Bosim ostida quyma olish Kokil usulida quyma olish


Download 0.88 Mb.
bet1/4
Sana30.10.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1735338
  1   2   3   4
Bog'liq
quymalarni bosim ostida olish


Quymalarni bosim ostida olish

Reja:


1 Erib chiqib ketadigan moslama yordamida quyma olish (JVM)

2 Bosim ostida quyma olish

3 Kokil usulida quyma olish


Bir marta ishlatiladigan qum-gilli qolipdan tashqari quymalarni maxsus usullar bilan me’yorlab olinishi mumkin. Maxsus usullar yordamida olinadigan quymalarning yuqori aniqligi, yuzasining sifati tozaligi quyimga kamroq quyiladigan qo’shimcha, yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlari bo’lgan quymalarni olish mumkin. Quymakorlik maxsus usullari ko’p.


1 Erib chiqib ketadigan moslama yordamida quyma olish (JVM)
Bu usulning mohiyati aniq quymalarni turli materiallardan ajratilmaydigan bir martali moslamalardan olish. Bularga oson eriydigan moslamalar (parafin, stearin, ko’mir mumi va boshqalar kiradi) erib chiqib ketadigan (kanifol, blokli polistirol, penopolistirol va boshqalar) moslamalar. Erib ketuvchilar (karbamit, bor kislotasi, nitratlar), ularni bloklarga yig’iladi, bloklarini o’tga chidamli qoplam bilan o’rash, moslamalarni chiqarib yuborish, qoliplarni kuydirish va olingan ajralmaydigan keramik qoplamli qolipga metallni quyish. Bularning shakli quymaga yaqinroq bo’lgan quymalarni olishda, yupqa devorli, yirik aniq quymalar, murakkab konstruksiyalar tuzishda, bir necha detallarini bitta tugun qilib aniqroq quyma, olishda qo’llaniladi.
Bu usulda massasi 10 g to 100 kg bo’lgan quymalarni va devorini qalinligi eng yupqasi (1mm) bo’lishi mumkin. Quymalarni aniqligi 5-6 sinfgacha to’g’ri keladi, yuzasining tozaligini 4-6 sinf va bu usulda mexanik ishlovga quyim eng kam (0,2-0,7mm), (42-43-44-rasmlarda) quymani erib chiqadigan usulda tayyorlab olish ketma-ketligi ko’rsatilgan.
Bir martali ishlab chiqiladigan quyma 1 voslamasi 3 metalldan yasalgan press-forma 2 matallni presslab kirgizish yo’li bilan olinadi. Press-formalar bitta yoki ko’p o’rinli bo’ladi. Bir martaliklari payalnik 5 bilan quyish tizim 4 yopishtiriladi. Yig’ish jarayonida moslamalar karkasi tayyorlanadi, ularni oti modellar bloki deb ataladi. O’tga chidamli material donachalari bir biriga bog’laydi va puxta qiladi. Jarayon yana qaytariladi va 4-6 martada keyin juda puxta qatlam olinadi. Unga keyin qaynoq suv quyib moslama eritib chiqariladi.

42-rasm. Erib chiqib ketadigan moslama yordamida quyma olish sxemasi.
Olingan qolipni po’latdan yasalgan opokaga quruq qum ichiga joylashtiriladi va 900-1000 0C pechda quritiladi. Undan keyin qolipga suyuq metall quyiladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling