10. Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur. Ega qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan?
A) Sifat B) Fe’l C) Sifatdosh D) Otlashgan sifatdosh
11. Ega qatnashgan gapni aniqlang.
A) Jon qizim, o‘zingni ehtiyot qil. B) El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. C) Aqlni beaqldan o‘rgan. D) Ko‘pchilik bu voqeani o‘sha kuniyoq eshitdi.
12. Quyidagi gapda egalar qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? Bor boricha, yo‘q – holicha.
A) taqlidiy so‘z B) olmosh
C) bosh kelishikdagi ot D) modal so‘z
13. Endi g‘alabamiz yaqin, do‘stim! gapining kesimi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan?
A) ot B) sifat C) fe’l D) ravish
14. Kesimi o‘zlik nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan gapni toping.
A) Kamchiliklar ro‘y-rost ochib tashlandi. B) Ayvon yonidagi o‘choqqa o‘t qalangan. C) Atayin ho‘l sochiq bilan artindi.
D) Doklad uchun Ziyodaxonga so‘z berildi.
15. Sobir endi kalavaning uchini topdi. Gapda kesim qanday ifodalangan?
A) Fe’l B) Sifat C) Ibora D) Ajralmas birikma
16. Gapdagi kesimni aniqlang. Choyxona yangi solingan, qo‘shni binoga ko‘chib kirishi va bayramda ochilishi kerak edi.
A) ko‘chib kirishi, ochilishi kerak edi. B) ko‘chib kirishi C) ochilishi D) solingan
17. Kesimning tuzilishiga ko‘ra turlari to‘liq berilgan qatorni aniqlang.
A) Sodda va murakkab B) Sodda ot-kesim va sodda fe’l-kesim C) Murakkab ot-kesim, murakkab fe’l-kesim D) A, B, C.
18. Ravishga oid so‘z bilan ifodalangan kesim qaysi javobda berilgan?
A) Shamol qo‘zg‘alib, daraxtlarning uchi silkina boshladi.
B) Tog‘ni yaqindan sira ko‘rmaganman. C) Samarqand tonglari shavqli, farahli. D) Shoshilgan ishning pushaymoni ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |