Boshqaruvda G‘arb va Sharq nuqtai nazaridagi yondashuvlar


Download 23.83 Kb.
Sana19.10.2020
Hajmi23.83 Kb.
#134533
Bog'liq
Boshqaruv yakuniy


Savollar

21 Boshqaruvda G‘arb va Sharq nuqtai nazaridagi yondashuvlar.



  1. Partisipativlik uslubi.

  2. Kontent analiz metodi.

Javoblar

22. Boshqaruvda G‘arb va Sharq nuqtai nazaridagi yondashuvlar.

Mehnat qiluvchi insonni ongli ravishda ilmiy o’rganish o’tgan asrdan boshlandi. Tashkilot menejmentini o’rganuvchi olim V.A.Spivak boshqaruv nazariyalarining rivojlanish tarixini quyidagi davrlarga ajratgan holda tadqiq etadi:

Ilmiy boshqaruv maktabi yoki mehnatni ilmiy tashkil etish maktabi. Ushbu yo’nalish asosida amerikalik olim F.U.Teylor nomiga qo’yilgan «teylorizm» ta’limoti yotadi va bu sohada olib borilgan AQShdagi izlanishlar 1885-1920 yillarni o’z ichiga oladi. F.U.Teylor o’sha davrdagi malakasiz ishchilardan samarali foydalanish maqsadida, murakkab va malaka talab etuvchi mehnat turini mayda operasiyalarga ajratdi.

Mehnat maxsus operasiyalarga ajratish natijasida, Rensom Olds 1902 yilda konveyer usulini yaratdi va avtomobil yig’ish zavodiga tatbiq etdi. Yangi uslub bo’yicha ishlab chiqarish natijasida yillik mahsulot 425 donadan 2500 taga ko’paydi. Genri Ford esa bu uslubni yanada takomillashtirish orqali, avtomobil ishlab chiqarishga ketadigan vaqtni 20 martaga kamaytirdi va nafaqat Amerika, balki keyinchalik butun jahon avtomobil bozorini ishg’ol qildi.



Ma’muriy boshqaruv maktabi. Ushbu yondoshuv A.Fayol nomi bilan bog’liq bo’lib, 1920-1950 yillarda bunga oid g’oyalar boshqaruvda keng miqyosda tatbiq etila boshlandi. A. Fayol alohida mehnat elementlarini emas, balki tashkilotni yaxlit tuzilma sifatida qaraydi va tashkilotni rasional boshqarish tamoyillari, boshqaruv funksiyalari, boshqaruv tizimi kabilarni takomillashtirgan holda mehnat samaradorligini oshirishga erishdi.

1924 yildan boshlab insoniy munosabatlar maktabi ham rivojlana boshladi. Bu yondoshuvning asosi va birlamchi manbaalari amerikalik psixolog Elton Meyoning «Xotorn tajribalari»ga borib taqaladi.

«Western Electric» kompaniyasida o’tkazilgan tajribalarda, sex ishchilariga e’tiborli bo’lish, ularning manfaatlari haqida g’amxo’rlik qilish natijasida mehnat unumdorligini oshirishga erishilgan. Bunday munosabat ishchilar tomonidan rag’batlantiruvchi omil sifatida qabul qilingan va ijobiy munosabatlarni shakllantirish asosida mehnat unumdorligi oshgan.



1950 yildan miqdoriy yondoshuv rivojlana boshladi. Bu yondoshuvning asosiy mohiyati guruh va tashkilotlarni boshqarishda matematik metodlardan, xususan, mehnat operasiyalarini tahlil etish, matematik modellar yaratish uslublari qo’llandi. (Xotorn tajribalarining to’liq bayoni qo’llanmaning "Boshqaruv texnologiyalari" bobida keltiriladi) boshqarishda matematik metodlardan, xususan, mehnat operaciyalarini tahlil etish, matematik modellar yaratish uslublari qo’llandi. Tashkilot boshqaruvi tizimiga mutlaqo mos model yaratib bo’lmasada, lekin matematik apparatni qo’llash natijasida boshqaruv jarayonini chuqur bilish va ayrim iqtisodiy natijalarni bashorat qila olish imkoniyati oshadi.

Ehtiyojlar ustunligi nazariyasi negizida kishilar ehtiyojlari va qiziqishlari orqali ularning mehnatlarini motivlashtirish g`oyasi yotadi. 1,2 va 4 yondashuvlar rahbar bilan xodimlar o`rtasidan qarshi harakatga olib keladi. Natijada rahbar va jamoa, rahbar va ayrim xodimlar ehtiyojlari o`rtasida nomuvofiqlikning paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Shu sababli rahbar motivlashtirishni faqat ehtiyoj va qiziqishlar yordamida amalga oshirishi lozim.

Ehtiyojlar ustunligi nazariyasi ham rahbarlardan boshqarishni faqat ehtiyoj va qiziqishlar vositasida, ya’ni 3-yondashuv orqali amalga oshirishni talab qiladi. Chunki boshqa yondashuvlarga qarshi harakat bo`lib, xodimlar va jamoa bilan rahbariyat o`rtasida ixtiloflarga olib kelishi mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, boshqaruvda motivlashtirish modellari va strategiyalari haqida to`xtalib o`tsak.Motivlashtirish nazariyasiga asoslanib uning turli modellari ishlab chiqilgan va amaliyotda qo`llanib kelinmoqda.

23. perseptiv– ya’ni, bo‘lar shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;

24. Kontent analiz metodi.

Eksperiment, medodi odatda rahbar va xodim o’rtasidagi munosabatlar va ularningmehnat mahsulini tahlil qilish va boshqarish jarayonini o’rganadi. Eksperiment usuli - psixologik reallik mexanizmi va qonuniyatlarini o‘rganish bo‘yicha asosiy metod hisoblanadi. Uning asosiy mohiyati nazorat qilinadigan va boshqariladigan sharoitlarda yangi ilmiy bilimlarni olishga qaratilgan.

Eksperimentning asosiy nomutaxassislik vazifasi - sabab-natija aloqalarni o‘rganish va psixologik jaryonlar va hodisalarni tushuntirishdan iborat. Eksperiment o‘tkazishda farq va rozilik qoidasini qo‘llaydilar (J.S.Mill) A. B guruh voqealar guruhi ketidan D voqeasi kelsa ammo B, V ketidan A kelmasa, unda A, a, ning sababidir. Ikkala voqealar guruhidan birinchisi eksperimental sifatida ko‘rib chiqiladi, ikkinchisi - nazorat guruhi deb ko‘riladi. Ularni yagona farqlovchi voqea mustaqil o‘zgaruvchi deyiladi va u jarayonning davomida turli o‘zgarishlarga duch kelish mumkin. Eng tarqalgan eksperiment modeli quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan bo‘lib, unda tadqiqotchi tahlil natijalarida sub’ektiv baholardan foydalangan holda, ya’ni x2 x1 dan katta, u2 esa u1 katta degan xulosani ta’kidlab kolmasdan balki, xech bo‘lmaganda umumiy xollarda qay darajada kattaligini aniqlashi kerak bo‘ladi. Aks holda, eksperiment va nazorat guruhlaridagi o‘zgarishlarni tasdiqlashning o‘zi bo’lmaydi.Eksperimental tadqiqotni kasbiy tanlov misolida ko‘rib chiqamiz. Korxonada mutaxassislar murakkab mexanik agregatlarni qabul qilishda ishlab to‘rgan muxandislar ko‘p deffektlarni utkazib yuborganliklari sabab, ishchilar orasidan nazoratchilarni tanlash zaruriyati kelib chiqadi. Eksperimentning mazmuni shundan iborat-ki nazoratchi uchun muhim bo‘lgan qobiliyatlarni tashhis qilib beruvchi (diqqatni jamlay olish, mustaqillik, sensor farqlash darajasi, keng fikrlash) test loyihalashtiriladi. Test tanlovchilar orqali nazoratchilarning eksperimental guruhi tuzildi. Eksperimental va nazorat guruhi ishlarini korreksion tahlil qilish asosida tasdiqlash, testning samaraliligini va nazoratchilarni tanlash va tayyorlash metodikasini aniqlash imkonini beradi. Psixologik tadqiqotlarda eksperiment natijalarini miqdoriy ifoda qilish masalasi eng qiyin masala hisoblanadi. Shuning uchun miqdoriy ma’lumotlar, odatda, absolyut emas, balki nisbiy ahamiyatga ega. Ular ikki guruh darajasini tasdiqlash imkonini beradi, ammo har qaysining absolyut tavsifini aniqlay olmaydi. Shunday bo`lsa-da, psixologiya fani real o‘quv- boshqaruv faoliyatida o‘zgarishlarni kutmaydigan, imkoniyatlar beruvchi vaziyatlar yaratish orqali shaxsdagi o‘zgarishlarni o‘lchash uchun turli xil shakllarni yaratadi.

Eksperimentni o‘tkazishda o‘rganilayotgan jarayon o’tadigan sharoitlarni keng miqiyosda o‘zgartiriladi, o‘zgaruvchan omillar ta’sirini ajratish, ularning o‘zaro aloqasini aniqlash va shu tariqa psixik hodisalarning qonuniyatlari va mexanizmlarni o’rgatish mumkin. Eksperiment metodining muhim sifati shundaki-o‘rganilayotgan jarayoniga to‘g‘ri baho berish, ma’lumotlarning miqdoriy hisobini olish imkonini beradi, bu esa tadqiqot natijalariga ishlov berish muhim statistik xulosa chiqarishga imkon beradi. Eksperimental usulning 3 turi mavjud: tabiiy, modellashtiruvchi va labaratoriya eksperimentlaridir. Tabiiy eksperiment psixik hodisalarni odatiy tabiiy sharoitlarda o‘rganishni nazarda tutdi (darsda, mehnat topshiriqini bajarish jarayonida va hokazo). Tabiiy eksperimentning afzalligi - tadqiqot maqsadlarining nisbatan yashirinligi, jarayonning norasmiy muhitda o’tishi va sinovdagilarning hayoti va faoliyatiga bevosita kirib borishi bilan belgilanadi.

Modellashtiruvchi eksperiment ayrim mehnat jarayonlarining nazariy dinamikasi va murakkabligi tufayli real texnik moslamalarni odatiy ish tartibidagi usullarni o‘rganib bo‘lmaganligi tufayli qo‘llaniladi. Bu jarayonlar anglanilgan holda o‘rganilayotgan mehnat jarayonida ishning muvaffoqiyatini belgilab beruvchi uning tarkibiy qismlariga ajratiladi, bu faoliyatni amalga oshirish uchun sun’iy sharoitlar yaratiladi va shu tariqa modellashtirilgan sharoitlarda murakkab mehnat jarayoni o‘rganiladi.

Modellashtiruvchi eksperiment shaxsning kasbiy shakllanish jarayonidagi muhim kasbiy sifatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Labaratoriya eksperiment tadqiqotlarni maxsus asbob-uskunalari bilan jixozlangan psixologik labaratoriyada o‘tkazishni nazarda tutdi. Eksperimentning bu turi odatda elementar psixik funksiyalarni o‘rganish maqsadida qo‘llaniladi ya’ni, sensor va motor reaksiyalari tanlov reaksiyalari va boshqalarni kiritish mumkin. Insonning ish-harakatlarini o‘rganish borasida oxirgi 20 yil mobaynida videotexnika va turli antik mexanik moslamalar rivojlanishining yuqori darajasiga kutarilgan. Bu bir tomondan videoga tushirish, streoskopik tushirish kabi usullarni keng qo‘llashga olib kelgan bo`lsa, boshqa tomondan tayyorlov ishlari ya’ni, eksperimentni o‘tkazish va materiallarni tahlil etish kabi ishlarni yengillashtirishga xizmat qiladi.



Video fotoregistratsiya metodining universalligiga qaramay tadqiqotlarda EXM va boshqa maxsus texnikaning qo‘llanilishi bugungi kunda murakkab muammo bo‘lib kelmoqda. Shakllantiruvchi eksperiment - bu usulning asosiy belgisi V.V Davidovning "psixikaning u yoki bu empirik shakllarining xususiyatlarini oddiygina ta’kidlab emas, balki ularni faol modellashtirib maxsus sharoitlarda namoyon etib, ular mohiyatini ochib berishi" kerak degan fikri bilan belgilanadi.

Shakllantiruvchi eksperiment usullarini qo‘llash o‘quv-kasbiy jarayonlarning ma’lum tavsiflarini o‘zgartirish va shu o‘zgarishning ta’lim oluvchilarning yosh, intellektual xususiyatlariga bo‘lgan ta’siri bilan bog‘liq. Mohiyatiga ko‘ra, bu usul keng tadqiqot o‘tkazish vositasi sifatida boshqa usullarni qo‘llash orqali o‘tkaziladi. Shakllantiruvchi eksperiment V.V.Davidov bergan tavsifiga ko‘ra - birinchidan, ko‘p sonli ya’ni, statistik muhim; ikkinchidan, u yoki bu konsepsiyani yuritish uchun amalga oshiriladigan; uchinchidan uzoq davomli va nixoyat pedagogik-nazariyotchi diagnostik metodistlarni o‘zaro hamjihatliligini ta’minlab beruvchi eksperimentdir. Shakllantiruvchi eksperiment kasbiy ta’limning optimal texnalogiyalarida, korxonada kasbiy tayyorgarlikning samarali metodikasida, malaka oshirish tizimiga innavatsion usullarni qo‘llash jarayonida foydalaniladi.
Download 23.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling