Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar
Aralash (prezidentlik-parlamentar) respublika
Download 129.28 Kb.
|
DHN savollar javobi
Aralash
(prezidentlik-parlamentar) respublika boshqaruv shakli noan’anaviy monarxiya shakli singari boshqaruv amaliyotida kam uchraydigan turlardan biri bo‘lib, yuridik adabiyotlar va huquqshunoslik manbalarida batafsil o‘rganilmagan. Aralash respublika shakli mamlakatda bir vaqtning o‘zida “kuchli parlament” va “kuchli prezident” mavjudligi bilan boshqaruvning boshqa shakllaridan keskin farq qilib, prezident va parlament vakolatlari o'rtasidagi muvozanatning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Prezident umumxalq ovoz berish y o ii bilan saylanadi. U keng vakolatlarga ega boisa-da, lekin hukumat boshlig'i bo'lmaydi. Prezidentlik Lavo-zimi bilan bir qatorda, keng vakolatlarga ega bo'lgan bosh vazir mansabi nazarda tutiladi. Hukumatni tuzishda prezident ham, parlament ham faol ishtirok etadi. Hukumat ham parlament oldida (ishonchsizlik votumi), ham prezident oldida (iste’fo) mas’uldir. Aralash respublika shakliga hozir Fransiya va Ukraina davlatlaridagi mavjud boshqaruv shaklini misol sifatida ko'rsatish mumkin.
Sanksiya — yuridik normaning uchinchi tarkibiy elementi bo'lib, u huquqiy norma buzilgan yoki majburiyat bajarilmagan yoxud talab etilgan xatti-harakat sodir etil-magan holda huquqni buzgan shaxsga nisbatan qo'llaniladigan davlat ta’sir chora-sidir. Sanksiyaning bunday ta’rifini, odatda, yuridik fan, davlat va huquq nazariya-si beradi. Faylasuflar, shuningdek, sotsiologlar sanksiya deganda, faqatgina salbiy (tanbeh, jazo) oqibatlarnigina emas, balki ijobiy (rag'batlantirish, quwatlash) oqi-batlarmi (shuningdek, insonning ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan xulq-atvoridan kelib chiqadigan ijobiy oqibatlami) ham tushunadilar. Sanksiya huquq normasining bir qismi bo'lib, unda dispozitsiyada ko'rsatilgan talablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin bo'lgan jazo yoki tavsiya etilgan harakatni sodir etganlik uchun rag'batlantirishning turi va o'lchovi ifodalangan bo'ladi. Sanksiya — yuridik nor-maning mantiqiy yakunlovchi qismidir. Unda jamiyat, davlat, shaxsning huquqiy normani buzuvchilarga nisbatan salbiy munosabati ifodalanadi.Huquqiy norma sanksiyasi — umumlashma tushuncha. Huquqbuzar uchun bo'ladigan nojo'ya oqi-batlaming tabiatiga bog'liq ravishda u qo'yidagilarni nazarda tutishi mumkin: a) javobgarlik choralari (ozodlikdan mahrum qilish, jarima, moddiy zararni und-irish); bu turdagi sanksiyalar javobgarlikka tortuvchi yoxud jazolovchi sanksiyalar deb ataladi; b ) ogohlantirish ta’sir choralari (ushlab keltirish, mulkini hisobga olish, jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlash, davlat hokimiyatining akti yohud ma’muriy aktlami bekor qilish, majburiy davolash, 0‘zboshimchalik bilan qurilgan binolarni buzib tashlash va hokazo); v) muhofaza choralari (ishchi va xizmatchilami agar ular ilgari qonunsiz ishdan bo'shatilgan boisalar, avvalgi ish joyiga qayta tiklash, aliment undirish va hokazo), ko‘rsatilgan choralami tayinlash, ya’ni shaxsga yetkazilgan zararni bartaraf etish va uning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan (bu choralar javobgarlik chora-laridan farq qilib,huquqbuzar tomonidan unga tegishli bo'lgan va ilgari ijro qilinmagan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutadi); g) subyektga nisbatan uning o'z xulq-atvori oqibatida kelib chiqadigan noxush oqibatlar (kasalxona rejimini buzish natijasida bemoming vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini yo'qotishi yoxud bu hol uzrli sababsiz yuz berishi va hokazo). Huquqiy normalaming sanksiyalarini huquqbuzar uchun noxush bo'lgan oqibatlaming hajmi va miqdoridan kelib chiqib tasniflash maqsadga muvofiqdir, bunda sanksiyalar uch guruhga ajratiiadi: 1) mutlaq aniq sanksiyalar, ularda noxush oqibatlaming miqdori aniq ko'rsatilgan (xodimni xizmat burchini bajarishdan ozod etish, ishdan bo'shatish, jarimaning aniq miqdori va hokazo) bo'ladi; 2) nisbiy aniq sanksiyalar, bularda noxush oqibatlar chegarasining eng ozidan eng ko'pigacha yoxud faqat eng ko'pigacha ko'rsatiladi. Awalo, bular Jinoyat kodek-sining “falon yildan falon yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi” yoki “ yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi” shaklidagi sanksiyalaridir;
3) altemativ sanksiyalar, ularda “yoki”, “yoxud” birlashtiruvchiayiruvchi bog'lov- chilar orqali bir necha noxush oqibatlar (jazolar) ko'rsatilib, sanab o'tiladi va huquqni qo'llovchi subyekt ulardan faqat bittasini —hal etilayotgan holat uchun eng maqsadga muvofiq bo'ladiganini tanlaydi. Bunday sanksiya quyidagicha ifoda-lanishi mumkin: “ yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki ikki yilgacha axloq tu-zatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi” Download 129.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling