Boshqaruv hisobini tashkil etish reja: Boshqaruv hisobi tushunchasi Boshqaruv hisobi fumksiyalari


Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervini tashkil etish va undan foydalanishning hisobi


Download 63.53 Kb.
bet8/22
Sana15.02.2023
Hajmi63.53 Kb.
#1200331
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
BUXGALTERIYA MA\'RUZLAR MATNI 12-16

4. Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervini tashkil etish va undan foydalanishning hisobi.
5. Maqsadli moliyalashtirish va tushumlarning hisobi.

Xususiy kapital va rezervlarning iqtisodiy mohiyati hamda hisobning vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mavjud va yangi tashkil etilayot- gan korxonalar o‘z moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil shakllantiradi. Bunday resurslar, odatda, korxona ta’sischilari tomonidan o‘z xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shish bilan yaratiladi. Jumladan, «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi Qonunning 12- moddasiga ko‘ra pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o‘zga huquqlar xususiy korxonaning ustav fondiga qo‘shiladigan hissa bo‘lishi mumkin.
«Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunning 18-moddasiga ko‘ra pul, qimmatli qog‘ozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar fermer xo‘jaligining ustav fondiga qo‘yiladigan hissa bo‘lishi mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib, xususiy kapital huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan (to‘langan) hamda korxonaning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va xarajatlar majmuyidir. Boshqacha aytganda, xususiy kapital va rezervlar xo‘jalik aktivlarining manbalarini, ya’ni o‘z mablagMarining manbalari- ni ifodalaydi. Umuman, xo‘jaliklar faoliyatida nafaqat xususiy kapitalning, balki rezervlaming o‘mi ham katta. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish konseptual asoslarining 52-bandida «Xo‘jalik yurituvchi subyekt va kreditorlar zararlarining oqibatlaridan qo‘shimcha ravishda himoya qilishni ta’minlash uchun zaxiralami (rezervlarni) vujudga keltirish zarur. Rezervlami hosil qilish va ulaming miqdori haqidagi axborot qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilar uchun ahamiyatlidir» deyilgan. Umuman, kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervini tashkil etishdan maqsad kelgusi davrga tegishli bo‘lgan xarajatlar va to'lovlarni bir maromda ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo‘li bilan belgilangan tartibda jamg‘arishdan iborat. Umuman, kapital va rezervlaming xo‘jaliklar faoliyatidagi o‘rnidan kelib chiqib hisob oldiga quyidagi vazifalar qo‘yil- gan: 1. Xususiy kapital va rezervlami tashkil etish va ulardan foydalanish ustidan nazorat. 2. Xususiy kapital va rezervlar tarkibidagi o‘zgarishlami o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olinishini ta’minlash. 3. Moliyaviy hisobot va rahbariyatni xususiy kapital va rezervlaming holati hamda ular tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.

Download 63.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling