Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish modeli
Download 27.24 Kb.
|
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv qarorlarini qabul qilish tsikllari
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish modeli – boshqaruv xodimlari qabul qiladigan qarorlarga bevosita ta’sir etadigan o’zgaruvchan ko’rsatkichlar va parametrlarning miqdori va ramziy holatini ifodalaydi. Boshqaruv hisobi manfaati nuqtai nazaridan shu yondashishni boshqaruv qarorlarini qabul qilish modeli deb e’tirof etiladi. Chunki, unda alohida e’tiborni talab qiladigan, lekin shu bilan birgalikda hisobga olinishida turli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan, ya’ni tabiatan turli tuman ko’rsatkichlar, omillar bilan ishlanishga to’g’ri keladi. Shulardan eng asosiylarini quyidagi ikkita ko’rsatkichlar tizimida guruhlasa, yoki oddiyroq qilib e’tirof etiladigan bo’lsa – hisobga olsa bo’ladi. Xususan:
o’zgaruvchan ko’rsatkichlar; parametrlar (o’zgarmaydigan) ko’rsatkichlar. O’zgaruvchan ko’rsatkichlar – boshqaruv tizimi tomonidan nazorat qilinadigan omillardir. Parametrlar – boshqaruv tizimi orqali nazorat qilinmaydigan omillar, cheklovlardir. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish tsikllari Misol uchun, ishlab chiqarishi mo’ljallanayotgan yangi mahsulot turi bahosining boshqaruv modeli ishlab chiqilmoqda. Ushbu holatni aniq baholash maqsadida tahlil o’tkazilib, unda quyidagi: iste’mol ehtiyoji, bozor dinamikasi, raqobatchilar hattiharakati va ishlab chiqarish quvvatlarini cheklash kabi parametrlar to’liq aks ettirilishi lozim. Mazkur modelda o’zgaruvchan ko’rsatkichlar sifatida - mahsulot birligining sotuv bahosi, uni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar, ishlab chiqarish texnologiyalari hisoblanadi. Bunday modelni ishlab chiqishda asosiy vazifa ushbu qarorga taalluqli bo’lgan barcha o’zgaruvchan ko’rsatkichlar va parametrlarni belgilash, hamma zarur axborotlarni yig’ish hamda ularni tegishli ravishda taqdim etishdan iborat bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan variantlarning birini tanlashga undaydigan barcha sabablarni boshqaruv hisobida ikki guruhga – son va sifat omiliga bo’ladilar. Sonli omillar - osonlik bilan miqdor jihatidan hisobga olinadigan ko’rsatkichlar. Misol uchun, ishlab chiqarishdagi ishchilarga to’lanadigan ish haqi, materiallar xarajati, ijara xarajati miqdori, isitishga ketadigan sarflar va sh.k. Har qanday xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodchilari hisob va tahlil jarayonida qo’llashi mumkin bo’lgan omillarni imkon qadar miqdoriy holatda ifodalashga harakat qiladilar. Sifat omillari – ularni to’g’ridan-to’g’ri miqdor jihatdan o’lchab bo’lmaydi. Masalan, mahsulot sifati, iste’molchilar didini qondirish darajasi, asosiy xom ashyo ta’minotchilari bilan munosabatlarning barqarorligi va sh.k. Ta’kidlash zarurki, bizning xo’jalik faoliyatimizdagi an’anaviy tahlilda, aniqrog’i omilli modellashtirish va tahlildagi son va sifat omillari tushunchasi g’arb mamlakatlarining boshqaruv hisobidagi ushbu termin (atama)lardan farq qiladi. Bizda son omillari deb hajmiy ko’rsatkichlar tushuniladi, masalan, xo’jalik yurituvchi subyektdagi ishchilar soni, ishlab chiqarishga sarflangan materiallar miqdori va sh.k. Sifat omillari, shuningdek, miqdoriy o’lchanadi, ular u yoki bu ishlab chiqarish resursini foydalanish samaradorligini tavsiflaydi, masalan, mehnat unumdorligi, material sarfi, fond hajmiyligi va sh.k. Tahlilda sifat ko’rsatkichlariga katta ahamiyat beriladi, ularning yakuniy ko’rsatkichga faol ta’sir etishi tan olinadi. Qarorlar qabul qilishda ham son omiliga, ham sifat omiliga jiddiy e’tibor qaratilishi va chuqur tahlil qilinishi lozim. Alternativ xarajatlarU yoki bu qarorni qabul qilishda aksariyat hollarda ayni vaziyatdagi imkoni bo’lgan ko’p miqdordagi har xil variantlarni tahlil qilish zarur bo’ladi. Odatda, barcha variantlarni sinchiklab tahlil qilish imkoni bo’lmaganligi sababli, ularning bir qismi e’tibordan chetda qoldiriladi va natijada, ularni amalga oshirishning qulay imkoniyati boy beriladi. Ayrim variantlar rasman tahlil qilinmaydi, ammo har qanday xo’jalik yurituvchi subyekt uchun asosiy ko’rsatkich hisoblangan – foyda miqdorini aniqlashda ular e’tiborga olinadi. Umuman, bitta variantni tanlash bilan alternativ variantlarni qo’llashdagi foydani boy berishimiz mumkin. Shu sababli, boshqaruv hisobi tizimida alternativ xarajat tushunchasi paydo bo’lgan. Alternativ xarajatlar – bu maksimal darajada foyda olish imkoniyatidan biron bir maqsadga erishish uchun voz kechilishidir (chizma). Ishlab chiqarishning alternativ xarajatlari ishlab chiqaruvchilarni o’z daromadlarini maksimallashtirish omili hisoblanadi. Alternativ xarajatlar rasmiy moliyaviy hisobotlarda ko’rsatilmaydi, pul oqimiga ta’sir ko’rsatmaydi, lekin ular boshqaruv qarorlarini qabul qilishda albatta hisobga olinadi. Alternativ xarajatlarni ko’rib chiqish jarayonida u bilan bog’liq yana ikkita yangi ko’rsatkichni e’tiborga olish lozim bo’ladi: pullik xarajatlar va sarflangan, shartli xarajatlar (yuklanilgan xarajatlar). Pullik xarajatlar – bu omillar ishlab chiqaruvchi mulk egalariga pul to’lovlari shaklini qabul qiladigan muqobil xarajatlardir. Bularga xom ashyo va materiallar to’lovi, ishchi va xizmatchilarning ish haqi, banklarga kreditlar bo’yicha foizlar to’lovi va ularni muqobil usulda foydalanishni amalga oshirish resurslarni chetlatadigan boshqa to’lovlar kiradi. Sarflangan va shartli hisoblangan xarajatlar (yuklanilgan xarajatlar) – xo’jalik yurituvchi subyektga tegishli bo’lgan alternativ xarajatlardir. Masalan, xo’jalik yurituvchi subyekt o’ziga qarashli bo’lgan uskunani ishlatadi va uning uchun haq to’lamaydi, ya’ni pul xarajatlari yo’q. Agar xo’jalik yurituvchi subyekt bu uskunani ijaraga berganda edi, u bundan daromad olgan bo’lar edi. Bu erdagi yo’qotilgan daromad yuklanilgan xarajatlarni ifodalaydi. Download 27.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling