Boshqaruv qarorlarini qabul qilish reja: Boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish bosqichlari. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish


-jadval Menejment atamasining mohiyati va mazmuniga mavjud yondoshuvlar


Download 148.48 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi148.48 Kb.
#1522742
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshqaruv qarorlari

1-jadval
Menejment atamasining mohiyati va mazmuniga mavjud yondoshuvlar



Menejmentningmohiyati
quyidagichaaniqlanadi

Vazifa, faoliyat turi

Fan va san’at

Boshqaruv organi yoki apparat

Jarayon

Insonlar kategoriyasi

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, menejmentning ko‘p yillik rivojlanishi boshqaruv faoliyatini ishlab chiqarish vazifasidan farq qiluvchi alohida vazifaga ajratadi.


Menejment alohida insonlar va jamoalarga tizimiy ta’sir etishni ta’minlaydi. Bundan maqsad, kelishilgan holda birgalikda faoliyat ko‘rsatib, ko‘zlangan maqsadga erishishdan iborat. Shuningdek, menejment harakatlarni tanlash, ularni kombinatsiyalash, ketma-ketligini belgilash, pirovard natijalarni baholashni nazarda tutadi.
Hozirgi zamon menejmentining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:

  1. ishlab chiqarish va biznes samaradorligini oshirishga intilish hamda korxona tomonidan rejalashtirilgan pirovard natijaga erishishga yo‘naltirilganlik;

  1. tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga bog‘liq holda belgilangan maqsadlar va dasturlarga doimo ravishda tuzatish kiritib borish;

  1. rejalashtirish jarayonini joriydan istiqbolga qarab o‘zgartirish;

  1. boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p variantli hisoblarni amalga oshirish uchun axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;

  1. korxona faoliyatini samarali boshqarishga barcha xodimlarni jalb etish;

  1. boshqaruv jarayonida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tahlil etish va tegishli moslashuvchan qarorlar asosida ish olib borish;

  1. korxona boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida innovatsion yondashuvdan keng foydalanish va h.k.lar.

Makroiqtisodiyot nuqtai-nazaridan korxonalarning samarali rivojlanishi quyidagi ijobiy afzalliklarga ega:

  1. birinchidan, aholining mavjud ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga imkon beradi;

  1. ikkinchidan, iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Bu esa bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining o‘sishida namoyon bo‘lad;

  1. uchinchidan, aholining yashash darajasi, farovonligi yaxshilaydi;

  1. to‘rtinchidan, mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi.

Mikroiqtisodiy nuqtai nazardan esa, korxona olayotgan foyda miqdorini oshishi natijasida xodimlarning daromadlari ko‘payadi, jamg‘arishga ko‘proq mablag‘ ajratilishi natijasida korxonaning ichki investitsiya qilish imkoniyatlari oshadi. Bu esa uni innovatsion asosda rivojlanishiga imkon beradi.
Amaliyotda, ko‘pchilik hollarda qabul qilinadigan qarorlar tor doiraga ega bo‘lib, korxonani istiqbolli rivojlantirish yo‘nalishlari va tamoyillarini ifodalay olmaydi. Bu holat esa respublikamiz korxonalarida boshqaruv qarorlarini qabul qilishning aniq bosqichlarini ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltiradi (12.2-rasm).



Download 148.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling