Boshqaruv Moslashuv Bitishuv


Download 85.61 Kb.
bet4/45
Sana24.12.2022
Hajmi85.61 Kb.
#1057288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
1-mavzu Sintaksis

4. Pauza (to‘xtam). Pauza ham sintaktik vosita sifatida ahamiyatga ega. Pauzaning o‘zgarishi sintaktik holatning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan: Quloq solib o‘tirgan boladan so‘radi. Bunda boladan so‘zidan so‘ng pauza qilinsa, quloq solib o‘tirgan sifatdoshi boladan so‘ziga nisbatan sifatlovchi vazifasini bajaradi. Agar quloq solib o‘tirgan sifatdoshidan keyin pauza bo‘lsa, sifatdosh otlashgani holda ega vazifasini bajaradi.


So‘z birikmasi
Odatda, nutqda, gapda so‘zlar ma’lum qonun-qoidalar asosida o‘zaro ma’no va grammatik jihatdan bog‘langan bo‘ladi. Masalan, qiziqarli kitob, toqqa chiqmoq, tez o‘qimoq. Bunday juftlik bir butunlik hosil qilib, yaxlit, lekin o‘z ichida qismlarga bo‘linadigan bir butun tushunchani bildiradi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘z va so‘z shakllarning nopredikativ tobe aloqasi asosida birikishidan hosil bo‘lgan bog‘lama so‘z birikmasi deyiladi.
So‘z birikmasi mustaqil so‘zlarning bog‘lanishidan hosil bo‘ladi, yordamchi so‘zlar (ko‘makchilar) o‘z oldidagi mustaqil so‘z bilan birikmaning bir qismi, a’zosi sanaladi. Masalan, do‘stlik haqida suhbatlashmoq, qarsaklar bilan olqishlamoq kabi.
So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlardan biri hokim, ikkinchi tobe bo‘ladi. So‘z birikmasi boshqaruv, bitishuv, muvofiqlashuv usullari bilan hosil bo‘ladi.
So‘z birikmasi frazeologik iboralardan farq qiladi. Frazeologik iboralar so‘z kabi til birligi bo‘lib, so‘z kabi tayyor holda qo‘llanib, bir butun holda lug‘aviy ma’no ifodalaydi va gapda bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. So‘z birikmasi esa nutq birligi bo‘lib, nutq so‘zlanib turgan paytda tuziladi va tarkibidagi qismlar, a’zolar boshqa-boshqa gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.
So‘z birikmasini gapdan farqlash lozim. So‘z birikmasi tushuncha ifodalab, nominativ (nomlash, atash) vazifasini bajaradi, shuning uchun intonatsion tugallikka ega bo‘lmaydi. Gap esa fikr bildirib, kommunikativ (aloqa qilish) va kognitiv (fikr almashish) vazifalarini bajaradi. So‘z birikmasi kamida ikki mustaqil so‘zdan tuzilsa, gap ba’zan bir so‘zdan ham tashkil topishi mumkin.
So‘z birikmasi o‘zaro teng bog‘langan so‘zlardan ham farq qiladi. Masalan: Maqsad va marom insonning eng buyuk quvvatidir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Bunda maqsad va marom so‘zlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda uyushiq bo‘lak hosil qilib, so‘z birikmasi sanalmaydi.



Download 85.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling