Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Suv o‘lchash tugunlari va suv sarfini o‘lchash uskunalari
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
Suv o‘lchash tugunlari va suv sarfini o‘lchash uskunalari
Tayanch so‘z va iboralar: suv o‘lchash tuguni, suv o‘lchovchi uskunalar, suv sarfi, zamonaviy suv o‘lchash uskunalari, suv o‘lchash tuguninig joylashishi Iste’mol qilinadigan suvni hisobga olish uchun uylarga suv sarfini o‘lchash asboblari o‘rnatiladi. Kirish quvuriga o‘rnatilgan har bir suv o‘lchagichga quyidagi armaturalar o‘rnatiladi: suv o‘lchagichdan oldin berkitish tuprog‘i yoki zulfin (ichki suvquvo‘rni uzib qo‘yish uchun); suv o‘lchagichdan keyin to‘kish jo‘mragi; undan keyin ikkinchi berkitish tuprog‘i yoki zulfin. To‘kish jo‘mragi suv o‘lchagichning ishini tekshirish va suvquvur tarmog‘idan suvni chiqarish uchun xizmat qiladi. Aylanma chiziqqa zulfin o‘rnatiladi. Suv o‘lchagichlar aylanma chiziqli yoki aylanma chiziqsiz qilib o‘rnatiladi. Bitta kirish quvuri bo‘lgan holda aylanma chiziqli qilib ko‘rish shart. Bunda suv o‘lchagich va aylanma chiziq umumiy hisobiy suv o‘lchagichlarni alohida issiqxonaga kirish quvuri yaqiniga o‘rnatish tavsiya etiladi. Ichki suvquvur tizimida quyidagi tezkor suv o‘lchagichlar qo‘llaniladi: 1. Parrakli. 2. Turbinali. 3. Kombinatsiyalangan. Suv kam sarf bo‘ladigan hollarda va kirish quvurining diametri 50 mm gacha bo‘lganida parrakli tezkor suv o‘lchagichlar ishlatiladi. Ularning o‘tish diametri 10–50 mm bo‘ladi. Katta suv sarfini hisobga olish uchun o‘tish diametri 50–200 mm bo‘lgan turbinali suv o‘lchagichlar ishlatiladi. Suv o‘lchagichning ish qismi parrak yoki turbinali o‘q hisoblanadi. Suv o‘lchagich orqali o‘tayotgan suv oqimining bosimi ta’sirida o‘q aylanadi. Parrak yoki turbina aylanganida uzatish mexanizmining tishli g‘ildiraklari tizimi orqali aylanma harakat hisoblash mexanizmi ko‘rsatkichlariga uzatiladi. Ko‘rsatkichlar suv o‘lchagich diferblanishida suv sarfini ko‘rsatadi. Suv qancha tez harakatlansa, ko‘rsatkich ham shuncha tez aylanadi. Parrakli suv o‘lchagichlarni fakat gorizontal holatda, turbinali suv o‘lchagichlarni esa ham gorizontal, ham vertikal o‘rnatish mumkin. Mutaxassis suv quvuri oxiridagi minimal bosimga e’tibor berishi kerak. O‘lchash usullari va asboblarini mutaxassis bilishi kerak. Suv quvurlarida 10 bar gacha bosimni o‘lchash mumkin. Suv o‘lchash tuguni suv o‘lchagichdan, bosim armaturalaridan, tekshirish-bo‘shatish jo‘mragidan, biriktiruvchi qismlardan, suv va gaz uchun mo‘ljallangan metall quvurlardan tashkil topadi. Suv o‘lchash tugunlari oddiy (aylanib o‘tadigan liniyasiz) va aylanib o‘tadigan liniyali bo‘ladi. Bosimni kamaytirmaslik uchun suv hisoblagich to‘g‘ri liniyaga (aylanib o‘tadigan emas) o‘rnatiladi. Suv sarfini o‘lchash uchun kirish tugunlariga tez o‘lchaydigan va turbinali hisoblagichlar o‘rnatiladi. Parrakli hisoblagich 40 mm diametrgacha ishlab chiqariladi. Parraklarning aylanish o‘qi suv oqimiga perpendikular holatda joylashgan bo‘ladi. Bosimni o‘lchash. Suv ta’minoti tizimida sarflanadigan suv sarfini o‘lchash bilan birga, iste’molchilarga uzatiladigan suvning bosimini ham inobatga olish kerak, shuning uchun suv tarmoqlarida suv bosimini har doim o‘lchash lozim. Qattiq, suyuq va gazsimon moddalar mayda kichik zarrachalardan tashkil topgan. Bu zarralar molekulalar, atomlar yoki boshqa zarralar bo‘lishi mumkin. Bu esa jism tashkil topgan moddaga bog‘liq. Zarralarga tashqaridan issiqlik ta’sir etilsa, ular tebrana boshlaydi. Jisimga issiqlik ta’sir etishi bilan u kengayadi. Har bir moddaning o‘z kengayish holati mavjud. Modda shakli o‘zining kengayish yo‘nalishida yotadi. Issiq suv oqib o‘tuvchi quvurlarda esa uzayish yuz beradi. Idish ichiga to‘la suv quyub, qizdirilsa, u kengayadi va toshadi. Shuning uchun yopiq idishlardan maxsus armaturalar orqali keragidan va ortiqcha suvni chiqarib yuborilishi kerak, aks holda, ular yorilishi mumkin. Issiq jismning sovutilishi esa uni yana o‘z holiga keltirati. Isitish idishlaridagi suvning isib sovishi natijasida idish kengayish va torayish yuklanishlari ostida bo‘lad Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling