O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi
|
“Anatomiya, fiziologiya va patologiya”
“Hamshiralik ishi asoslari”
“Bolalar kasalliklar asoslari va birinchi tibbiy yordam” “Ichki kasalliklar asoslari va birinchi tibbiy yordam”
|
O‘qitishning tashkiliy shakli
|
N –nazariy ta’lim;
A –amaliy ta’lim;
NA –birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
MX –maxsus xonalarda mashg‘ulot.
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhga tayinlangan dars tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Joriy baholash tartibiga asoslanib
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
|
Yozma,og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq
|
2. O‘quv dasturi mazmuni
№
|
Mavzuning nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O‘qitishni
tashkiliy shakli
|
Mustaqil ta’lim
|
N
|
A
|
1
|
Kirish. Fizioterapiya haqida tushuncha
|
Fizioterapiya va tibbiy reabilitasiya fani haqida tushuncha. fizioterapiya fani asoschilari va rivojlanish tarixi. Zamonaviy fizioterapiya. O‘zbekistonda fizioterapiya sohasidagi islohatlar.
Fizioterapiyaning tarkibiy qismlari. Inson salomatligini tiklashda fizioterapiyani o‘rni. Fizioterapevtik muolajalarning odam organizmiga ta’sir mexanizmi.
|
12
|
2
|
|
|
2
|
Fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazish tartibi
|
Fizioterapiya bo‘limining tuzilishi va ish tartibi. Fizioterapiya bo‘limidagi muolaja xonalari, ularning jihozlanishi, yuritiladigan asosiy xujjatlar bilan ishlash. O‘rta tibbiyot hodimining fizioterapiya bo‘limidagi vazifalari. Bemorlar bilan muloqot o‘tkazish.
Fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazish. Oddiy fizioterapiya muolajalari haqida tushuncha, turlari, qo‘llash usullari, ko‘rsatma va mo‘neliklar, asoratlari.
Elektr, yorug‘lik, issiqlik, quyosh, suv va havo bilan davolash haqida tushuncha, turlari, muolajaga ko‘rsatma va mo‘neliklar, asoratlari, apparatlar bilan ishlashda texnika havfsizlik qoidalari.
Turli kasalliklarda fizioterapevtik muolajalarni to‘g‘ri tavsiya etish, sog‘lomlashtirish maqsadida fizioterapevtik muolajalarni qo‘llash.
Fiziodavolashda va elektrojarohat holatidagi patologik reaksiyada birinchi yordam ko‘rsatish, fizioterapiya bo‘limida davolanayotgan bemorlar bilan etika va deontologiya qoidalariga amal qilgan holda muloqot olib borish.
|
24
|
10
|
24
|
20
|
3
|
Uqalash
|
Uqalash tushunchasi, ukalashning organizmga ta’siri, davolovchi va sog‘lomlashtiruvchi uqalashni fiziologik ta’siri.
Fizioterapiya bo‘limida uqalash xonasining tuzilishi. Uqalash xonasida ishlovchi tibbiyot xodimining vazifalari.
Uqalash muolajasini o‘tkazish uchun ko‘rsatma va mo‘neliklar. Davolovchi uqalashning asosiy usullari va turlari. Tananing ayrim qismlari uchun uqalash muolajalarni to‘g‘ri tanlash. Orqani uqalash muolajasi. Ko‘krakni uqalash muolajasi. Qo‘l va oyoqni uqalash muolajasi. Qorinni uqalash muolajasi.
Turli kasalliklarda uqalash muolajalarini o‘tkazish. Asab sistemasi kasalliklarida uqalashni qo‘llash. Osteoxondroz kasalligida uqalashni qo‘llash. Katta yoshdagilar kasalliklarida uqalashni qo‘llash. Bolalar kasalliklarida uqalashni qo‘llash.
|
16
|
4
|
12
|
8
|
4
|
Reabilitasiya haqida tushuncha
|
Reabilitasiya haqida tushuncha. Reabilitasiyaning rivojlanish tarixi. Reabilitasiyaning usullari.
Tibbiy, ijtimoiy, mehnat va psixologik reabilitasiya. Inson salomatligini saqlashda reabilitasiyaning o‘rni va ahamiyati.
|
2
|
2
|
|
|
5
|
Dispanserizasiya va reabilitasiya
|
Dispinserizasiya va reabilitasiya asoslari. Aholi o‘rtasida dispanserizasiya tadbirlarini o‘tkazishni ahamiyati. Patronaj o‘tkazish tartibi. Mehnatga layokatlilik ekspertizasi haqida tushuncha. Mehnatga layoqatlilik ekspertizasini olib borishdagi chora tadbirlar.
Turli kasalliklar reabilitasiyasida mehnat bilan davolash usuli va davolovchi jismoniy tarbiyaning roli va ahamiyati, talablari, o‘tkazish chora tadbirlari.
|
6
|
2
|
4
|
2
|
6
|
Individual reabilitasiya dasturini tuzish
va turli kasalliklarda reabilitasiya tadbirlari
|
Bemorga individual reabilitasiya dasturni tuzishni ahamiyati. Bemor tashhisi va kasalligi davriga asoslangan reabilitasiya usullari.
Yurak-qon tomir, nafas, ovqat hazm qilish, siydik chiqarish yo‘llari va buyrak kasalliklari, endokrin tizimlari kasalliklarida tibbiy reabilitasiya tadbirlari. Fizioterapevtik muolajalar, uqalash, davo fizkulturasi. Kasallikdan so‘ng salomatlikni qayta tiklashda reabilitastya usullarini qo‘llashni ahamiyati.
Nerv tizimlari, tayanch – harakat apparatining destruktiv-distrofik kasalliklari, ginekologik kasalliklarda, akusherlik va pediatriyada uchraydigan ba’zi patologik holatlar, xirurgik kasalliklar va travmatologiyada bemorlarning reabilitasiyasi. Bemorlarga tashhisiga va kasalligini davriga asoslanib reabilitasiya etapini aniqlash, reabilitasiya etaplarida davolovchi jismoniy tarbiyani vositalarini va shakllarinitanlash va to‘g‘ri tavsiya qilish, rasmiylashtirilgan davolovchi usullarni samaradorligini aniqlash.
Fizioterapevtik muolajalar, uqalash, davo fizkulturasi. Kasallikdan so‘ng salomatlikni qayta tiklashda reabilitastya usullarini qo‘llashni ahamiyati.
|
24
|
8
|
16
|
12
|
7
|
Sanatoriy va kurortlarda davolanish.
Fizioprofilaktika.
|
Sanatoriy va kurortlarda davolanish haqida tushuncha. Sanatoriy va kurortlarni asosiy turlari, O‘zbekiston kurort va sanatoriylari.
Fizioterapevtik muolajalar va jismoniy tarbiya usullarinibemorga sanatoriy turini tanlash va sanatoriy sharoitda reabilitasiya tadbirlarini.
Fizioprofilaktika haqida tushuncha. Fizioprofilaktikaning asosiy usullari va organizmga ta’siri.
Turli kasalliklarda bemorga sanatoriy turini tanlash va sanatoriy sharoitda reabilitasiya tadbirlarini aniqlash. Sanatoriy kurortlarda reabilitasiya tadbirlarini olib borish.
Sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llash va jismoniy tarbiya usullarini tavsiya qilishni.
|
6
|
2
|
4
|
3
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |