Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat


Yaponiya korporatsiyalarida personalni boshqarish siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi


Download 100.5 Kb.
bet4/9
Sana02.05.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1422843
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.Raimnazarov K

Yaponiya korporatsiyalarida personalni boshqarish siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
– ishchi kuchi ta’lim muassasalarini bitiruvchilari ichidan tanlab olinadi;
– ishlab chiqarishning u yoki bu vazifalarini hal etish uchun nomzodlarning jinsi hisobga olinadi;
– muntazam kasbiy tayyorgarlik amalga oshiriladi;
– nomzodlar xodimlarning kasbiy ayirboshlanishi tamoyillaridan foydalaniladigan dasturlar asosida o‘qitiladi;
– xodimlarni u yoki bu mansab vazifasiga ko‘tarish uchun ularning mehnat faoliyati barcha mezonlar bo‘yicha baholanib boriladi;
– personalning ish staji va yoshiga qarab ular ish haqiga maxsus ustama haq to‘lash amalga oshiriladi, xodimlarning ish bilan bandligi kafolatlanadi.
Yaponiya korporatsiyalarida asosiy e’tibor kasbiy tayyorgarligini ishdan bo‘sh vaqtlarida yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda amalga oshirishga qaratiladi. Shu bilan birga xodimlarning ish joylarida o‘rindoshlikda faoliyat yuritishlari, ularni boshqa xizmat vazifalariga o‘tkazish odatiy holatga aylangan.
Boshqarishning “yaponcha modeli” personal faoliyatini muntazam ravishda har taraflama chuqur baholab borishni taqozo etadi. Amaliyotda bu personal ish haqini oshirish yoki uni mansab vazifasida yuqoriroq lavozimga ko‘tarish juda sinchiklab tekshiruvlardan so‘ng amalga oshirilishini anglatadi. Bunda asosiy e’tibor nomzodning yoshi, ish staji, ma’lumoti, jinsiga qaratiladi. Personalni boshqarishning zamonaviy yo‘nalishlari “inson resurslarini boshqarish” tushunchasini ham qamrab oladi. Inson resurslarini boshqarish ishlab chiqarishda inson omilini hisobga olishga asoslangan.
“Inson resurslari” tushunchasi XX asr 70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshida “shaxsiy menejment yoki personalni boshqarish” fani negizida tarkib topa boshladi. Inson resurslarini boshqarish xizmatlari korxona pirovard natijaga erishishi uchun quyidagi omillar orqali ta’sir ko‘rsatishlari mumkin:
1. Mehnat unumdorligini oshirish.

Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling