O‘quv rejaga muvofik
O‘zaro boglik bo‘lgan fan nomi
|
“Mikrobiologiya”
“Biologiyava odam genetikasi”
“Yukumlikasalliklar”
“Dezinfeksiya ishi”
“Gigiyenava ekologiya”
“Ovqatlanish gigiyenasi”
|
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
N – Nazariy ta’lim;
A - Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim
birgalikdatashkiletiladi;
MX – Maxsus xonadao‘tkaziladigan
mashg‘ulot.
|
Dasturga ko‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruxga tayinlangan dars tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Joriy baholash tartibiga asoslanib
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
|
Yozma, og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshirik
|
2. O‘quv dasturi mazmuni
№
|
Mavzuning nomi
|
Mavzuning kiskacha mazmuni
|
Jami auditoriya soati
|
Ukitishning
tashkiliy
shakli
|
Mustakilta’lim
|
Nazariy
|
Amaliy
|
1
|
Epidemiologiya va tibbiy parazitologiya asoslari fanining mohiyati va vazifalari, rivojlanish tarixi
|
Tibbiyot parazitologiyasi va epidemiologiya asoslari fanining mohiyati va vazifalari. Fanning rivojlanish tarixi va olimlarning ilmiy izlanishlarining ahamiyati.
Parazitologiya va epidemiologiya haqida tushuncha. Organizmlararo munosabatlar shakli. Parazitlar klassifikasiyasi, parazit organizmlarning yashash joyi va oziqlanish manbai.
Xo‘jayin - parazit munosabatlari.
|
6
|
2
|
-
|
-
|
2
|
Tekshirish usullari va laboratoriya ishini tashkil etish Tekshirish usullari va laboratoriya ishini tashkil etish
|
Qonni mikroskopda tekshirish. Qalin qon tomchisini tayyorlash. Zararlangan teri va limfatik tugunlarni punksiya qilish.
Ko‘mik punktatini tekshirish.
Najasni va boshqa materiallarni laboratoriyaga keltirish, najasni konservasiyalash. Najasni makroskopik tekshirish, tindirish metodi.
Najasni mikroskopik tekshirish: sellofanli qalin surtma (Kato metodi).
Boyitish metodlari: Fyulleborn, Kalantaryan, Krasilnikov. Diagnostikaning serologik metodlari to‘g‘risida tushuncha.
|
6
|
2
|
4
|
2
|
3
|
Parazit sodda jonivorlar
|
Parazit sodda jonivorlar haqida tushuncha: ularning tuzilishi, rivojlanish sikli, klassifikasiyasi. Amyobalarning tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari. Odam organizmida ko‘proq uchraydigan nopatogen amyobalar: og‘iz, ichak. Og‘iz va ichak hamda yetilgan va yetilmagan sistalar, amyobalarning vegetativ shakllari, tuzilishi.
Dizenteriya amyobasi. Rivojlanish sikli. Kichik va katta vegetativ formalari, to‘qima shakli, yetilgan va yetilmagan sistalar shakllari. Patogen, nopatogen amyobalarning sistalari va vegetativ formalarining differensirovkasi (nativ va Lyugol eritmasi bilan bo‘yalgan preparatlar).
Amyobiaz. Klinik ko‘rinishi, yuqish yo‘llari va profilaktikasi
Xivchinlilar sinfi. Sinf vakillarining tuzilishi va ko‘payishi. Patogen xivchinlilar: leyshmaniyalar, tripanosomalar, trixomonadalar, lyambliyalar. Ko‘rinishi, yashash joylari, tuzilishi, rivojlanish sikli, yuqish yo‘llari. Qo‘zg‘atadigan kasalliklari, klinikasi va ularning profilaktikasi. Turli guruhdagi xivchinlilar qo‘zg‘atadigan kasalliklarning laboratoriyada diagnostika usullari.
Sporalilar sinfi. Sporalilarning tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari. Bezgak plazmodiylari: ko‘rinishi, rivojlanish sikli (sporagoniya, ekzoeritrositar, shizogoniya), plazmodiylarning qondagi shakllarining tavsifi. Bezgak turlari, uning klinik xususiyatlari. Har xil turdagi plazmodiylar qo‘zg‘atadigan bezgakning shakllari. Bezgakning laboratoriyada diagnostika prinsiplari, surtma va qalin qon tomchisi. Bezgakning differensial diagnostikasi. Bezgakning yuqish yo‘llari va profilaktikasi. Toksoplazma: tuzilishi, rivojlanish xususiyatlari, toksoplazmaning yuqish yo‘llari, kasallikning profilaktikasi. Sarkosista, pnevmosista haqida tushuncha.
Infuzoriyalar sinfi. Infuzoriyalarning tuzilishi va rivojlanishi. Infuzoriyalar sinfining kasallik qo‘zg‘atuvchi vakili—balantidiy, rivojlanish xususiyatlari va yuqish yo‘llari. Balantidiazning klinikasi, laboratoriya diagnostikasi. Profilaktikasi.
Parazitologik material bilan ishlash rejimi va qoidalari, materialni qayta ishlash, idishlarni, laboratoriya jihozlarini yuqimsizlantirish. Laborantning shaxsiy gigiyena qoidalari, laboratoriya ichidagi yuqishning oldini olish. Qalin qon tomchisini tayyorlash va bo‘yash. Qon surtmadagi va qalin qon tomchisidagi tayyor preparatlarni mikroskopda tekshirish.
Toksoplazmalar, tripanosomalar, leyshmaniylar, qin trixomonadalari, ichak va qin lyambliyalarining tayyor preparatlarini mikroskopda tekshirish. Sarkosista, pnevmosista, koksidiya, balantidiya, ichak va dizenteriya amyobalarining sistalari va vegetativ formalarining tayyor kurinishi. Axlatdan surtma tayyorlash usuli, Lyugol eritmasi bilan bo‘yalgan axlatni konservasiya qilish (Safaraliyev konservanti) usuli, doimiy preparatlar tayyorlash to‘g‘risidagi tushuncha.
|
6
|
10
|
4
|
4
|
4
|
Parazit chuvalchanglar
|
Gelmintlarning klassifikasiyasi. Odam parazitlarining asosiy sinflari.
Trematodalar sinfi (so‘ruvchilar). Tuzilishi va rivojlanishining umumiy tavsifi. Sinfning asosiy vakillari: opistorx, klonorx, dikroseliy, fassiolalar, paragonim, shistosomalar. Ba’zi trematodalarning tuzilishi va rivojlanishi. Yuqish yo‘llari, odam organizmida joylashishi, qo‘zg‘atadigan kasalligi. Trematodozlarning laboratoriya diagnostikasi, har xil turlardagi tuxumlarining tuzilishi. Trematodozlarning umumiy va individual profilaktikasi.
Sestodalar sinfi (tasmasimon chuvalchanglar). Sestodalar rivojlanishi va tuzilishining umumiy tavsifnomasi. Tizmalar: kenglentes cho‘chqa, ho‘kiz, pakana, exinokokk, alveokokk. Ba’zi vakillarining tuzilish xususiyatlari (skolekslar, tanasining bo‘g‘imlari, tuxumlari). Ayrim turlarining rivojlanish sikli, yuqish yo‘llari va odam organizmida joylashishi, qo‘zg‘atadigan kasalliklari. Sestodozlarning laboratoriya diagnostikasi. Tenioz va teniarinxozlarning differensial diagnostikasi. Turli sestodozlarning umumiy va individual profilaktikasi. Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash, trematodozlar va difillobotrioz bilan kurashning muhim tadbirlari.
Nematodalar sinfi (yumaloq chuvalchanglar). Nematodalarning umumiy tavsifnomasi. Ostrisa, askarida, qilbosh gijja, ankilostomidlar, strogiloid, trixinelalar. Ayrim vakillarining tuzilishi va ularning tuxumlari. Rivojlanish sikli, yuqish yo‘llari va odam organizmida joylashishi, qo‘zg‘atadigan kasalliklar. Nematodozlarning laboratoriya diagnostikasi. Geogelmintozlar bilan kurashishda tashqi muhitni saklash tadbirlarining ahamiyati.
Gelmintlarning har xil sinf va turlarining tuzilishi. har xil jinsliligi. Sestodalarning boshchasi va bo‘g‘imlarini ko‘rinishi. Preparatlarda keng tarqalgan gelmintlarning tuxumlari. Najasni tekshirish: yig‘ish texnikasi va laboratoriyaga keltirish, koprologiya- makroskopik tekshirish (tindirish metodi). Mikroskopik metodlar: nativ surtma, sellofanli qalin surtma (Kato metodi). Boyitish metodlari (Kalantaryan, Krasilnikov). Enterobiozni tekshirish metodlari. Gelmintlarni va tuxumlarini konservasiya qilish .
|
6
|
10
|
4
|
4
|
5
|
Odam salomatligiga zarar keltiruvchi bo‘g‘imoyoqlilar
|
Parazit bo‘g‘imoyoqlilar. Beklemishev bo‘yicha bo‘g‘imoyoqlilarning turli xil parazitizm to‘g‘risida tushuncha. Transmissiv kasalliklar to‘g‘risida tushuncha va ularni qo‘zg‘atuvchilarini tabiatda saqlovchi va tashuvchi bo‘g‘imoyoqlilar. Zararli o‘rgimchaksimonlar — chayonlar, tarantul va qoraqurt, ularning tuzilishi, tibbiyotdagi ahamiyati. Kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini o‘rganishda Ye. N. Pavlovskiyning roli.
Kanalar otryadi. Morfologik tavsifnomasi, klassifikasiyasi. Kanalarning tibbiyotdagi ahamiyati. Kanalar keltirib chiqaradigan kasalliklari. Bo‘g‘imoyoqlilar bilan kurashish tadbirlari.
Argas kanalar. Ularning tuzilishi va biologik xususiyati. Geografik tarqalishi. Qishloq kanasi. Argas kanalarining tibbiy ahamiyati.
Akariform kanalar—oziq-ovqat mahsulotlarining zararkunandalari va odamda kasallik qo‘zg‘atuvchilar (ombor kanalari, husnbuzar qurti, qizil tanli kanalar, qo‘tir kanasi). Ularning biologik xususiyatlari, profilaktikasi. Qo‘tir kasalligining laboratoriya diagnostikasi.
Iksod kanalar. Ularning tuzilishi va biologik xususiyatlari. Geografik tarqalishi. Tayga, it, yaylov kanalari. Ularning tibbiy ahamiyati.
Argas kanalar. Ularning tuzilishi va biologik xususiyatlari. Geografik tarqalishi. Qishloq kanasi. Argas kanalarining tibbiy ahamiyati.
Hasharotlarning tuzilishi va rivojlanishi. Ularning tibbiy ahamiyati. Suvaraklar turkumi. Bitlar turkumi. Burgalar turkumi. Qo‘shqanotlilar turkumi: sinatop pashshalar (xona, uy, kuzgi pashsha, volfart). Bezgak va bezgak yuqtirmaydigan chivinlar, iskabtoparlar, mayda chivinlar, slepenlar, so‘nalar.
Odam sog‘lig‘iga zarar keltiradigan hasharotlar bilan kurashish tadbirlari.
Parazit bo‘g‘imoyoklilar. Odamning sog‘lig‘iga zarar keltiruvchi chayon, qoraqurt va tarontulni preparat va kolleksiyalarda ajratish va ular chaqqanda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Transmissiv kasalliklar qapshm kurash tadbirlari.
Bo‘g‘imoyoqlilarni tutish, yig‘ish va fiksasiya qilish usullari. Entomologik ish hujjatlari. Zaharli o‘rgimchaksimonlar va kanalarning kolleksiyalarini o‘rganish. Qo‘tir kanalarni topish uchun teridan qirma olish va tekshirish. Hasharotlarni har xil turlarining og‘iz apparatini o‘rganish. Bezgak va bezgak yuqtirmaydigan chivinlarning turli rivojlanish jarayonlarini differensirovkasi.
|
6
|
8
|
4
|
4
|
6
|
Infeksiya haqida ta’limot. Epidemiologik jarayon haqida tushuncha
|
Epidemiologiya fani haqida tushuncha, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Yuqumli kasalliklarning epidemiologiyasi to‘g‘risida tushuncha. Infeksiya haqida tushuncha.
Epidemiologik jarayon to‘g‘risida tushuncha, unga ta’sir qiluvchi omillar- infeksiya manbai, yuqish mexanizmi, axoli ta’sirchanligi. Epidemik jarayoning davriyligi, ko‘rinishlari, yuqumli kasalliklarning tabiiy o‘chog‘i, epidemiya turlari. Kasallik o‘chog‘ida o‘tkaziladigan epidemiologik tekshirish usuli.
Kasalliklarning yuqish mexanizmi (fekal-oral, havo-tomchi, transmissiv, kontakt) va yuqish yo‘llari (xavo, suv, tuproq, oziq ovqat maxsulotlari, turmush va mexnat faoliyati jixozlari).
Infeksiya manbaini aniqlash Antroponoz va zoonozlar. Kasallikning kechish davri va shakliga qarab odamga infeksiya sifatida epidemiologik baho berish.
Odamning hayvondan zararlanishi. Hayvonlardan yuqadigan kasalliklarning profilaktikasida epidemiologiya va tibbiyot parazitologiyasining vazifalari. Organizmda kasallik qo‘zg‘atuvchisining joylashishi, qo‘zg‘atuvchini tashqi muhitga chidamliligining o‘zaro bog‘liqligi.
|
6
|
2
|
-
|
2
|
7
|
Yuqumli kasalliklar profilaktikasi
|
Yuqumli kasalliklarning oldini olish davlat xarakterida bo‘lishi. Profilaktik ishlarda aholining qatnashishi. Tibbiyotning yuqumli kasalliklarni oldini olishda erishgan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash.
Yuqumli kasalliklar profilaktikasi tadbirlarining mamlakatni muhofaza qilishdagi ahamiyati. Emlash kalendari, qayd qilish xujjatlari. Aholini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish. Yuqumli kasalliklar o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi kurash, dezinfeksiya ishlari, karantin tadbirlari.
O‘ta xavfli infeksiyalarni mamlakatlarga kiritmaslik maqsadida olib boriladigan tadbirlar. Respublika chegarasi va hududini sanitar qo‘riqlash haqida qonunchilik.
SanQvaM 0076-97 sonli "O‘zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasini tashkil etish hamda o‘tkazish qoida va meyyorlari".
Infeksiya manbaiga qaratilgan profilaktik tadbirlar. Infeksiya manbaining aniklash, aholining ma’lum gruppasini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, uning muddati. Yuqumli kasallikni to‘liq davolanganligi va izolyasiya (ajratish)ning ahamiyati. Yuqumli kasallikdan tuzalganlar ustidan dispanserizasiya ishlari. Dezinfeksiya usullari, dezinfeksion vositalarni tayyorlash va qo‘llash. Sanitariya xizmatining veterinar kuzatuvchi bilan bog‘liqligi va uning hayvondan yuqqan kasalliklar profilaktikasidagi roli.
Infeksiyaning yuqish faktorlariga qarshi olib boriladigan tadbirlari. SanQvaM 0045-95-sonli "Epidemik o‘choqlarda joriy va yakuniy dezinfeksiyani tashkil qilish hamda o‘tkazish qoida va meyyorlari"
|
6
|
2
|
2
|
3
|
8
|
Sterilizasiya
|
Sterilizasiya haqida tushuncha. Sterilizasiya usullari - bug‘li sterilizasiya, havo yordamida va kimyoviy sterilizasiyasi. Tibbiy asboblarni sterilizasiyadan oldingi ishlov sifatini tekshirishida sinamalar va test - kontrolni o‘tkazish axamiyati.
Sterilizasiya usullarini amaliyotda o‘rganish. Avtoklavning ishi, rejimi. Davolash - profilaktika muassasalaridagi markaziy sterilizasiya bo‘limi (MSB) ning ishi. Texnika xavfsizligi qoidalari.
|
6
|
2
|
2
|
2
|
9
|
Infeksion kasalliklar tasnifi
|
Odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklarning ekologik tasnifi: saprofitlar va parazitlar. Infeksiyani o‘tish mexanizmi. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi. Yuqumli kasalliklarning aholi guruhlari o‘rtasida tarqalishi. Kasallanishning mavsumiyligi.
|
6
|
2
|
-
|
4
|
10
|
Ichak infeksiyalariga qarshi epidemiologik chora tadbirlar
|
Leptospiroz, esherixioz, xlamidioz, ornitoz, shol, virusli gepatit A kasalliklarining epidemiologik xususiyatlari. Ichak infeksiyalariga qarshi epidemiologik chora tadbirlar.
Ichak infeksiyalarining klinikasi. Kasallik manbalari. Tarqalish usullari. Kasallikni laboratoriya tekshirish usullari. Qon, najas va siydikni tekshirish usullari. Serologik usuli, agglyutinasiya reaksiyasi.
Kasalliklarning epidemiologik xususiyatlari. Kasallikni oldini olish chora tadbirlari. SanQvaM 0005-93-sonli "Salmonellyoz bilan kurash bo‘yicha sanitariya - epidemiologik qoidalari" asosida ishlash.
|
6
|
4
|
2
|
4
|
11
|
Nafas yo‘li infeksiyalariga qarshi epidemiologik chora tadbirlar
|
Nafas yo‘li infeksiyalarning epidemiologik hususiyatlari. Gripp, paragripp va difteriya kasalliklarga karshi profilaktika ishlari, va epidemiyaga qarshi chora tadbirlar.
Nafas yo‘llari infeksiyalarining kasallik manbalari, tarqalish yullari klinikasi. Kasallikni laboratoriya tekshirish usullari. Qon, balg‘am va siydikni tekshirish. Burun va xalqumdan sinama olish texnikasi, olingan materialni tekshirish. Kasallikning oldini olish chora tadbirlari. Kasalliklarga qarshi profilaktika chora tadbirlari.
|
6
|
4
|
2
|
4
|
12
|
Qon orqali o‘tadigan infeksiyalarga qarshi epidemiologik chora tadbirlar
|
Qon orqali o‘tadigan infeksiyalar - OITS, brusellyoz, o‘lat, leyshmanioz va boshqa kasalliklarining epidemiologik xususiyatlari. Qon orqali o‘tadigan infeksiyalarni oldini olish chora tadbirlari.
Qon orqali o‘tadigan infeksiyalarining kasallik manbalari, tarqalish usullari klinikasi. Kasallikni laboratoriya tekshirish usullari. Qon, najas va siydikni tekshirish usullari. Qon preparatini tayyorlash, bo‘yash va mikroskopda tekshirish. Kasalliklarning epidemiologik xususiyatlari, ularga qarshi epidemiologik chora tadbirlar rejasini tuzish.
|
8
|
4
|
2
|
4
|
13
|
Tashqi qoplam infeksiyalariga qarshi epidemiologik chora tadbirlar
|
Tashqi qoplam infeksiyalarning epidemiologik xususiyatlari, laborator tekshirish usullari. Tashqi qoplamlar infeksiyalariga qarshi profilaktika chora tadbirlar. Umumiy va maxsus profilaktikasi, emlash ishlari.
Tashqi qoplam infeksiyalarining klinikasi. Kasallik manbalari. Tarqalish usullari. Kasallikni laborator tekshirish usullari. To‘qima bo‘lakchalari, yiringni bakteriologik tekshirish usullari. Qon preparatini tayyorlash, bo‘yash va mikroskopda tekshirish. Kasalliklarning epidemiologik xususiyatlari, ularga qarshi epidemiologik chora tadbirlarni amalga oshirish.
|
8
|
4
|
2
|
4
|
14
|
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi (DSENM) ishini tashkil qilish
|
DSENM haqida tushuncha. DSENM bo‘limlari va vazifalari. DSENM xizmatining boshqaruv tizimi.
DSENM xizmatining boshqaruv tizimi, uning bo‘limlari va har bir bo‘limning asosiy vazifalari. Tibbiy xujjatlarni rasmiylashtirish.
|
8
|
4
|
-
|
4
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |