Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta


IV- semestr Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti kvalifikasiyasida


Download 1.17 Mb.
bet168/170
Sana04.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1163089
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   170
Bog'liq
40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2)

IV- semestr Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti kvalifikasiyasida

1

Shifoxonaning ichki kasalliklar bo‘limida ishlash.

Nafas olish a’zolari kasalliklarida bemorlarni subyektiv va asosiy obyektiv tekshirish usullarini o‘tkazish. Laborator va asbob uskunali tekshiruvlarga bemorlarni, kerakli ashyolarni tayyorlash. Kechiktirib bo‘lmaydigan xolatlar(qon tuflash, tana haroratining ko‘tarilishi, o‘pkadan qon ketish, xurujli yo‘tal, astma xuruji)da shoshilinch yordam ko‘rsatish. Bemorlarda oksigenoterapiyani o‘tkazish. Antibiotiklarni eritish, dozasini hisoblash.
Bemorlarda EKG olish. Bioximik tahlil uchun venadan qon olish, qon chiqarish, kislorod yostig‘ini to‘ldirish, bemorlarga namlangan kislorod berish. inyeksiyalarni mustaqil bajarish. Kasalliklarda yuzaga keladigan kechiktirib bo‘lmaydigan shoshilinch holatlar (gipertonik kriz, stenokardiya xuruji, o‘tkir miokard infarkti, kardiogen shok, o‘tkir yurak–qon tomir yetishmovchiligi)da birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish.
Bemor qusganda yordam ko‘rsatish. Huqna qo‘yish, gaz chiqaruvchi naychani qo‘yish uchun kerakli ashyolarni va bemorni tayyorlash. Inyeksiyalarni mustaqil bajarish. Tibbiy hujjatlarni to‘ldirish. Kechiktirib bo‘lmaydigan og‘ir holatlar(me’da, ichakdan qon ketish, ovqatdan zaxarlanish, o‘t sanchig‘i, “o‘tkir qorin” sindromi)da bemorlarga birinchi tibbiy yordam berish.

6

A

3

2

Shifoxonaning ichki kasalliklar bo‘limida ishlash.

Badandagi shishlarni aniqlash, Pasternaskiy simptomiga tekshirish. Umumiy tahlil va sinamalarga siydik yig‘ish uchun kerakli ashyolarni va bemorlarni tayyorlash. Sutkalik diurezni o‘lchash. Qovuqni kateterlash uchun kerakli ashyolarni va bemorni tayyorlash. Grelka va issiq vanna tayyorlash. Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar (uremik koma, buyrak sanchig‘i)da shoshilinch yordam ko‘rsatish.
Kechiktirib bo‘lmaydigan xolatlar (qon ketishlar, xushdan ketish, kollaps, gipertermiya)da birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Glyukometr yordamida qondagi qandni aniqlash va bemorga o‘rgatish. Qandga siydik yig‘ish uchun kerakli ashyolarni tayyorlash va bemorga tushuntirish. Insulin dozasini hisoblash, flakondan shprisga tortish va bemorlarga inyeksiya qilish. Bemorlarga o‘z-o‘ziga insulin yuborishni o‘rgatish. Kechiktirib bo‘lmaydigan shoshilinch holatlar(tireotoksik kriz, giperglikemik va gipoglikemik komalar)da birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

6

A

3

3

Shifoxonaning ichki kasalliklar bo‘limida ishlash.

Bemorlarda ortopedik jihozlarni qo‘llash va ularni rentgenologik tekshiruvga tayyorlash. Bemorga qulay vaziyat yaratish uchun funksional krovatdan foydalanish. Bemorlarni ovqatlantirish, terisini parvarish qilish, yotoq yaralarini oldini olish. Bemorlarning kiyimlarini va oqliklarini almashtirish.

6

A

3

4

Shifoxonaning ichki kasalliklar bo‘limida ishlash.

Kasbga oid kasalliklarda bemorlarni obyektiv tekshiruvlarni o‘tkazish. Bemorlarga namlangan kislorod berish. Shoshilinch holatlar(bo‘g‘ilish xuruji, gipertermik sindrom, nafas yetishmovchiligi)da bemorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
O‘tkir allergozlar bilan og‘rigan bemorlarda subyektiv, asosiy obyektiv tekshiruvlarni o‘tkazish. Tana harorati, puls, A/D va NOT ni o‘lchash va belgilash.Allergologik sinamalarga bemorni va kerakli ashyolarni tayyorlash. Allergologik sinamalar qo‘yish. Kislorod yostig‘ini to‘ldirish va bemorga namlangan kislorod berish. O‘tkir allergik reaksiyalar(o‘tkir eshakemi, kvinke shishi, anafilaktik shok)da bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

6

A

3

5

Oilaviy poliklinikasida ishlash.

Yoshiga qarab jismoniy o‘lchamlarini aniqlash. Vazn-bo‘y indeksini (VBI) aniqlash, yoshga nisbatan bo‘y (uzunlik)ni aniqlash, yoshga nisbatan vazn, bo‘yga nisbatan vazn va yoshga nisbatan vazn bo‘y indeksini aniqlash.
Sog‘lom chaqaloqning holatini baholash: yetilganlik belgilari, Apgar shkalasi bo‘yicha baholash.
Muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlarni aniqlash: muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarning ta’rifi, muddatiga etmaslik darajalarini baholash. Oilaviy poliklinika, QVP va stasionarlarda xamshiralarning faoliyati bilan tanishish. Filtrda, vrachgacha bo‘lgan xonadagi qabulda, sog‘lom bola xonasida, pediatr xonasidagi hamshiralarning vazifalari bilan tanishish.

6

A

3

6

Bolalar kasalliklari bo‘limida ishlash

Nafas olish a’zolari kasalliklari bilan kasallangan bolalarda hamshiralik parvarishini o‘tkazish.
Qon aylanish a’zolariga baxo berish: shikoyatlari, anamnez, umumiy ko‘zdan kechirish, pulsni hisoblash va xarakterini aniqlash, arterial bosimni o‘lchash, yurakni perkussiya va auskultasiya qilish.
Ovqat xazm qilish a’zolari: gastrit, diareya, enterokolit kasalliklarida bola holatini baholash, shikoyatlari, anamnez, umumiy ko‘zdan kechirish, qorinni palpasiya, perkussiya qilish.
Oilaviy poliklinikalardagi ORT (oral regidratasion terapiya) burchagi bilan tanishish va ishlash
Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklarida bola holatini baholash; shikoyatlari, anamnez, umumiy ko‘zdan kechirish, qon tahlili natijalarini o‘qish va baholash.
Qandli diabet xamshiralik parvarishi. Diabetik koma (giperglikemik va gipoglikemik): belgilari va hamshiralik parvarishi
Qandli diabet bilan kasallangan bola va uning oilasiga parhyez va kun tartibini tashkil qilish haqida suhbat rejasini tuzish. Insulinoterapiya o‘tkazish qoidalarini o‘rganish. Buyrak va siydik chiqarish a’zolari kasalliklarida bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishini o‘tkazish. Uremik komada bolaga shoshilinch yordam ko‘rsatish.

6

A

3

7

Bolalar yuqumli kasalliklar bo‘limida ishlash.

Sil bilan og‘rigan dispanser kuzatuvi.
Bolaga yillik profilaktik emlash rejasini tuzish va tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish. Onaga (oilasiga) emlashdan so‘ng e’tiborni qaratish lozim bo‘lgan holatlar haqida tavsiyalar berish
Bo‘g‘maga qarshi zardob yuborish usulini o‘rganish. Tomoqdan surtma olish va laboratoriyaga yuborish. Observasiya varaqasini tuzish. Shoshilinch xabarnomani to‘ldirish.
Qizamiq, qizilcha, suvchechak, skarlatina bilan og‘rigan bemor bolalarni parvarish qilish. Teri va shilliq qavatlarini parvarish qilish. toshmalarni yiringlashini oldini olishni.
Yuqumli ichak kasalliklari bilan kasallangan bolalarga hamshiralik parvarishini o‘tkazish: kun tartibi va parhyezni o‘rganish, teri va shilliq qavatlarni parvarishlash, og‘iz orqali regidratasiya o‘tkazish, davo va tozalovchi ho‘qnalar o‘tkazish.
Virusli gepatit kasalligi bilan kasallangan bolalarga hamshiralik parvarishini o‘tkazish: kun tartibi va parhyezni o‘rganish, teri va shilliq qavatlarni parvarishlash, qusganda birinchi yordam ko‘rsatish, ahlat va peshobni kuzatish va ularni belgilash.
OIV-infeksiyasi bilan kasallangan shaxslarni aniqlashda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar.

6

A

3

8

Bolalar jonlantirish bo‘limida ishlash

Baxtsiz hodisalarda bolaga kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ko‘rsatish.
Nafas yetishmovchiligining darajalarini baholash. O‘tkir stenozlovchi laringotraxeit, bronxospazm, bronxial astma xurujida bola va uning oilasiga kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ko‘rsatish. Bir yoshgacha va bir yoshdan oshgan bolalarning nafas yo‘llariga yot jismlar tushganda shoshilinch yordam ko‘rsatish. Hiqildoq stenozi (chin krup)da kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ko‘rsatish.
Hushdan ketganda, kollapsda, o‘tkir yurak etishmovchiligida bola va uning oilasiga kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ko‘rsatish.
Kuyishda, oftob urishi va elektr jarohatida shikastlovchi omillar ta’sirini to‘xtatish va zudlik bilan yordam ko‘rsatish.
Bolalarga juda yuqori isitma va talvasada shoshilinch yordam ko‘rsatish.

6

A

3

9

Jarroxlik bo‘limida ishlash.

Turli etiologiyali qon ketishlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Qon ketishini vaqtinchalik to‘xtatish va uzil-kesil to‘xtatish. Qon guruhi va rezus-faktor aniqlash. Bemorni qon quyishga tayyorlash. Bemorga qon quygandan keyin parvarish qilish. Individual, rezus, biologik moslik sinamalarini aniqlash. Qon va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklarni quyishda qatnashish. Qon quyish asoratlari va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar reaksiyasida birinchi tibbiy yordam, bemorlarni parvarish qilish.
Mahalliy yiringli o‘choqlarni kesib ochish operasiyalarida va jarohatini bog‘lashda qatnashish. Drenaj orqali chuqur jarohat va bo‘shliqlarni yuvish, mikroirrigator orqali dori yuborish, jarohatni g‘ovak tamponada qilish, drenajli bemorlarni parvarish qilish.

6

A

3

10

Jarroxlik bo‘limida ishlash.

Suyaklar sinishi va suyaklar chiqishi da birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Transport immobilizasiyasini qo‘llash. Bemorlarni parvarish qilish. Kalla-miya shikastlarida birinchi yordam berish va bemorlarni parvarish qilish. Umurtqa, tos suyaklari shikastlarida birinchi yordam, transportirovka qilish va parvarishlash.
Kuyish, sovuq olish va elektrotravmada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, transportirovka qilish, bemorlarni parvarish qilish. Kuyish maydonini o‘lchash.
Yumshoq to‘qimalar shikastlarida birinchi yordam ko‘rsatish. Jarohatlarni birlamchi xirurgik tozalash uchun asboblar to‘plamini yig‘ish. Jarohatga birlamchi xirurgik ishlov berishda ishtirok etish. Skeletdan tortib qo‘yish uchun, kalla trepanasiyasi uchun, lyumbal punksiya uchun, oyoq-qo‘l amputasiyasi uchun asboblar to‘plamini yig‘ish. Shikastlangan bemorlarni (kuygan, gipsli bog‘lamli, Ilizarov apparati qo‘yilgan, skeletdan tortilgan) parvarishlash xususiyatlari.

6

A

3

11

Jarroxlik bo‘limida ishlash.

Qoqshol va quturishga qarshi emlash.
Ko‘krak qafasining lat yeyishi, o‘mrov suyagi, qovurg‘alar sinishi, gemotoraks, pnevmotoraksda bemorlarni parvarish qilish.
Nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini tiklash. Plevra bo‘shlig‘ini drenajlashda ishtirok etish. Plevra bo‘shlig‘iga drenaj qo‘yilgan va traxyeostomik naycha qo‘yilgan bemorlarni parvarish qilish.
Kalla-miya shikastlari: bosh miyaning chayqalishi, miyaga qon quyilishi, lat yeyishi, bosilishida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Bemorlarni transportirovka qilish. Parvarish qilish xususiyatlari. Yotoq yaralarni oldini olish.
Bemorlarni angiagrafik tekshiruvdan o‘tqazish. Elastik bint va elastik paypoqlarni qo‘llash. Trofik yarali bemorlarni parvarish qilish.

6

A

3

12

Jarroxlik bo‘limida ishlash.

Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining ochiq va yopiq shikastlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va transportirovka qilish.
Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari, appendisit, xolesistit, peritonitda bemorni shoshilinch operasiyaga tayyorlash.
Appendektomiya, laporotomiya operasiyalari uchun asboblar to‘plamini yig‘ish. Operasiyadan keyingi jarohatdagi bog‘lamlarni yangilashda ishtirok etish. Drenaj, mikroirrigator, gastrostoma, kolostoma qo‘yilgan bemorlarni parvarish qilish. Bemorlarni nazogastral va parenteral ovqatlantirish.
O‘tkir siydik tutilishida birinchi tibbiy yordam. Bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari. Urologik bemorlarni instrumental tekshiruvlarga tayyorlash va ishtirok etish. Qovuqni yuvish, kateterizasiya qilish, qovuq punksiyasida va sistostoma qo‘yishda ishtirok etish. Nefrostoma va sistostoma qo‘yilgan bemorlarni parvarish qilish.
Onkologik bemorlarni tekshiruvga tayyorlash. Dispanser nazoratiga olish. Onkologik bemorlarni parvarish qilish.
Operasiyalarda va bog‘lam almashtirishda ishtirok etish.

6

A

3

13

Reanimasiya va intensiv terapiya bo‘limida ishlash.

Intensiv kuzatuv apparatlaridan foydalangan holda bemorlarni nazorat qilish.
O‘pka–yurak reanimasiyasini, defibrillyasiyani o‘tkazish.
Bemorlarning qon bosimi, pulsi, nafas soni, ko‘z qorachig‘ining yorug‘likka reaksiyasi va boshqa ko‘rsatkichlarini kuzatish. Havo o‘tkazgichlardan foydalanish.
Astmatik holat shoshilinch yordam ko‘rsatish.
Oksigenoterapiya o‘tkazish.
Traxeya intubasiyasiga asboblar to‘plamini ishchi holatiga keltirish. Sun’iy o‘pka ventilyasiyasi apparatiga ulangan bemorlarni parvarish qilish. O‘tkir yurak yetishmovchiligida shoshilinch yordam ko‘rsatish.
Bemorlar holatini kardiomonitorda kuzatish. Defibrillyatorni ishga tayyorlash. Yurak to‘xtaganda reanimasiyada ishtirok etish.

6

A

3

14

Reanimasiya va intensiv terapiya bo‘limida ishlash.



Turli etiologiyali shoklarda (travmatik, gemorragik, gemotransfuzion, kuyish, kardiogen, anafilaktik, septik). kechiktirib bo‘lmaydigan yordam berishda ishtirok etish. Shokka tushgan bemorlarni parvarish qilish.
Gemodinamik kuzatuv o‘tkazish va qayd etish. Turli etiologiyali komalarda (jigar, uremik, gipoglikemik, giperglikemik) kechiktirib bo‘lmaydigan yordam berishda ishtirok etish. Koma xolatiga tushgan bemorlarni parvarish qilish.
Gemodinamik kuzatuv o‘tkazish va qayd etish. Ajratilgan peshob miqdorini o‘lchash.
Cho‘kish, bo‘g‘ilish va zaharlanishlarda kechiktirib bo‘lmaydigan yordam berishda ishtirok etish. Zaharni organizmdan zudlik bilan chiqarish usullarini qo‘llash. Me’dani yuvish. Tozalovchi va sifonli xuqnalarni o‘tkazish. Antidotlarni yuborish.

6

A

3

15

Tug‘ruq bo‘limida ishlash.

Tashqi jinsiy a’zolarni ko‘zdan kechirishni;

  • qin ko‘zgulari yordamida va bimanual tekshiruvga bemorni tayyorlashni;

  • homilador va tuqqan ayol shaxsiy varaqasining pasport qismini to‘ldirishni;

  • almashuv varaqasining pasport qismini to‘ldirishni;

  • patronaj varaqasini to‘ldirishni

  • homilador ayollarni tana vaznini va bo‘yini o‘lchashni;

  • tashqi akusherlik amallarini o‘tkazishni;

  • homilaning yurak urishini tekshirish va uni baholashni;

  • homiladorlik va tug‘ruq muddatini aniqlashni;

  • tug‘adigan ayol uchun o‘rin-joy va chaqaloq uchun kiyim- kechaklarni , parvarish anjomlarini tayyorlashni;

  • tug‘uvchi ayolda dard kuchi va davomiyligiga baho berishni;

  • chaqaloqlarni birlamchi artib tozalashni;

  • yo‘ldoshni ko‘chganlik belgilarini aniqlashni;

  • yo‘qotilgan qon miqdorini aniqlashni;

  • tuqqan ayolni va uning sut bezlarini parvarishlashni;

  • mastitni oldini olishni;

  • chotida choki bo‘lgan tuqqan ayollarni oralig‘ini yuvishga tayyorlash va uni yuvishni;

6

A

3

16

Ginekologiya bo‘limida ishlash

Ginekologik anamnez yig‘ish. Kasallik tarixining pasport qismini to‘ldirish. Jinsiy a’zolarni ko‘zgu va ikki qo‘llab bimanual tekshirish. Bemorlarni kolposkopiya, biopsiya, rentgenologik tekshiruv, bachadonni zondlash, orqa gumbaz orqali qorin bo‘shlig‘ini punksiya qilish, UTT ga tayyorlash.Qin vannasini o‘tkazish. Qinga dorili tampon kiritish. Bachadon bo‘ynidan, siydik yo‘lidan, qin gumbazidan surtma olish. Bachadon ichki vositasini kiritish. Bachadon naylarini bog‘lash jarroxlik amaliyotiga bemorni tayyorlash.

6

A

3

17

Nafas olish tizimi, yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish a’zolari, buyrak va siydik ajratish tizimi kasalliklarini parxez bilan davolash

  • Taomnomaga talabnoma yozish.

  • bronxit va pnevmoniya kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga kunlik rasion tuzish;

  • o‘pkaning yiringli kasalliklarida bemorga 1 martalik menyu tuzish;

  • bronxial astma bilan og‘rigan bemorga parhyez stolini tayinlash

  • gipertoniya va ateroskleroz kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga 1 martalik parhyez stoli tayyorlash;

  • o‘tkir va surunkali yurak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorga sutkalik menyu tayyorlash

  • gastrit , yara kasalliklari bilan og‘rigan bemorga kunlik menyu tuzish;

  • surunkali gepatit bilan og‘rigan bemor ahvoliga qarab,kunlik parhyez tayinlash;

  • o‘t-tosh kasalligi va surunkali xolesistiti bor bemorlarga kunlik menyu tuzish;

  • o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bor bemorlar uchun parhyez stoli tayinlash.

6

A

3

18

Qon va qon yaratish a’zolari, ichki sekresiya bezlari va onkologik kasalliklarini parhyez bilan davolash

  • anemiya (kamqonlik) bilan og‘rigan bemorga parhyez tuzish

  • qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorga 1 martalik va kunlik menyu tuzish;

  • semirish kasalligiga chalingan bemorlar uchun kasallik bosqichiga qarab menyu tuzish.

  • jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bemorlarga kunlik menyu tayinlash;

  • turli davo usullarini olayotgan onkologik bemorlarga umumiy parhyez tuzish;

6

A

3




Jami:




108

A

54


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling