bilan suxbat o‘tkazadilar va amaliyotning bazalari, uning vazifalari to‘g‘risida tushuncha beradilar, hamda ularga kundalik daftarlari amaliyotlar bo‘yicha dasturlar va uslubiy qo‘llanmalar, amaliyotga yo‘llanma beriladi.
Amaliyot o‘tadigan joyga kelgandan so‘ng o‘quvchilar tegishli lavozimlar bo‘yicha rasmiylashtiriladilar., ular bilan texnika xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.Ishga kirgan vaqtidan boshlab o‘quvchilar mehnat qonunchiligini bajarishga, korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalariga bo‘ysunishga majburdirlar.
|