23. Sanjar bilan Sherzod bog‘ tomon yurdilar. Ushbu gapdagi bog‘ tomon yurdilar birikmasi o‘zaro qanday yo‘l bilan bog‘langan?
A) ko‘makchili boshqaruv yo‘li bilan B) moslashuv yo‘li bilan C) kelishikli boshqaruv yo‘li bilan D) teng bog‘lanish yo‘li bilan
24. So‘z birikmalarida ergash so‘z ravish yoki sifatlar bilan ifodalansa, ular bosh so‘zga asosan qanday yo‘l bilan birikadi?
A) moslashuv yo‘li bilan B) bitishuv yo‘li bilan C) boshqaruv yo‘li bilan D) bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan
25. Boshqaruvli bog‘lanishda qaysi kelishiklar so‘zlarni o‘zaro bog‘laydi?
A) qaratqich, tushum va jo‘nalish B) tushum, jo‘nalish va o‘rin-payt C) jo‘nalish, tushum, o‘rin-payt va chiqish D) qaratqich, tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish
26. Bitishuv munosabatidagi birikmalarni aniqlang.
A) ko‘klam quyoshi, bahor tongi B) maftunkor chehralar, tezda kelmoq C) o‘lkamiz chiroyi, ko‘l suvi D) xat yozdi, quduq qazdi, so‘z sehri
27. Kelishikli boshqaruv qatnashgan gapni aniqlang.
A) Mol topguncha aql top. B) Ko‘ringan tog‘ning yirog‘i yo‘q. C) Xalqim uchun, Vatan uchun kurashdim. D) Ot birdan sapchidi.
28. Misollarning qaysi biri ritorik so‘roq gap?
A) Shundan beri qancha soylar oqib ketdi? Dunyo necha marta aylandi? B) Xo‘sh, o‘zingizning ahvolingiz qanday, do‘stim? C) Soatim to‘xtab qolibdi? Buzilibdimi? D) Nimadan xafasiz? Kim xafa qildi?
29. Ritorik so‘roq gapni toping.
A) Umuman, savdo-sotiq ayollarga xos kasbmi, nima deysiz? B) Umr o‘rtasida poytaxtga ko‘chib kelishga nima majbur qildi? C) O‘qishga kirolmasa, shu ham fojiami? D) U erga kim bilan bormoqchisan?
30. Ritorik so‘roq gapni toping.
A) O‘qish qachon boshlanadi? B) Dadang qaerga borib kelganini aytaymi? – deb qoldi. C) Salomat yuribsizmi, Bahromjon? D) Sut ko‘r qilgur haromi. Gitler oq padar, Farzandning qadrini qaerdan bilsin?!
Do'stlaringiz bilan baham: |