Bosim Ostida Payvandlash
Download 266.96 Kb.
|
Bosim Ostida Payvandlash Turg\'unov M S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chokli payvandlash mashinasi
Tashqaridan sovitish bilan payvandlashda suvni to‘kish uchun tog‘ora 4 dan foydalaniladi. Zamonaviy chokli payvandlash mashinalarida gardishlarning ko‘ndalang va bo‘ylama choklarini payvandlash uchun yuqorigi va pastki roliklarni osongina sozlash nazarda tutilgan.
Chokli payvandlash mashinasi Ammo faqat ko‘ndalang yoki bo‘ylama choklar payvandlashg amo‘ljallangan mashinalar ham ishlab chiqariladi., MSh-3201 bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinalar va tok ikilamchi konturida tug‘rilanadiganMShV-1202, MShV-1601, MShV-4002, MShV-8001, MShV- 12001 mashinalari eng ko‘p qo‘llaniladi.
Chokli payvandlashning uzlukli, uzluksiz va qadamli turlari bo‘ladi. Roliklar yordamida uzluksiz payvandlashda payvandlanayotgan detallar o‘zgarmas tezlikda uzluksiz xarakatlanadi. Bunda payvandlash toki uzluksiz ulangan bo‘ladi. Roliklar yordamida uzlukli payvandlashda qisqa muddatli tok impulslari (tI) to‘xtamlar (tT) navbatlashib keladi va detallar uzluksiz harakatlanadi. Roliklar yordamida qadamli payvandlashda payvandlash toki ulangan paytda roliklar vaqtincha to‘xtaydi - detallar harakatlanmaydi, bu yesa roliklarniig yeyilishini, qoldiq, zo‘riqishlarni va darzlar hamda kavakarlar paydo bo‘lishiga moyillikni kamaytirish imkonini yaratadi. Chokli payvandlashda detallar ko‘pincha ustma-ust yig‘iladi va payvandlanadi.
Download 266.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling