Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar
Ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra
Download 129.28 Kb.
|
DHN savollar javobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- To‘rtinchidan
- . Ijtimoiy funksiyaga quyidagilar
- Siyosiy funksiya
- Moliyaviy funksiya
Ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra, davlat funksiyalari asosiy va qo‘shimcha turlarga bo‘linadi. Davlatning ichki funksiyalari – mamlakat ichki hayotini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Ichki funksiyaga quyidagilar kiradi: iqtisodiy funksiya, ijtimoiy funksiya, davlatning huquq-tartibotni muhofaza etish funksiyasi, tabiatni muhofaza qilish funksiyasi. Har bir davlat iqtisodiyot sohasida muayyan vazifalarni bajaradi, ular, asosan, quyidagilardan iborat. Birinchidan, rivojlanayotgan iqtisodiyotni yaratish, ikkinchidan, iqtisodiyotni barcha sohalarini o‘zaro bog‘liqlik asosida rivojlantirish, uchinchidan, mehnat zaxiralarini oqilona joylashtirish, mehnatning yangi texnologiyalar, xalqning tarixiy an’analari va malakalariga mos keladigan sohalarini yaratish. To‘rtinchidan, samarali iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish. Beshinchidan, tadbirkorlikni rivojlantirish. Oltinchidan, aholini ish bilan ta’minlash.
Ijtimoiy funksiya – bunda davlat shaxsni ijtimoiy jihatdan muhofaza etilishini, jamiyat barcha azolarining talablar darajasidagi moddiy-ma’naviy hayot sharoitlariga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Ijtimoiy funksiyaga quyidagilar kiradi. Ijtimoiy boyliklarnitaqsimlash, aholini eng kam muhofazalangan qismini (nogironlar, ko‘p bolali oilalar, keksalar, yetim-yesirlar) himoya qilish, pensiya ta’minoti kabilarni tashkil etish. Sog‘liqni saqlash, madaniyatni rivojlantirish, jamoat transportini tashkil etish, uy-joy qurilishi. Siyosiy funksiya – fuqarolarning siyosiy huquq erkinliklarini himoya qilish, qonuniylikni va huquqiy tartibotni ta’minlash, jamiyatda barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni ta’minlashdan iborat. Ma’naviy funksiya – jamiyat a’zolari ongiga milliy mafkurani singdirish, san’atni qo‘llab-quvvatlash, milliy madaniyani rivojlantirish, jamiyatning ma’naviy-axloqiy sog‘lomligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish. Moliyaviy funksiya — soliq to‘plash, jamiyat hayotining asosiy sohalarini moliyalashtirish, davlat budjeti ijrosi, bojxona nazorati va boshqalar. Qonunlarga rioya etish hamma uchun majburiy bo‘lgan, uni buzishga esa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan davlat faoliyati sohasidir. Huquqiy tartibotni va aholining huquqiy madaniyati hamda ongini yuksaltirish davlatning huquqiy tartibotni muhofaza etish funksiyasining mazmunini tashkil etadi. Huquqiy tartibot bilan bog‘liq faoliyatning markazida, eng avvalo, fuqaro, jamiyat a’zosi erkin inson sifatida shakllanishi va faoliyat yuritishi masalasi turadi. Davlat bu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi: – birinchidan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish; – ikkinchidan, qonunlar ijrosini ta’minlash va ular ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish; – uchinchidan, fuqarolarni konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari amalga oshirilishini ta’minlaydigan qonunchilik kafolatlarini yaratish; – to‘rtinchidan, huquqni muhofaza qilish organlari tizimini shakllantirish va ularning samarali faoliyatini tashkil etish; – beshinchidan, qonunchilik va huquqiy tartibotni mustahkamlash. Download 129.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling