Bosim datchiklari


Download 15.19 Kb.
bet2/3
Sana16.03.2023
Hajmi15.19 Kb.
#1278206
1   2   3
Bog'liq
17 ma’ruza Bosim datchiklari

Pezoelektrik metod


Bu metod asosida pezoelementga kuch yoki bosim ta’sir etsa unga proporsional holda elektr signali hosil bo‘ladi.


Pezoelektrik datchiklar keng dinamik va chastota diapazonlaridagi bosimni o‘lchashga mo‘ljallangan. Uning massasi va gabariti kichik, yuqori darajada chidamlikka ega va ishlatilishi qiyin sharoitlarda ishlaydi.
Bosim datchigidan chiqayotgan signallar sekin yoki tez o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Birinchi holda ularning spektri past chastotalar sohasida yotadi. Bunday signalni yuqori darajada raqamlashtirish uchun spektrning yuqori chastotali (shovqindan iborat) qismini so‘ndirish kerak. Sekin o‘zgaruvchi signallarni kiritish uchun maxsus qurilma-integrallovchi ASP ishlatiladi. (ASP – аналогоцифровой прибор). Ular signalning oniy qiymatini o‘lchamaydi (chunki xalaqit berish (to‘sqinlik qiluvchi) ta’sirida signal o‘zgarishi mumkin, balki berilgan vaqt oralig‘idagi signalli funksiyani integrallaydi. Bu vaqt oralig‘i kontrolga olingan muhitda sodir bo‘layotgan jarayon o‘zgarmas vaqtidan kichik ammo eng qisqa chastotali to‘sqinlik qilish davridan katta bo‘ladi. Integrallovchi ASP ni Texas Instruments, Analog Devises firmalari chiqaradi.
O‘zgaruvchan bosimni o‘lchash uchun analogli chiqish signali datchiklari qo‘llaniladi, masalan, 0-20, 4-20 mA va 0-5, 0,4-2 V.
Pezoelektrik datchiklar 1Hz dan to yuzlab KHz gacha chastota diapazonidagi tez o‘zgaruvchi jarayonlarni o‘lchaydi.
Tenzometr ishlashi deformatsiyani aniqlashda yoki mexanik kuchlanish (masalan, ikkilangan nur sindirish yoki yorug‘lik qutblanish tekisligining aylanishi) yuzaga keltirgan material parametrlarni aniqlaga asoslangan.
Pezoelektrik datchiklar ishlash prinsipiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: elektrik, pnevmatik, akustik. Tenzometr tarkibiga tenzometrik datchik va ko‘rsatuvchi qurilma (indikatorlar) yoki qayd qiluvchi qurilma kiradi.
Agar tadqiq qilinayotgan ob’ekt ko‘p nuqtalari deformatsiyalari o‘lchansa va berilgan kattaliklar qayta ishlash vositalari, ularni qayd qilish va boshqarish signali sifatida uzatish mavjud bo‘lsa bunday tenzometrlar tenzometrik stansiyalar yoki tenzostansiyalar deyiladi.
Tenzometriyaning fizik prinsipi deformatsiyaning turli o‘lchash usullariga bog‘liq. Optik tenzometrlar sirtning kichik siljishini o‘lchashga asoslangan. Masalan, interferension usul. Optik usullarining ayrim guruhini optik tolali datchiklar tashkil etadi, u Breg panjarasi shakllantirilgan optik tоla yopishtirilgan tadqiqot ob’ekti deformatsiyasini o‘lchashga asoslangan.
Optik shaffof detallar deformatsiyasini tadqiq qilish uchun ikkilamchi nur sinish hosil bo‘lishiga asoslangan usul ishlatiladi yoki tashqi detallarda qutblanish tekisligining berilishiga ya’ni fotoelastiklik hodisaga asoslangan usul ishlatiladi.
Pnevmatik tenzometrlar. Bu datchiklar tekshirilayotgan detal sirtiga tegib turgan soplo (konus naycha) siqilgan havo bosimini o‘lchaydi. Sirtidan soplogacha masofaning o‘zgarishi bosim o‘zgarishini qayd qilish imkoniyatini beradi.

Download 15.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling