Boshqaruv jarayonini axborot bilan taminlash


Download 31.76 Kb.
bet3/3
Sana04.02.2023
Hajmi31.76 Kb.
#1158012
1   2   3
Bog'liq
Boshqaruv jarayonini axborot bilan taminlash

 

Kommunikatsiya 
Kommunikatsiya - bu axborot almashishdir. Ana shu axborot negizida rahbar malumotlar 
olib, samarali qarorlar qabul qiladi va ishchi xodimlarga etkazadi. 
Rahbarlik faoliyati samarali axborot almashinuvni talab qiladi. Agar insonlar o’zaro axborot 
almashinmasa, ular birgaliqda ishlay olmaydi va oldilariga qo’ygan maqsadning shakllanishi, unga 

erishishi qiyin bo’ladi. 


Boshqaruv faoliyatida axborot almashuv muhim ahamiyatliligi uchun rahbar o’z vaqtining 
50-90%ini kommunikatsiyaga sarflaydi. Axborot almashishning sifati boshqaruv qarorlariga tasir 
ko’rsatadi. 
Kommunikatsiyaning majlislar, xizmat yozuv-chizuvlari, telefon orqali muloqotlar, 
hisobotlar, videotasmalar va yuzma-yuz suhbatlar orqali ko’pgina muammolarni hal qilishda 
yordam beradi. 
Korxona tashqi muhit bilan aloqa bog’lashda, turli-tuman vositalardan foydalanadi. Mavjud 
xaridorlar bilan ular reklama orqali bog’lanibgina qolmay, mahsulotni bozorga olib kiradigan 
boshqa dasturlardan ham foydalanadi. 
Axborotlar korxona ichida bosqichma-bosqich, yani vestikal kommunikatsiyalar orqali 
o’tadi. Axborotlar yuqori boshqaruv 
organlaridan, pastki organlarga o’tadi. Shuningdek pastki organlardan yuqori boshqaruv 
bo’limlariga axborotlar oqimi keladi. Aynan ikkinchi jarayon korxonalarda ijobiy o’zgarishlarga 
olib keladi. 
Korxonada bo’ylama kommunikatsiyalardan tashqari, ufqiy kommunikatsiyalar ham 
mavjud. Malumki korxonalarda turli xil funktsional bo’limlar, tsexlar va boshqa bo’limlarning 
mavjudligi ular orasidagi axborot oqimining kerakligini anglatadi. Masalan, nazariy texnologiya 
asosida, korxona turli-xil mahsulotlar ishlab-chiqarishi mumkin, shuning uchun ham marketing 
bulimining axborot ahamiyatligi saqlab qolinadi va uning talablarini o’z vaqtida qondirilishini 
taminlaydi. 


Xulosa 
1. Axborot - menejment uchun zaruriy xabar va malumotlar majmuidir. Axborotsiz boshqaruv 
bo’lmaydi. 
2. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasidagi bog’liqlik shakllari ishlab chiqarish 
axborotlaridir. 
3. İqtisodiy axborot - menejmentda muhim o’rin tutadi. 
4. Axborot tizimlari murakkab axborot tuzilmalari bo’lib. U turli hujjatlarni, axborot oqimi, aloqa 
kanallari, texnika vositalari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini o’z ichiga oladi. 
5. Rahbar qabul qilgan boshqaruv qarorlar va uning manosi axborot xizmatlariga bog’liq. 
6. Kommunikatsiya jarayoni - bu ikki va undan ortiq odamlar o’rtasidagi axborot almashish 
jarayonidir. 
7. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki iqtisodiyotning barcha 
jabhalariga kerak. 
Download 31.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling